Said ahmad va musa jalil


Download 14.32 Kb.
Sana10.07.2023
Hajmi14.32 Kb.
#1659521
Bog'liq
SAID AHMAD VA MUSA JALIL


SAID AHMAD VA MUSA JALIL
1. Musa Jalil Orenburgdagi qanday madrasada tahsil olgan? A) "Hokim oyim" B) "Husayniya" C) "Mehtar anbar" D) madrasada emas faqat boshlang‘ich maktabda tahlil olgan 2. S. Ahmad 1970-1980-yillarda o‘z hikoyalari asosida qanday asarlar yaratdi? A) "Kelinlar qo‘zg‘oloni" va "Farg‘ona hikoyalari" B) "Kuyov" va "Kelinlar qo‘zg‘oloni" C) "Kelinlar qo‘zg‘oloni" va "Qadrdon dalalar" D) "Kuyov" va "Farg‘ona hikoyalari" 3. S. Ahmadning "Qoplon" hikoyasida qaysi qahramonning itga unchalik xushi yo‘q edi? A) Tillayevning xotini B) Qurbonboy C) Tillayev D) kabobchi 4. Qaysi iste'dodli shoir 1942-yilning iyun oyidagi jangda yaralanib fashistlar qo‘liga asirlikka tushgan? A) Said Ahmad B) Odil Yoqubov C) Turob To‘la D) Musa Jalil 5. S. Ahmad yozuvchi Oybek, G‘. G‘ulom, A. Qahhor, Mirtemir, Shuhrat, S. Zunnunovalar haqida qanday nomli xotiralar kitobini yozgan? A) "Yo‘qotganlarim va topganlarim" B) "Xotiram siniqlari" C) "Tortiq" D) "Azizlarim" 6. "Kishan soldi dushman qo‘lmga Va erksizlik qa'riga otdi" misralari qaysi asardan olingan? A) M. Jalilning "Kechir, yurtim" she'ridan B) Cho‘lponning "Kishan" she'ridan C) M. Jalilning "Okopdan xatlar" kitobidan D) Cho‘lponning "Ko‘ngil" sheridan 7. Musa Jalil qaysi asarida Temirbulat bilan dehqon qiz Fayro‘zaning sof muhabbati tasvirlangan? A) "Okopdan xatlar" B) "Biz boramiz!" C) "Xat tashuvchi" D) "Oltin soch" 8. S. Ahmadning "Sobiq" hikoyasi bosh qahramoni birinchi kuni qancha paxta teradi? A) to‘qqiz tonna B) to‘qson kilogramm C) yetti yarim tonna D) yetmish besh kilogramm 9. S. Ahmadning "Qoplon" hikoyasida Qurbonboyni xushomadining asosiy vositasi nima edi? A) Qoplon B) Tillayevning mansabi C) Yangi xo‘jayinning charm to‘ni D) Tillayevning yangi hovlisi 10. M. Jalilning "Ishonma" she'ri qaysi kitobidan o‘rin olgan? A) "Okopdan xatlar" B) "O‘rtoqqa" C) "Oltin soch" D) "Moabit daftari" 11. S. Ahmadning "Jimjitlik" romani qachon nashr etilgan? A) 1944-yilda B) 1994-yilda C) 1988-yilda D) 1949-yilda 12. M. Jalilning Maobit turmasidagi yaqin do‘sti kim edi? A) o‘zbekistonlik Mamarasul Boboyev B) belgiyalik Andre Timmermans C) ukrainalik Ruslan Aleksandrovich D) fransuz Andre Timmermans 13. "Qoplon" hikoyasida Qurbonboy uyini ta'mirlashi uchun direktor unga qanday materiallar olib beradi? A) bir yuz saksonta shifer, ikki tonna sement B) bir yuz ellikta shifer, o‘ttizta tunuka C) o‘ttizta tunuka, ellikta shifer va ikki tonna sement D) bir yuz saksonta shifer, o‘ttizta tunuka 14. M. Jalil asirlikda va tutqunlikda jami nechta she'r yozgan? A) 60 ta B) 150 ta C) 115 ta D) 200 ga yaqin 15. "Moabit daftari" to‘plamini o‘zbek tiliga kim tarjima qilgan? A) Usmon Nosir B) Turob To‘la C) Mamarasul Boboyev D) G‘afur G‘ulom 16. Musa Jalilning ilk to‘plami qanday nom bilan nashr etilgan? A) "Biz boramiz!" B) "O‘rtoqqa" C) "Ordenli millionerlar" D) "Qushcha" 17. S. Ahmadning "Sobiq" hikoyasida rassom terimchi qahramonning rasmini necha kunda chizib bo‘ldi? A) to‘qqiz kunda B) bir haftada C) besh kunda D) o‘sha kunning o‘zida 18. S. Ahmadning dastlabki kitobi qachon va qanday nom bilan e'lon qilingan?
A) 1948-yilda "Muhabbat" B) 1940-yilda "Tortiq" C) 1942-yilda "Er yurak" D) 1949-yilda "Qadrdon dalalar" 19. Qaysi asarda katta maqsadlar yo‘lida intilayotgan yaxshi bir mehnatkash insonni asrab-avaylash, uning kuchidan oqilona foydalanish, har bir odam o‘z o‘rnida bo‘lib, o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi lozimligi kabi masalalar hajv yo‘li bilan yozilgan? 20. M. Jalil qanday oilada dunyoga kelgan? 21. "Ishonma" she'ri M. Jalilning o‘limidan qancha muddat oldin yozilgan? 22. S. Ahmadning ilk chop etilgan kitobi qanday janrdagi asarlardan tashkil topgan? 23. Ruhan matonatli ijodkor, turli millat vakillaridan iborat mahbuslar orasida o‘zining dushmanga nafrat, kelgusi ozod va yorug‘ kunlarga ishonch bilan yo‘g‘rilgan da'vatlari, she'rlari bilan tanilgan ijodkor qaysi? 24. M. Jalil "Oltinsoch" asarini qaysi ijodkor bilan hamkorlikda yaratgan? 25. M. Jalilning dastlabki nashr etilgan kitobi qanday janrdagi asarlardan iborat?
Download 14.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling