Mavzu: buxgalteriya balansi va uning tuzilishi


Download 1.04 Mb.
bet1/4
Sana09.04.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1345501
  1   2   3   4
Bog'liq
Buxgalteriya.Balans

MAVZU:BUXGALTERIYA BALANSI VA UNING TUZILISHI.

Korxonalarning ma’lum bir davrga moliyaviy holati qay darajada ekanligini, ular mablagiarining joylashishi, ishlatilishi qanday olib borilayotganligini va umuman korxona xo‘jalik faoliyatiga baho berish, nazorat etish, tekshirib borish zarur. Bu zaruriyat korxonaning boshqaruv xodimlariga hamda ichki xodimlariga, yuqori tashkilotlariga, bank, soliq inspeksiyasiga, kreditorlarga, investorlarga kerakdir. Ularning bu masala yuzasidan talabini korxonaning balansi qondiradi. Balans moliyaviy hisobotning birinchi shakli bo‘iib , oylik, choraklik, yarim yillik va yil oxirida boiishi mumkin. Buxgalteriya balansi korxonalaming ko‘zgusi bo‘lib , unda korxonaning mablagiari va ularning kelar manbasi haqiqiy holati aks ettiriladi.

Balans ikki qismdan iborat boiib, bir tomoni aktiv, ikkinchi tomoni passiv deb yuritiladi va unda xo‘jalik yurituvchi subeyktning mablagiari hamda ulaming shakllanish manbalari to‘g‘risidagi axborotlar jamlanadi. Balans ikkala qismining jami summalari teng bo‘lishi shart. Bu tenglik aktivda xo‘jalik mablag‘lari,passivda esa shu mablag‘larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi. Balans so‘zi «tenglik», «tarozining ikki pallasi» degan ma’nolarni bildiradi.


Aktiv

Passiv

Xo'jalik mablag‘lari.

Xo'jalik mablagiarining kelar manbalari.

Balans

Balans

Balansdagi ma’lumot quyidagicha yig’ilgan bo’ladi. Har bir jarayon ro‘y berishi natijasida xo‘jalik mablag’lari va ularning manbalari miqdoriy va tarkibiy jihatdan o‘zgarib boradi.Bu holat dastlabki hujjatlarda aks ettirilib, so‘ngra buxgalteriyada sintetik hisob yuritiladi va schyotlarda ikki yoqlama yozuv orqali aks ettiriladi. Oy oxirida esa har bir schyotlar bo‘yicha qoldiq summalar aniqlanadi. Ba’zi schyotlar esa bekitiladi.Schyotlardagi oxirgi qoldiqlardagi ma’lumotlar bosh kitobga ko‘chiriladi va balansga o‘rnatilgan tartibda aks ettirib chiqiladi. Buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismida ifodalangan ma’lumotlarni mol-mulk tarkibi, mablag‘larning taalluqligi hamda majburiyatlar muddatlari bo‘yicha guruhlash mumkin.



Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling