Mavzu: dasturiy ta’minot tushunchasi va ularni tavsifi (2 soat)


Download 0.85 Mb.
Sana24.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1394282
Bog'liq
2.1-Laboratoriya ishlanmasi (2)


MAVZU: DASTURIY TA’MINOT TUSHUNCHASI VA ULARNI TAVSIFI (2 soat)

2.1-LABORTORIYA ISH: KOMPYUTERNI HIMOYA QILISH, ZARARLANGAN FAYLLARNI TOPISH VA TIKLASHNI TA’MINLOVCHI VIRUSGA QARSHI DASTURLAR.




Ishning maqsadi: Doctor Web dasturini yuklash va undan foydalanish


Qo’llaniladigan jihozlar: Kompyuterlar, proyektor, tarqatma materiallar


Nazariy ma’lumot:


Doctor Web Windows turkumidagi operatsion sistemalar uchun mo`ljallangan bo`lib, qisqacha DrWeb32W deb ataladi. DrWeb funksional jihatdan DOS ning DrWeb antivirusiga o`xshash. Lekin DrWeb ning 4.0 versiyasidan boshlab antivirus programma ishlashining arxitekturasi va algoritmiga sezilarli o`zgartirishlar kiritilgan. Bu esa o`z navbatida yangi antiviruslar yaratilishiga asos bo`ldi. DrWeb 4.0 antivirusining asosiy yangiligi modul prinsiplarining qo`llanilganidir, ya'ni viruslar bazasi alohida faylda tashkil etilgan bo`lib, u asosiy programma ishga tushgandan so`ng qo`shimcha fayl sifatida yuklanadi. Natijada operativ xotira yetishmovchiligining oldi olinadi. DrWeb antivirus programmasida programma biror muhitda (masalan, Windows 95/98/NT) ishlaydigan qobiq programma va muhitga bog`liq bo`lmagan yadrodan tashkil topadi.
Programmalarni bunday tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega:
bitta virus bazasining faylidan DOS ning DrWeb programmasi uchun ham, Windows 95/98/NT, OS/2, Novell Netware uchun ham foydalanish mumkin;
programmaning yadrosini boshqa qobiq programmalar va amaliy dasturlarga ulash mumkin;
qobiq programmalar, yadrolar va virus bazalarini Internet tarmog`i orqali avtomatik kengaytirish hamda yangilash imkonini beradi.
DrWeb ning yana boshqa yangiliklaridan biri uning test qilinadigan obyektlarni ixtiyoriy diskdagi kataloglar ro`yxatidan (hatto alohida fayllarni ham) tanlash imkoniyatining mavjudligidir.
DrWeb antivirus programmasini ishga tushirganda (Windows ning ish stolidan, PUSK menysining quyida asboblar panelining, menyu bo`limlari va bandlarining asosiy funksiyalari berilgan.
Asboblar paneli va funksiyalari
Zararlangan fayllar ro`yxatini chiqarish holatiga o`tish.
Tekshiriladigan sohani tanlovchi daraxt holatiga o`tish.
Virusga tekshirish natijalarining ma'lumotlarini chiqarish.
Zararlangan fayllar haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi ro`yxatni tozalash.
DrWeb bazasini Internet orqali to`ldirish.
Antivirus programmaning ishlash parametrlarini o`rnatish.
Chiqish (ishni tugallash).
File (Fayl) menysi Davolashni boshlash
Ishni to`xtatish ro`yxatni tozalash bazani to`ldirish ishni tugallash
View (Ko`rish) menysi zararlangan fayllar ro`yxati ob’yektni tanlash statistika
Options (Opsiya) menysi holat parametrlarini o`zgartirish holat parametrlarini saqlash holat parametrlarini tiklash
Help (Yordam) menysi mavzular bo`yicha yordam programma haqida ma'lumot

Ishni bajarish tartibi:

Dastlab Doctor Web antivirusini bir martalik bepul versiyasini yuklab olish jarayonini ko’rib o’tamiz. Buning uchun https://free.drweb.ru/ saytiga kiramiz





Ushbu sahifadan Для дома bo’limidagi Скачать tugmasini bosamiz va quyidagi oyna ochiladi





Ushbu oynada ko’rsatilgan maydonlarga bayroqcha belgisini qo’yamiz va Скачать tugmasini bosamiz va quyidagi forma ochiladi


Ushbu f ormaga ism, familya va e-mail adres kiritiladi. Shuni takidlab o’tish kerakki doimiy ishlatadigan e-pochta manzilini kiritish zarur, chunki dasturni to’g’ridan-to’g’ri saytni o’zidan emas balki e-pochtaga yuborilgan havola orqali yuklab olamiz.
Barcha maydonlar to’ldirilgach Отправить tugmasini bosamiz. Barcha ma’lumotlar to’g’ri bo’lsa quyidagi muloqot oynasi chiqadi



Keyingi qadamda e-pochtamizga kiramiz. E-pochtamizga quyidagicha xabar keladi



Rasimda ko’rinib turgandek havolani ustiga bosamiz va quyidagi oyna ochiladi



Bu oyna ochilgach yuklash avtomatik boshlanadi. Agar yuklash boshlanmasa перейдите по этой ссылке yozuvining ustiga bosamiz shundan so’ng yuklash jarayoni boshlanadi. Fayl hajmi 250 MB dan kattaroq.


Keying qadamda dasturni ishlatish jarayonini ko’rib o’tamiz. Dastur o’rnatilmaydi yuklab olingan fayl ustiga ikki marta bosamiz va dastur ishga tushadi

Ushbu oynadagi ushbu piktogrammani tanlash orqali o’zbek tiliga o’tkazib olishimiz mumkin

Shundan so’ng kerakli maydonga bayroqcha belgisini qo’yamiz va davom ettirmoq tugmasini faollashadi

Davom ettirmoq tugmasi bosilgach quyidagi oyna ochiladi

Ushbu oynadan Tekshiriladigan obyektlarni tanlash yozuvi ustiga bosamiz va quyidagi oyna ochiladi

Ushbu oynadan tekshiruv obyektlarini tanlaymiz mumkin. Fayl va jildlarni tanlash uchun bosing yozuvi ustiga bosib fayl va disklarni tanlashimiz mumkin

Tekshirilishi kerak bo’lgan fayl va disklar tanlangach OK tugmasini bosamiz
va shundan so’ng Tekshiruvni ishga tushirish tugmasini bosamiz. Shundan so’ng tekshiruv ishga tushadi

Tekshiruv jarayoni tugagach tahdidlar va viruslar topilsa jurnalda ko’rinadi

Shundan so’ng viruslarni tuzatish, agar juda xafvli bo’lsa yo’q qilish buyrug’i tanlanadi

Shundan so’ng Zararsizlantirish tugmasi bosiladi




LABORATORIYA TOPSHIRIQLARI

  1. Doctor Web dasturini yuklab olish

  2. Doctor Web dasturini o’rnatish va kompyuterni tekshirish

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling