Mavzu: Dasturlash asoslari


Download 421.69 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi421.69 Kb.
#1000998
Bog'liq
Mavzu

Mavzu: Dasturlash tillari.


FORTRAN tili Eng eski yuqori pog`onadagi dasturlash tili. Ilmiy hisob-kitoblar uchun mo`ljallangan dasturlash tili. Formulalarni o`girish tili FORTRAN (FORmula TRANslator), 1956 yili John Backus tomonidan IBM(International Business Machines – Xalqaro biznes mashinalari) korporatsiyasi uchun ishlab chiqilgan.
Tilda arifmetik amallar, tarqalgan mantiqiy masalalar, ro`yxat shakllarini tuzish, iqtisodiy hisob-kitoblar yengillik bilan bajariladi. Fortran tili hozirgacha mustahkam o`rinni egallab kelmoqda. Chunki u azaldan malumotlarga matematik ishlov berish uchun mo`ljallangan.
Zero, inson faoliyatining bu sohasida asosiy hisoblash algoritmlari 50 yil avval qanday bo`lsa, shundayligicha qolganligidadir. FORTRAN tilining eng ommaviylashgan rusumlaridan ikkitasi FORTRAN IV va FORTRAN 77 bo`ladi yili uchinchi rusum FORTRAN 90 tasdiqlandi. Unda ko`pgina yangi elementlar paydo bo`ldi, turli maslaklar bilan uyg`unlik taminlandi, matritsalar ustida amallar qo`shildi
COBOL (Common Business Oriented Language), biznesga yo`naltirilgan hammabop til. U 1950 yillar oxiri 1960 yillar boshida ishlab chiqilgan, FORTRAN tilidan so`ng eng eski yuqori pog`onadagi dasturlash tili bo`lib hisoblanadi. Bu til, katta kompyuterlarda bajariladigan biznes qo`llanmalarni ishlab chiqishda alohida tarqalib ketdi. Ingliz tiliga yaqinlashtirilgan, fayllar va yozuv shakllari bilan ishlashning rivojlangan vositalari bilan ajralib turadi. COBOL tilida ish hujjatlari uchun namunaviy bo`lgan tuzilmaga ega malumotlar yaxshi tavsiflanadi. Unda masalalar dastlabki tayyorgarliksiz bayon qilinishi mumkin.
BASIC (Beginner's All-purpose Symbolic Instruction Code), boshlovchilarga barcha maqsadlar uchun buyruq kodlari deb atalgan til yil o`rtalarida Dartmut kollejida talabalar uchun John Kemeney va Thomas Kurtz tomonidan ishlab chiqilgan. Til sodda va qulay bo`lib chiqdi va foydalanuvchilarning uncha katta bo`lmagan tizimlar bilan muloqot maromida ishlashida katta shuhrat qozondi. O`zining soddaligiga qaramay BASIC ko`pgina qo`llanmalarni ishlab chiqishda qo`llaniladi. BASIC tili tavsifining ANSI standarti mavjud bo`lsa ham, BASICning ko`pchilik rusumlari kengaytmalarni o`z ichiga oladi. Masalan, Microsoft kompaniyasining Visual Basic mahsuloti, BASIC tilining standartiga qo`shimcha ravishda, obektga - yo`naltirilgan funksiyalar to`plamini o`z ichiga olgan. Hozirgi kunda, BASIC tilining turli xillari qo`llanmalarning makrotillari sifatida qo`shilmoqda. Masalan, Microsoft Word va Excel foydalanuvchiga shu qo`llanmalarni sozlash va avtomatlashtirish uchun dasturlar yozish imkonini beradigan BASIC tilining rusumini qo`shadilar. Basic tili
Yuqori pog`onadagi dasturlash tili yil oxirlarida Niklaus Wirth tomonidan yaratilgan. Bu til, 17 asrda yashab o`tgan fransuz matematigi Blaise Pascal sharafiga atalgan. Blaise Pascal sonlarni qo`shish uchun yaratilgan dastlabki mexanik mashinalardan birining ixtirochisi bo`lgan. Pascal tili tuzilmalashgan dasturlash tili bo`lib hisoblanadi. Dastlab Pascal dasturlashga o`qitish uchun foydalanilgan. Hozir xilma xil dasturlarni tuzishda keng qo`llanmoqda. Oddiy til, xilma xil turdagi malumotlarga ishlov berish imkonini beradi va turli kompyuterlarda oson amalga oshiriladi. Pascal tili
Yuqori pog`onadagi dasturlash tili. Bell Labs kompaniyasida Dennis Ritchie tomonidan 1970 yil o`rtalarida ishlab chiqilgan. Si tilidagi birinchi ahamiyatli dastur UNIX operatsion tizimi bo`ldi, bundan keyin bir necha yil davomida Si tili UNIX bilan chambarchas bog`landi. Ammo, hozirga kelib, Si tili UNIX dan mustaqildir. Soddalik, samaradorlik va boshqa operatsion tizimlarga yengil ko`chirish imkoni bu tilni keng tarqalgan tillardan biriga aylantirdi. Si tilida zamonaviy yuqori pog`onadagi tillarning alomatlari va Assembler tili bilan uyushadigan kompyuterni texnika vositalarini manzillash imkoni muvaffaqiyatli qo`shilib ketgan. Si tili kasbiy dasturchilarni jalb qiladigan qulay sintaksisga ega. Si tili ISO tomonidan standart sifatida tasdiqlangan. Obyektga-yo`naltirilgan memoriy tuzilmadan foydalanilishi kengaytirilgan C++ tili paydo bo`lishiga olib keldi. Ci tili
Ingliz tilida see-sharp deb talaffuz qilinadi. Microsoft NET maslagi uchun obyektga-yo`naltirilgan dasturlash tili. Ci va C++ tillarining chatishmasi bo`ladi. Microsoft kompaniyasi tomonidan Sun kompaniyasining Java tiliga raqobatdosh sifatida ishlab chiqilgan. Microsoft kompaniyasining mutaxassislari aytishlaricha, C# o`zida C++ tilining quvvatini va Visual Basic muhiti soddaligini mujassamlantirgan. C# veb- qo`llanmalarni ishlash tezligini va samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan. Til qatiyan statatik namunalashgan bo`lib, qatiy obyektga-yo`naltirilgan dasturlash tili emas (obyektlar turlaridan tashqari malumotlar turlariga ega). U polimorfizm, operatorlarning ortiqcha yuklanishi, ko`p oqimli hisoblar, vakil - funksiyalar, hodisalar, xossalar, istisnolar va XML formatidagi sharhlarni quvvatlaydi va chiqindilarni avtomatik tarzda yig`adi. C# ilk bor 2000 yilda chiqqan, uning so`nggi rusumi bo`lib C# 2.0 hisoblanadi. C# tili
Ixtisoslashgan PERL (Practical Extraction and Report Language bosh harflaridan olingan) til. Matn fayllarini ko`rib chiqishga, ulardan axborot chiqarib olishga va choplashga mo`ljallangan. PERL tili 1987 yili paydo bo`lib, avval tizimli dasturlashga mo`ljallangan edi. So`ngra uning imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Til o`rganish uchun oson, hajmi katta emas, foydalanishda yengil va yuqori samaradorlik bilan tavsiflanadi. PERL tilining sintaksisi Si tilining sintaksisi bilan to`la mos keladi. PERL tili ishlaydigan malumotlar hajmi cheklanmagan. Obyektga-yo`naltirilgan memoriy tuzilmani quvvatlaydi. Turli maslaklarda ishlay oladi. Bepul tarqatiladi. PERL tili CGI skriptlarni yozishda keng tarqalgan tillardan biri bo`lib qoldi. PERL da yozilgan dasturlar server tomonidan ishga tushirib yuboriladi. Asosan, UNIX- yo`naltirilgan veb-serverlarda qo`llaniladi. Malumotlar bazalaridan erkin foydalanishni taminlash, dinamik sahifachalarni yaratish uchun foydalaniladi. PERL tili
Ixtisoslashgan (Hypertext Preprocessordan olingan) til. Veb- sahifalar mazmunini dinamik tarzda shakllantirib skriptlarni veb-server tomonda yaratish uchun mo`ljallangan. PHP tili1994 yili Rasmus Lerdorf tomonidan ishlab chiqilgan. So`ngra, tilni ishlab chiqish ishlari boshqa mutaxassislar tomonidan davom ettirilgan. PHP skript (sintaksisi Perl va Ci tillarinikiga o`xshash) HTML hujjatda maxsus PHP teglar ichida joylashgan bo`ladi. Chunki, PHP serverda bajariladi, mijoz esa PHP kodning mazmunini ko`ra olmaydi. PHP, CGI dasturning ixtiyoriy vazifasini bajarishi mumkin, ammo, uning bosh afzalligi ko`pgina malumotlar bazalari bilan uyg`unlashganligidir. PHP, IMAP, SNMP, NNTP, POP3, HTTP bayonnomalarini quvvatlaydi. PHP tili
Yuqori pog`ona dasturlash tili. U 1970 yillar oxiri 1980 yillar boshida AQSH Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan turli maqsadlar uchun, biznes qo`llanmalardan tortib aeronavigatsiya tizimlarigacha ishlab chiqilgan. Pascal tili asosida yaratilgan bo`lib, jiddiy to`ldirishlarga va modulli tuzilmaga ega. U parallel amallarni bajarish va murakkab axborot tizimlari yaratishni taminlab, operatsion tizimlarga nisbatan yuqori darajali mustaqilligi bilan tavsiflanadi. Til malumotlarga haqiqiy vaqt maromida paralell ishlov berish vositalarini quvvatlaydi. Ada tili analitik dvigatel – birinchi mexanik kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etgan, dunyodagi eng birinchi dasturchi deb hisoblanadigan Avgust Ada Lavleys ( ) sharofati bilan shunday nom olgan 
E’tiboringiz uchun raxmat.
Download 421.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling