Mavzu: davr xarajatlarini tekshirish


Download 25.92 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi25.92 Kb.
#1392027
  1   2
Bog'liq
12 MAVZU



MAVZU:DAVR XARAJATLARINI TEKSHIRISH
REJA:

1.Davr sarflariga kiritiladigan xarajatlar tarkibi
2.Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda olingan foyda (ko‘rilgan zarar) larni tekshirish

3.Auditor moliyaviy faoliyati

1.Davr sarflariga kiritiladigan xarajatlar tarkibi «Mahsulotlar (ish, xiz-matlar) tannarxiga qo‘shiladigan, mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarini shakl-lantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq aniqlanadi.
Auditor davr sarflarini hisobga olishni va moliyaviy natijalar to‘g‘-risidagi hisobotni tuzishning to‘g‘riligini nazorat qilish maqsadida quyi-dagilarni tekshirishi lozim: davr sarflarini hisobga oladigan: 9410-«Sotish xarajatlari», 9420 - «Ma’muriy xarajatlar», 9430-«Boshqa operatsion xara-jatlar», 9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hiso-bot davri xarajatlari» bo‘yicha o‘z vaqtida, ishonarli va to‘liq aks ettiri-lishining ta’minlanishi; ma’muriy-boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash va mukofotlash haqidagi Nizom, lavozim maoshlarining belgilan-gan xarajatlar smetasiga rioya qilinishi ustidan nazoratning ta’minlanishi.
Quyidagi xarajatlarni davr sarflariga kiritishning asoslanganligi va o‘z vaqtidaligi: reklama xarajatlari (nashriyotda e’lon qilish, radiodan eshit-tirish va televideniye by orqali ko‘rsatish, reklama mahsulotlarini ishlab chiqish va chop etish, stendlar va shitlar tayyorlash, video va diafilmlar na-moyish etish va boshqalar); korxonaning O‘zbekiston Respublikasi hudu-dida va xorijdagi yarmarkalar va ko‘rgazmalarda ishtirok etishiga doir xa-rajatlar ( eksponatlarni tayyorlash va yetkazib berish, modellar va maketlar tayyorlash, adabiyotlar va texnik hujjatlarni nashr qilish); mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish bilan bog‘liq sarflar; bojxona tadbirlari uchun to‘lovlar; import muomalalarini amalga oshirishda vositachilik qiladigan tashkilotlarga to‘lanadigan komission to‘lovlar summalari; boj-xona to‘lovlari, Shuningdek, tovarlar va boshqa mulklarni import qilish bi-lan bog‘liq bo‘lgan bojxonada amalga oshiriladigan rasmiylashtirish o‘tkazish uchun to‘lovlar; material qiymatliklarni sotib olish va tashib kel-tirish xarajatlari; belgilangan me’yorlar va boshqaruv tomonidan tasdiq-langan smetalar doirasidagi korxona faoliyati bilan bog‘liq vakillik xarajat-lari (shtatda turmaydigan tarjimonlar xizmatiga haq to‘lash, ishchi muzo-karalar vaqtida chet ellik vakillarning rasmiy qabulini o‘tkazishga doir xarajatlar).
Bunda qilingan xarajatlarning asoslanganligi va tasdiqlovchi hujjatlar (schyotlar, do‘konlar va restoranlarning cheklari va boshqalar)ning mav-judligiga alohida e’tibor berish zarur.
2.Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda favqulodda olingan foyda (ko‘rilgan zarar) larni tekshirish

Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi …. Nizomda»da belgilangan. Ushbu Nizomga muvofiq mo-liyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi:


– O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari darajasida va ulardan ortiqcha olingan qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha, shu jumladan to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘ycha to‘lovlar;
– mulkni uzoq muddatli ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari;
– chet el valutasi bilan muomalalarga doir salbiy kurs tafovutlari bo‘yicha zararlar;
– sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar;
– o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xara-jatlar;
– moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont.
Auditor ushbu xarajatlarni tekshirishda 9610, 9620, 9630 va 9690-schyotlar bo‘yicha hisob yozuvlarini tekshiruvdan o‘tkazib, ularning «Ni-zom»ga muvofiqligi va schyotlarda to‘g‘ri aks ettirilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga quyidagilar kiradi:
– olingan royaltilar va kapital transferti;
– O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashish-dan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar;
– mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish);
– valuta schyotlari, shuningdek, chet el valutalaridagi muomalalar bo‘-yicha ijobiy kurs tafovutlari;
– sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, korxonalarga va hoka-zolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar;
– moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar.
Yuqorida keltirilgan daromadlarni tekshirish uchun auditor 9510, 9520, 9530, 9540, 9550, 9560 va 9590-schyotlarning ma’lumotlarini o‘rganib, ularning qonuniyligini va schyotlarda to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlaydi.
Favqulodda zararlar – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujud-ga keladigan va ro‘y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlardir. Bunga favqulodda va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davr xarajatlari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
– korxonaning odatdagi xo‘jalik faoliyatiga xos emaslik;
– bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
– boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq emaslik.
Tegishli moddalarni favqulodda zararlar qatoriga kiritish yoki kirit-maslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sha-roitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo‘lsa, u holda iqlim sharoitlariga bog‘liq holdagi ishlamay turib qolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi.
Favqulodda foyda moddalari – bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo‘lgan hodisa yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi muomalalar natijasida paydo bo‘-ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulod-da moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo‘limida aks ettirilishi kerak bo‘lgan, o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Favqulodda olingan foyda (ko‘rilgan) zararlar to‘g‘risidagi axborotlar-ning to‘g‘ri shakllanganligiga ishonch hosil qilish uchun auditor tomoni-dan 9710 –«Favqulodda olingan foyda» va 9720-«Favqulodda ko‘rilgan zarar» schyotlar ma’lumotlari o‘rganiladi.
Shuningdek, auditor «Nizom»ning 1-ilovasiga muvofiq soliqqa tortila-digan bazaga qo‘shilishi lozim bo‘lgan, moliyaviy faoliyatga doir sarflarni ham tekshirishi zarur. Bunday sarflarga:
qisqa muddatli bank kreditlari, shu jumladan to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan hisob stavkalari oshgan to‘lovlar;
– uzoq muddatli bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar;
– qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq sarflar;
– qimmatli qog‘ozlar muddatidan oldin to‘lash munosabati bilan vu-judga kelgan salbiy diskont, agar bu budjetga qarzlarni to‘lash bilan bog‘-liq bo‘lmasa.
3.Auditor moliyaviy faoliyati
Auditor moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar va daromadlar hamda fav-qulodda olingan foyda (ko‘rilgan zarar)larni tekshirishning barcha jihat-larini o‘zining ishchi hujjatlarida qayd qilib boradi.
«Asad» fermer xo‘jaligida 4610–schyot debet qoldig‘i va 8310 schyotlar kredit qoldig‘ining tengligi ta’sischilar xo‘jalik ustav kapitaliga o‘z ulushlari bo‘yicha mablag‘larni umuman topshirmaganlagini va qo-nunchilikda belgilangan muddatga rioya qilinmaganligini bildiradi.
«Bobur» fermer xo‘jaligi 4610–schyotning debet qoldig‘i 8310-schyot kredit qoldig‘ining 50 %ni tashkil etadi, ya’ni ta’sischilar ustav kapitaliga ulushlarining yarmini qo‘shganlar. Fermer xo‘jaligi faoliyat boshlaganiga bir yil to‘lmagan, ustav kapitalining qolgan qismi (50%) bir yil ichida qo‘-shilishi lozim.
Demak, «Bobur» fermer xo‘jaligida ustav kapitalini shakllantirish qo-nunchilik talablariga mos keladi.
«Samad» fermer xo‘jaligi ham «Bobur» fermer xo‘jaligidagi kabi ta’-sischilar ustav kapitaliga ulushlarining yarmini qo‘shganlar, ammo kor-xona faoliyat boshlaganiga bir yildan oshgan, demak ustav kapitaliga ulushlarni topshirish muddatiga rioya qilinmagan. Bunday holatda korxona yoxud o‘z ustav kapitalini kamaytirib, ustav va ta’sis shartnomasini qayta davlat ro‘yxatdan o‘tkazishi yoxud tugatish yo‘li bilan o‘z faoliyatini to‘x-tatish lozim.
«Do‘st» fermer xo‘jaligida 4610-Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti bo‘yicha debet qoldiq yo‘qligi va 8310–»Paylar va ulushlar» schyoti bo‘yicha kredit qoldiq summasining (400, 0 m. s) ta’sis hujjatlari (ustavi va ta’sis shartnomasi)ga mosligi ta’sischilar-ning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzdor emasliklarini va ulushlar to‘liq to‘langanligini bildiradi.
Har bir ta’sischi tomonidan ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan qo‘shilganligini tasdiqlovchi buxgalteriya hujjatlarining mavjudligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlanadi. Natura shakli-dagi ulushlar (asosiy vositalar, materiallar va h. k) tegishli shakldagi dalo-latnomalar, pul mablag‘lari esa kassa va bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Tasdiqlovchi hujjatlarda tegishli mablag‘larning aynan ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sis hujjatlariga muvofiq topshirilganligi haqida ma’lumot-lar bo‘lishi lozim. Bu nafaqat ustav kapitaliga qo‘shiladigan ulushlarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri rasmiylashtirish uchun, balki soliqqa tortish masalalari uchun ham zarurdir.
Shuningdek, tekshiruv chog‘ida ushbu hujjatlar shakl va mazmun-larining O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»ga Qonun 9-moddasi talablariga muvofiqligi ham aniqlanadi.
Ustav kapitaliga chet el valutasida qo‘shiladigan ulushlarning to‘g‘ri aks ettirilganligini aniqlash

Download 25.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling