Mavzu. Dj. Xiksning daromad haqidagi ta’limoti. Milliy daromad va milliy hisoblar tizimidagi boshqa daromad ko’rsatkichlari reja


Download 18.79 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi18.79 Kb.
#1791734
Bog'liq
Ж.Хикс DAROMADLAR TA\'LIMOTI


MAVZU. DJ.XIKSNING DAROMAD HAQIDAGI TA’LIMOTI. MILLIY DAROMAD VA MILLIY HISOBLAR TIZIMIDAGI 
BOSHQA DAROMAD KO’RSATKICHLARI 
REJA: 
1. Dj.Xiksning daromad haqidagi ta’limoti
2. MHTdagi daromad ko’rsatkichlari
3. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish 
statistikasi
 
1. Dj.Xiksning daromad haqidagi ta’limoti 
Bozor munosabatlari amal qilayotgan iqtisodiyotda daromad kategoriyasi 
muhim ahamiyatga ega bo’lib, uni ikki miqyosda ko’rib chiqish mumkin: 
makromiqyosa va mikromiqyosda. Mikromiqyosdagi daromadlar xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy jarayonlarda qatnashishi natijasida olgan 
ixtiyoriy daromadlardan iborat bo’lib, ularning hisobi buxgalteriya hisobida to’liq 
aks ettiriladi. Makromiqyosdagi daromadlar buxgalteriya hisobidagi daromadlarga 
mos kelmaydi va ularni mikromiqyosdagi daromadlarni to’g’ridan-to’g’ri qo’shish 
orqali hosil qilib bo’lmaydi. 
MHT-93 da qo’llaniladigan daromad kontseptsiyasi ingliz olimi Jon Xiksning 
daromad ta’rifiga asoslanadi. Uning “Qiymt va kapital” asarida keltirilgan 
daromad ta’rifining asosiy mohiyati quyidagicha: “Ma’lum davr boshida mavjud 
bo’lgan kapitalning qiymatini davr ohirida saqlab qolgan holda iste’mol uchun 
ishlatilishi mumkin bo’lgan barcha mablag’larning maksimal yig’indisi – shu 
davrda hosil bo’lgan daromaddir”. Ya’ni aholining qashshoqlashmasdan yoki 
qarzg botmagan holda iste’moli va jamg’arishi uchun sarflanadigan mablag’lardir. 
Mazkur kontseptsiyaga asoslanib quyidagi xulosalar chiqariladi: har qanday 
moddiy aktivlarning moliyaviy aktivlarga aylanishi, molilyaviy aktivlar shaklini 
o’zgarishi, aktivlar qiymatining inflyatsiya natijasida o’zgarishi daromad bo’lib 
hisoblanmaydi. 
2. MHTdagi daromad ko’rsatkichlari 
MHTda J.Xiks kontseptsiyasiga asoslanuvchi, taqsimlash jarayonining barcha 
jabhalarini xarakterlovchi daromad ko’rsatkichlari tizimi yaratilgan. Bu tizim 
quyidagi daromad ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi: 
birlamchi daromadlar 
 joriy transfertlar 
 ixtiyordagi daromadlar 
 natura ko’rinishidagi ijtimoiy transfertlar 
 tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromad 
 milliy daromad (yalpi va sof) milliy ixtiyordagi daromad (yalpi va sof)
Birlamchi daromad bu - institutsion birliklarning boshqa birliklarning iqtisodiy
faoliyatida bevosita va bilvosita (moliyaviy va ishlab chiqarilmagan aktivlari bilan)
qatnashganliklari natijasida ega bo’ladigan daromadlaridir. 
Mehnat haqi uy xo’jaligi sektorining birlamchi daromadi hisoblanadi. 
Mahsulot uchun soliqlar rezident birliklar tovar yoki xizmatni ishlab 
chiqarganda va uni sotganda mahsulot birligiga nisbatan bevosita va yashirin 
to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan emas) soliqlar miqdoridan iborat. Ular tarkibiga 
qo’shilgan qiymat, aksiz, mahsulot narhiga ustama va qo’shimchalar va yashirin 
soliqlar kiradi. 
Mahsulot uchun subsidiyalar rezident birliklariga davlat byudjeti tomonidan 
tovar yoki xizmatni ishlab chiqarganda yoki uni sotganda mahsulot birligiga 
nisbatan bevosita va yashirin to’lanishi lozim bo’lgan (to’langan emas) 
subsidiyalar miqdoridan iborat.
Sof foyda nomoliya, moliya, davlat boshqaruv idoralari va uy xo’jaligiga xizmat 
ko’rsatuvchi notijorat tashkilotlarning birlamchi daromadi hisoblanadi.
Mulk uchun daromad deganda, - institutsion birliklarning boshqa birliklar 
iqtisodiy faoliyatida o’zlariga tegishli bo’lgan moliyaviy va ishlab chiqarilmagan 
aktivlari bilan qatnashganliklari natijasida ega bo’ladigan daromadlarini 
tushunamiz.
Transfertlar - bir tomonlama iqtisodiy operatsiyalardan iborat. Bu 
operatsiyalar orqali bir institutsion birlikning boshqa institutsion birliklarga tovar 
va xizmatlarni, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlarni, egalik huquqini bepul berish 
jarayonlari aks ettiriladi. Transfertlar pul va natura holatida berilishi mumkin.
Pul holatidagi transfertlar bir birlikning ikkinchi birlikka
naqd pul yoki hisob raqamiga pulo’tkazish yo’li bilan bergan pul miqdoridan iborat.
Natura holatidagi transfertlar deganda, bir birlikning ikkinchi birlikka evaziga hech narsa olmay, tovar va aktivlarni berish, hamda xizmatlarni ko’rsatish jarayoni tushuniladi. 
Download 18.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling