Mavzu: Elektr pechlar konstruksiyasi Reja


Download 27.07 Kb.
bet1/4
Sana21.04.2023
Hajmi27.07 Kb.
#1371049
  1   2   3   4
Bog'liq
Elektr pechlar konstruksiyasi


Mavzu: Elektr pechlar konstruksiyasi
Reja:
1.Elektr pechlar konstruksiyasi
2. Induksion tigel pechining tuzilishi, ishlash prinsipi.
3. Tigel va kanalli pechlarni taqqoslash.

Po‘lat qo‘llanish sohasiga qarab ikkiga: instrumental (turli asboblar, uskunalar, har xil qurollar yasash uchun) va maxsus (zanglamaydigan o‘tga chidamli va boshqalar) po‘latlarga bo‘linadi. Tarkibiga qarab ham ikkiga: uglerodli va ligerlangan po‘latlarga bo‘linadi. Uglerodli po‘latlaming xossasini belgilovchi eng muhim komponenti uglerod bo‘lib begona aralashmalari esa (0,3-0,8 % Mn, 0,2-0,4 % Si, 0,005 % gacha P va 0,04 % gacha S) uning xossalariga sezilarli ta’sir etmaydi. Bu po‘lat tarkibidagi uglerodning miqdoriga qarab kam uglerodli (0,25 % gacha C), o'rtacha uglerodli (0,25 dan ta 0,6 % gacha C) va ko‘p uglerodli (0,6 % S dan ko‘p) po'latlaiga bo‘linadi. Kam uglerodli po‘latdan u plastik bo‘lganligi uchun bug‘ qozonlari, turli qalinlikdagi tunukalar, yumshoq simlar va boshqalar tayyorlanadi, o‘rtacha uglerodlisidan relslar, qalin tunukalar, simlar, quvurlar va boshqalar tayyorlanadi, ko‘p uglerodlisi asbobsoz po‘lat bo'lib, turli tuman asbob-uskunalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Ligerlangan po‘latlar tarkibida ugleroddan tashqari maxsus ligerlovchi elementlar, masalan: W, V, Cr, Mo, Ni va boshqalar ushlaydi. Ulardan ayniqsa, xrom keng qo'llaniladi. Ozgina (1-1,5 %) qo‘shilgan xrom ham po‘latning qattiqligi va mustahkamligini uglerodli po‘latga qaraganda keskin oshiradi va bunday po‘lat avtomashina va traktorlarning turli qismlari, sharikopodshipniklar tayyorlash uchun ishlatiladi. Agar 12-17 % gacha xrom qo‘shilsa, bunday po‘lat zanglamaydi, 25-28 % gacha xrom qo‘shilsa, po‘lat o‘tga chidamli bo‘ladi. Agar unga xromdan tashqari yana nikel ham qo‘shilsa xromanikelli po‘lat (1,5% gacha Cr va to 4 % gacha Ni) yuqori plastiklikka ega bo‘ladi, mo‘rtligi keskin kamayadi. Shuning uchun ham bunday po‘lat porshenlar, tishli uzat- gichlar (shesternalar) dvigatel vallari va boshqalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Zanglamaydigan po'latdan (17-20 % gacha Cr va 10 % Ni) samolyot qismlari kimyo sanoati apparatlari, oshxona idishlari, pichoqlar, qoshiq-vilkalar va shu kabilar tayyorlanadi. 0‘tga chidamli po‘lat (15-25% gacha Cr va 15-27% gacha Ni) esa gaz trubinalari, reaktiv va raketa dvigatellari va boshqalar tayyorlashda qo‘llaniladi.


Ishchi oyna chegarasidan vanna chuqurligiga bo’lgan balandlik:
H=0,34*1000,25=1,08 m
Metall vanna chuqurligi h=0,88*1,08=0,95m. Ishchi oyna chegarasigacha vanna hajmi:
V1=VM+VSh=100*103/7100+0,08*100*103/300=14,1+1,7=16,8 m3
Metall massasini hisobga olgan holda shlak massasi 8 % ga teng deb qabul qilinadi. Ishchi oyna sathidan vanna diametri quyidagicha topiladi (sfera shaklidagi vanna uchun a=45o)
H1=0,8 H; H2=0,2 H bu yerdan :

Sanoat pechlaridan bu hajmli pechlarni solishtirish uchun H=1,1 va d1=5,4 m deb qabul qilamiz. Lekin pech vannalari bir muncha katta chuqurlikkatabiiyki, kichik diametrga ega.


Ishchi oyna sathi ustidagi zaxira hajm balandligi
H=0,12*1,08=0,13 m
Ishchi oyna sathi ustidagi 5 ta to’plam balandligi
K=0,75*1000,25=2,38 m
Devorning konussimon qismi balandligi
K=0,4(K-H)=0,4(2,38-0,13)=0,9 m
Ishchi maydon diametri qiyalikning ustki sathida quyidagi formula bilan hisoblanadi:
D1=d1+2*0,12*1,08=5,5+0,26=5,76 m
Besh to’plam sathidagi ishchi maydon diametri esa quyidagicha hisoblanadi:
D2=5,76+2*0,9tg15o=5,76+0,48=6,24 m
To’plam o’qi balandligi magnezitoxrom uchun quyidagi tenglamada topiladi:
K=0,12D2=0,12*6,24=0,75 m.
Tepa sath qiyalikdagi pechning qatlam diametri
DK=D2+2D2=6,24+2,06=7,44 m.
tenglama bilan topiladi. (D2 – shu sathdagi devor qalinligi).
Pechda elektrodlar joylashuvi (moslashuvi).
Hozirgi zamon po’lat eritish yoy pechlarda umumiy qabul qilingan elektrodlar joylashuvi uchburchak teng tomonlari eng cho’qqisida aniqlanadi: bunda elektrodlar diametri tushishi DT ishchi maydon diametri D1 nisbatiga teng.

Elektr yoy yuklanishining pechi elektrodlari joylashuvi (a) va alohida fazalar notekis taqsimlanish koeffitsienti qiymatlari (b).

dp/D1 nisbat to’g’riligi, pech devorining qiyalik sathi bir tekis isitilishi bilan ta’minlanadi. (koeffitsient qiymati n  0,75 : 0,80 bo’lganda) va koeffitsientlar elektrodlar orasidagi masofaga rioya qilinsa to’g’ri bo’ladi.
Elektr xarakteristika tuzish uchun quyidagi shartlar qabul qilingan:


  1. Tok, kuchlanish va qarshiliklar alohida fazalarda bir xil.


  2. Tok va kuchlanishning o’zgarishi sinusoidal bo’yicha sodir bo’ladi.


  3. Elektr yoyi bir jinsli elektrodlar orasida yonishi hosil bo’ladi. Ularning qarshiligi faol hisoblanadi.


  4. Shlak va metal qarshiligi 0 ga teng.


  5. Tok, kuchlanish va qarshiliklar qalohida fazalarda bir xil.


Aktiv qarshilikni kamaytrish uchun (umuman deganda induktiv qarshilikni ham) quyidagi sharoitlarda ishlash zarurdir.




  1. kichik solishtirma qarshilikli elektrodlar qo’llash va ularni bir biri bilan


  2. Tok quyidagi borcha kontaklarni holati bo’lishi, kontaktlar sonini qisqartirish


  3. Kichik kontaktlar qarshilikli elektrosaqlagichlarni o’rnatish






Download 27.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling