Mavzu: Elektromagnit maydonlaridan muhofazalanish Hayot faoliyat xavfsizligi


Download 0.49 Mb.
Sana13.12.2020
Hajmi0.49 Mb.
#166113
Bog'liq
12-Maruza


MAVZU:

Elektromagnit maydonlaridan muhofazalanish

Hayot faoliyat xavfsizligi

Reja:

1.Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri.

2.Elektromagnit maydonini normalash va undan himoyalanish.

3.Elektromagnit maydonini o’lchov asboblari.

Elektromagnit maydonining inson organizmiga ta’siri natijasida qon, hujayralar oralig’idagi suyuqliklar tarkibida tashqi maydon ta’siridan ionlashgan toqlar hosil qiladi. O’zgaruvchan elektr maydoni inson tanasi hujayralarini o’zgaruvchan dielektrik qutblanish, shuningdek, o’tkazuvchi toqlar hosil bulishi hisobiga qizdiradi. Issiqlik samarasi elektromagnit maydonlarining energiya yutishi hisobiga buladi. Energiya yutilishi va ionlashgan toqlarning hosil bulishi biologik hujayralarga maxsus ta’sir ko’rsatishi bilan kechadi, bu ta’sir inson ichki organlari va hujayralaridagi nozik elektr patenstiallari ishini buzish va suyuqlik aylanish funkstiyalarining o’zgarishi hisobiga buladi.

Elektromagnit maydoni inson organizmiga ma’lum o’tkazuvchanlikka ega bulgan dielektrik moddiy sifatida hujayralarga issiqlik ta’sirini ko’rsatibgina qolmasdan, balki bu hujayralarga biologik ob’ekt sifatida ham ta’sir ko’rsatadi. Ular to’g’ridan-to’g’ri markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko’rsatadi, hujayralarning yo’nalishini o’zgartiradi yoki molekula zanjirini elektr maydoni kuchlanish chiziqlari yo’nalishiga aylantiradi, qon tarkibi oqsil molekulalari bioqimyo faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Qon tomir sistemasining funkstiyasi buziladi. Organizmdagi uglevod, oqsil va mineral moddalar almashinivuni o’zgartiradi. Ammo bu o’zgarishlar funkstional xarakterda bo’lib, nurlanish ta’siri to’xtatilishi bilan ularning zararli ta’siri va og’riq sezgilari yo’qoladi.

Sanitar me’yorlar buyicha ko’zda tutilgan «Yuqori, o’ta yuqori va haddan tashqari yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlari manbalarida ishlaganlar uchun sanitar norma va qoidalar» quyidagicha ruxsat etilgan norma va chegaralarni belgilaydi: ish joylarida elektromagnit maydoni radiochastota kuchlanishi elektr tarkibi buyicha 100 kGst-30 MGst chastota diapazonida 20 V/m, 30-300 MGst chastota diapazonida 5 V/m dan oshmasligi kerak. Magnit tarkibi buyicha esa 100 kGst- 1,5 MGst chastota diapazonida 5 V/m bulishi kerak.

Nurlanishni kamaytirishning yana boshqa usuli kuchli nurlanish generatorini, kuchsizroq nurlanish generatori bilan almashtirishdir. Lekin bu usulda texnologik jarayonni hisobga olish zarur.

Nurlanish kuchini kamaytirishning boshqa usuli sifatida antennaga ekvivalent bulgan nurlanishni yutuvchi yoki kamaytiruvchi qurilmalarni antenyuatorlarni qo’llash, generatordan nurlanish tarqayotgan qurilmagacha bulgan oraliqdagi nurlanish kuchini yo’qotishi yoki kamaytirishi mumkin.

Nurlanishni yutuvchi moslamalar:

a-suv oqimi yordamida sovutish; b, s-qovurg’asimon yuzalar yordamida sovutish

Nurlanish quvvatini kamaytirish maqsadida ishlatiladigan attenyuatorlar doimiy va o’zgaruvchan bulishi mumkin. Doimiy attenyuatorlar elektromagnit to’lqinlarini yutish koeffistienti katta bulgan materiallardan ishlanadi.

Bu attenyuatorlarning pichoqlari va plastinkalari dielektrik moddiydan tayyorlanadi va ustki qavati yupqa metall plastinka bilan qoplanadi. Ular elektromagnit kuchi chiziqli maydoniga parallel ravishda o’rnatiladi. Attenyuatorlarning so’ndirish kuchi pichoqni to’lqin o’tkazgichga chuqurroq botirish yoki plastinkalarni bir-biriga yaqinlashtirish yo’li bilan oshiriladi yoki kamaytiriladi.

Elektromagnit nurlanishlaridan muhofazalanishning asosiy usullaridan biri-ekranlar usulidir. Ekranni to’g’ridan-to’g’ri elektromagnit to’lqinlarini tarqatayotgan manbaga yoki ish joylariga o’rnatish mumkin. Nur qaytarish ekranlari elektr toqini yaxshi o’tkazadigan materiallardan yasaladi. Ekranlarning muhofazalash xususiyati, elektromagnit maydoni ta’sirida ekran yuzasida Fuko toqining hosil bulishiga asoslangan



Elektromagnit maydonining kuchlanishini o’lchaydigan asosiy asbob IEMP-1 va uning bir necha modifikastiyalari mavjud. Bu asbob yordamida elektr maydonining 50 Gst-100 kGst va 100 kGst, shuningdek, magnit maydonining 100 kGst-1,5 MGst diapazonlarida elektromagnit maydonining kuchlanishini o’lchash imkoniyatini beradi. Umumiy ishchi chastotalar diapazonida kuchlanish qiymati elektr tarkibi buyicha 5-1000 Vt va magnit tarkibi buyicha 0,5-300 A/m bulganda aniqlik darajasi 20% tashkil qiladi.

Magnit maydonining kuchlanish oqimi zichligini o’lchash asbobi
Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling