Mavzu: eritmalar klassifikatsiyasi va ularni tayyorlash


Download 25.93 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi25.93 Kb.
#186966
Bog'liq
2-Laboratoriya


2-LABORATORIYA MASHG’ULOTI

MAVZU:ERITMALAR KLASSIFIKATSIYASI VA ULARNI TAYYORLASH.

Ikki va undan ortiq tarkibiy qismlardan tashkil topgan bir jinsli sistemalarga eritmalar deyiladi. Bunda

  • Erituvchi – dispers muhit

  • Erigan modda – dispers faza

  • Eritma – dispers sistema deyiladi.


Dispers faza. Zarrachalarning o’lchamiga ko’ra eritmalar 3 xil bo’laadi:

  1. Chin eritmalar – 1 nm dan kichik (suv+spirt)

  2. Kolloid modda – 1 nm dan 100 nm gacha (kraxmal eritmasi)

  3. Dag’al eritmaalar – 100 nm va undan katta (emulsiya, suspenziya)



Eritma konsentratsiyalari

  • Foiz konsentratsiya – 100 gr eritmada bor bo’lgan erigan moddaning gramlar soniga aytiladi. ω%=m(erigan modda)/m(eritma)*100

  • Molyar konsentratsiya – 1 l eritmani tarkibida bor bo’lgan erigan moddalarning gr/mo’l soniga aytiladi. CM=m/M*V

Normal konsentratsiya – 1 l eritmani tarkibida bor bo’lgan erigan moddani gramm ekvivalentlar soniga aytiladi. CN=m*1000/E*V

Reaktivlar: a) tuxum oqsili, jelatina, distillangan suv.

Ishning borishi: 1 ta 500ml li idish olib, unga tuxum oqi solinadi, keyin 250ml suv solinadi va shu tariqa oqsil eritmasi tayyorlanadi
Labratoriya tarozlari

  • Labaratoriya va dorixonalarda o’lchash ishlarini amalga ohirish uchun bir necha hil tarozilar ishlatiladi: dorixona texnik torozlar, qo’l torozilar, tarsion tarozilari...

  • Labaratoriya texnik torozilari BA-1-1 kg gacha bo’lgan o’lchamlarni amalga oshiradi. O’lchash xatoligi 50 mg (0,05gramm) toroz og’irligi 3,4 kg, o’lchami 490x170x455mm.

  • Qo’l torozilari 4 xil bo’ladi. BP-1, BP-5, BP-10 va BP-100. taroz markirovkasidagi raqami maximal o’lchash miqdorini ko’rsatadi.

  • BT-500 tarsion tarozilari 0,5 grammgacha kichik og’irlikdagi o’lchamlarni amalga oshiradi. To’plam tarzida chiqarilib, 500 mg va 250 mg toshlar alyuminiydan yasalgan mg toshlar bilan komplektlanadi. Taroz og’irligi 4,5 kg, o’lchami 276x192x48 mm.

  • Labaratoriyada hozirgi kunda asoson elektron tarozilardan foydalanib kelinmoqda, chunki unda ishlash ham qulay, ham aniq, ham tezkor.


Sentrifugalar

  • Labaratoriyalarning asosiy jihozlaridan biri bu sentrifugadir. Sentrifuga, minisentrifuga (sovutish qurulmasi bilan) –markazdan qochma kuch ta’sirida kalloid, dispersion va boshqa turdagi qattiq jinsli moddalarni geterosistemadan ajratib beruvchi qurulma. Hozirda minisentrifugalardan tortib ultrasentrifugalargacha foydalanilib kelinmoqda.

Download 25.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling