Mavzu: Fanga kirish. Turizmning rivojlanish tarixi Reja


Download 22.4 Kb.
bet1/4
Sana21.01.2023
Hajmi22.4 Kb.
#1106975
  1   2   3   4
Bog'liq
1 maruza
hjgkjhgkjgkghgfhgvk, mustaqil ish mavzulari, 11, 11, 11, 11, 11, 11, 11, 11, 11, 11, 11, 11, 11

MA’RUZA №1
Mavzu: Fanga kirish. Turizmning rivojlanish tarixi
Reja:

  1. «Turizm» tushunchasi. Turizm jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida.

  2. Turizm maqsadi vazifalari va turlari.

  3. Turizmning rivojlanish tarixi.

  4. “Sog’lom avlod” uchun dasturida turizmning o’rni.


1. «Turizm» tushunchasi. Turizm jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida.
Chunki turistik poxodlar, amaliy mashg’ulotlar, slyotlar turli musobaqalar jarayonida ilmiy - tadqiqot ishlarini tashkil qilishga asos yaratadi. Bunda turizm bilan shug’ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi, ularning fa’olligi, fikr doiralari, harakat malakalarining rivojlanish sharoitlari eksperement ilmiy yo’l bilan o’rganiladi. Olingan natijalar esa shu predmet orkali o’quv guruxlari, komandalarda va havaskor turistlar faoliyatida tatbiq qilinadi va sinab ko’riladi.
Turizm ham o’quv dars sifatida o’tkaziladi. O’quv jarayonida talabalar pedagogikasining barcha jabhalaridagi kabi demokratik tarbiyaning tarkibiy qismi bo’lgan jismoniy tarbiya; uning maqsad va vazifalari bilan tanishadilar. Davlat o’quv rejasiga ko’ra turizm jismoniy tarbiya institutlarida va pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya fako’ltetlarida maxsus kurs sifatida o’qitiladi. Yuqori kurslarda esa sport mahoratini oshirish, fako’ltativ yoki to’garak shakllarida (seksiya formalarida) tashkil qilinadi. Ular “Turizm” kursi dasturida batafsil berilgan.
O’quv dasturlarida turizmning forma va metodlari, maktab o’quvchilari bilan turistik tadbirlarini tashkil qilish usullari, turistik sayohatlarga tayyorlanish va unga kerakli bo’lgan jihozlar, ozik-ovkatlar, dori-dormonlar hamda shikastlanganda birinchi medisina yordami ko’rsatish tadbirlari, topografiya bilan talabalarni tanishtirish ko’zda tutiladi. Dastur, shuningdek o’lkani o’rganish, jamoat joylarida foydali xizmatlar ko’rsatish, tabiatni muhofaza qilish, turli qidiruv ishlarini olib borishga doir materiallarini ham o’z ichiga oladi. Dastur talablariga asosan 1-8 kunlik sayohat tashkil qilish, 130 kilometrli masofani (piyoda yurish turizmida) piyoda o’tish, turistik texnikaga doir musobaqalar tashkil qilish, topografiyadan turli mashg’ulotlar o’tkazish mo’ljallangan. Barcha mashg’ulotlardan keyin turizm bo’yicha sinov (zachet) o’tkaziladi. Sinovda nazariy bilimlar suxbat tariqasida mustahkamlanadi.
Turizm so’zi lotincha so’z bo’lib, u “aylanma bo’ylab harakat qilish”, aylanish degan ma’noni bildiradi. Teng ma’noda buni kishilarning hayotda harakatda bo’lishlarini tushunish mumkin. Shuningdek turizm “tur” (belgi) o’rnatish, ya’ni tog’, adirlar, o’zoq masofalarga sayohat qilish, so’nggi manzilga belgi ko’yish yoki cho’kkiga chikkanlikni beldirish uchun biron bir belgi (yozuv, haykal va hokozo) qoldirish kabilarni bildiradi.
Turistik poxodlar, sayohatlar turli formalarda tashkil qilinadi. Bularda piyoda yurish, tog’ turizmi, suv turizmi, velosiped, motosikl va boshqa transportlarida qilinadigan turistik poxodlar kiradi. Piyoda yurish, tog’ turizmi bir kunlik, bir necha kunlik va ko’p kunlik shakllarda (formalarda) tashkil etiladi. Turistik poxodlarda, sportga chamalab topish, voleybol, futbol, yengil atletika va boshqa sport turlaridan keng foydalaniladi.
Shuningdek turizmning boshlangich texnik va taktik tushunchalarini turistik poxodlar, sayohatlar, turizmni o’rgatish, turistik tayyorgarlik, turistik sletlar, sportga chamalab topish, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, bularni tashkil qilish va o’tkazish yo’llarini o’rgatadi va hozirgi kunda keng quloch yoymokda.
Turizmga o’rgatish har bir jismoniy tarbiya va sport jamoasida mutaxassis kadrlar, trenerlar jismoniy tarbiya o’kituvchilari tomonidan olib boriladi. Bunda turizm bo’yicha jamoatchi instruktorlar ayniksa katta rol o’ynaydi. Ular turizm seksiyasini tashkil etish, faollarni tashkil o’ilish, turistik texnik elementlarni nazariy va amaliy jihatdan ishlab chikish, turistik asboblar va jihozlardan foydalanish yo’llarini belgilaydi.

Download 22.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling