Mavzu: “farhod va shirin” hamda “layli va majnun” dostonlarida muallif badiiy niyatining ifodalanishi


Download 1.29 Mb.
Sana16.06.2020
Hajmi1.29 Mb.
#119274
Bog'liq
1-MARUZA PPT (1)

NAVOIYSHUNOSLIK FANI


Taqdimot

MA’RUZACHI: PhD H.G‘AIPOVA


MAVZU: “FARHOD VA SHIRIN” HAMDA “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONLARIDA MUALLIF BADIIY NIYATINING IFODALANISHI

REJA:

  • «Farhоd va Shirin» dоstоni insоnparvarlik g‘оyalari, оrzu-umidlari Farhоd siymоsida.
  • Dоstоnning timsоllar оlami.
  • “Layli va Majnun” dostonlarida muallif badiiy niyatining ifodalanishi
  • Dоstоnning tasavvufiy talqinlari va badiiy хususiyatlari.

Tayanch tushunchalar: “Farhоd va SHirin” dоstоnining yaratilish tariхi, dоstоnning muхtasar mundarijasi va timsоllar оlami, Farhоd – ilоhiy ishq yo‘liga kirgan sоliki majzub timsоli, dоstоnning timsоllar оlami, ramziy timsоllar, dоstоnda tariхiylik va badiiylik, dоstоn badiiyati, «Layli va Majnun» - pоk va yuksak muhabbat ifоdasi, asardagi bоsh qahramоnlar hayoti, dоstоnning g‘оyaviy mundarijasi, timsоllar оlami, Majnun – ilоhiy ishq yo‘lidagi majzubi sоlik timsоli, dоstоnning timsоllar dоirasi, dоstоnning badiiy хususiyatlari.

«Farhod va Shirin»—Alisher Navoiy ,,Xamsa’’sining ilk masnaviysi «Hayrat ul-abror»dagi umumbashariy fikr-mulohazalardan nur olib Sharq she'riyati ixlosmandlarining qalbida yolqin o‘t paydo qilgan buyuk beshlik tarkibidagi syujetli dastlabki dostondir.

  • «Farhod va Shirin»—Alisher Navoiy ,,Xamsa’’sining ilk masnaviysi «Hayrat ul-abror»dagi umumbashariy fikr-mulohazalardan nur olib Sharq she'riyati ixlosmandlarining qalbida yolqin o‘t paydo qilgan buyuk beshlik tarkibidagi syujetli dastlabki dostondir.
  • Xusrav va Shirin muhabbati yozma badiiy adabiyotda ilk bor Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»sida uchraydi. Farhod, Xusrav va Shirin ishqi mojarolaridan bahs etuvchi asar mualliflaridan biri XV asrda yashab ijod etgan xamsanavis, «Shirin va Xusrav» dostoni muallifi Ashraf Marog‘aviydir. Keltirilgan iqtibosdan Ashraf Marog‘aviyning bu ko‘hna mavzuni yangicha talqin etgani ma'lum bo‘ladi. Ozar adabiyotida Orif Ardabiliyning «Farhodnoma poemasi» bor. Navoiy 54 bob (5782 bayt)dan tarkib topgan “Farhod va Shirin”ni 1484 (hijriy 889) yilda bunyodga keltiradi.
  • Doston an'anaga muvofiq hamd va na'tlar (1-5- boblar) bilan ibtido topadi. Ijodkor qalami ta'rifi ulug‘ salaflar: Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy (6-bob) va Abdurahmon Jomiy (7-bob) maqtovidan so‘ng, dostonning yozishga nimalar sabab bo‘lgani (8-bob) hamda asar rejasini tuzib olgani, tarixiy manbalarni ko‘rib chiqqani, shu mavzuda yozilgan dostonlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatib, o‘z g‘oyalarini qay tarzda ifoda etmoqni niyat qilgani bayoni (9-bob) keltiriladi. Shundan so‘ng zamon hukmdori Sulton Husayn Boyqaro (10-bob) va shahzoda Badiuzzamon Mirzo madhi (ll-bob)ga o‘rin beriladi

. Dostonning muqaddimaviy boblari mundarijasi ana shulardan tashkil topgan bo‘lib, asosiy voqealar bayoni (12-52- boblar) Chin xoqoni ta'rifi, uning farzandsizligi va Farhodning tug‘ilishi bayoni bilan boshlanadi. «Farhod va Shirin» dostoni Sulton Husayn Boyqaroning o‘g‘li Shoh G‘arib Mirzo madhi va shoirning unga nasihatlari (53-bob) hamda asar xotimasi (54-bob) bilan yakunlanadi.

  • . Dostonning muqaddimaviy boblari mundarijasi ana shulardan tashkil topgan bo‘lib, asosiy voqealar bayoni (12-52- boblar) Chin xoqoni ta'rifi, uning farzandsizligi va Farhodning tug‘ilishi bayoni bilan boshlanadi. «Farhod va Shirin» dostoni Sulton Husayn Boyqaroning o‘g‘li Shoh G‘arib Mirzo madhi va shoirning unga nasihatlari (53-bob) hamda asar xotimasi (54-bob) bilan yakunlanadi.
  • Ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy «Xamsa»ning uchinchi dostonini ijod etayotganida, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog‘aviy, Shayxim Suhayliylarning shu mavzuda yozilgan asarlari bilan yaqindan tanish edi. Buyuk salaf va tengdoshlarining ushbu mavzuga oid masnaviylariga yuksak ehtirom bilan baho bergan ulug‘ shoir «Layli va Majnun» dostonini yozishdan ko‘zlagan maqsadi bu sayyor syujetni yanada takomillashtirish, unga sayqal berib, yangicha jilo baxsh etish ekanligini quyidagi misralarida aks ettiradi:

«Layli va Majnun» dostoni «Xamsa» tarkibidagi nisbatan ixcham masnaviylardan biri bo‘Ub, aruzning hazaji musaddasi ahrabi maqbuzi mahzuf (maf ulu mafo‘ilun faulun —v v-v- v—) bahrida bitilgan. Doston 38 bobdan iborat. Asarning dastlabki to‘qqiz bobi an'anaviy muqaddima (hamd, na't, ustozlar, Sulton Husayn Boyqaro, Badiuzzamon Mirzo madhi va «U1 tun mahobati ta'rifi») bo‘lib, 10-bobdan asar asosiy voqealarining badiiy ifodasi boshlanadi. Masnaviyda qalamga olingan Layli va Majnun fojiaviy ishqiy sarguzashtlari tasviri sevishganlarning vafoti bilan intiho topadi. Dostonnning so‘ngi uch bobi uning xotimasidir. Unda «Ishq ta'rifidakim...», shahzoda Sulton Uvays Bahodir madhi hamda ulug‘ shoir «dard navhasi» («dard nolasi»), deya e'tirof etgan «Layli va Majnun» voqealari yakuniga bag‘ishlangan boblarga ham o‘rin berilgan. Navoiy "Hamd" bobida Allohga murojaat-qilib-yozadi:

  • «Layli va Majnun» dostoni «Xamsa» tarkibidagi nisbatan ixcham masnaviylardan biri bo‘Ub, aruzning hazaji musaddasi ahrabi maqbuzi mahzuf (maf ulu mafo‘ilun faulun —v v-v- v—) bahrida bitilgan. Doston 38 bobdan iborat. Asarning dastlabki to‘qqiz bobi an'anaviy muqaddima (hamd, na't, ustozlar, Sulton Husayn Boyqaro, Badiuzzamon Mirzo madhi va «U1 tun mahobati ta'rifi») bo‘lib, 10-bobdan asar asosiy voqealarining badiiy ifodasi boshlanadi. Masnaviyda qalamga olingan Layli va Majnun fojiaviy ishqiy sarguzashtlari tasviri sevishganlarning vafoti bilan intiho topadi. Dostonnning so‘ngi uch bobi uning xotimasidir. Unda «Ishq ta'rifidakim...», shahzoda Sulton Uvays Bahodir madhi hamda ulug‘ shoir «dard navhasi» («dard nolasi»), deya e'tirof etgan «Layli va Majnun» voqealari yakuniga bag‘ishlangan boblarga ham o‘rin berilgan. Navoiy "Hamd" bobida Allohga murojaat-qilib-yozadi:

Ey har sorikim qilib tajalli,

  • Ey har sorikim qilib tajalli,
  • Ul mazhar o‘lub jahonda Layli.
  • Ya'ni: "Sen qaerda jilva qilgan bo‘lsang, o‘sha jilva jahonda odamlarga Layli timsolida ko‘rinadi". (keyingi o‘rinlarda misol nasriy bayoni bilan cheklaniladi) Muallif Laylining tasvirini berib, uni go‘zal qiz qilib ko‘rsatadi. Majnun aqlli, qobiliyatli qiyofada. Avom ishqida bir-birini ko‘rgandan keyin sevgi tug‘iladi, ungacha bu tuyg‘u haqida bilmaydilar.
  • Majnun esa dunyoga dard (ishq) bilan keladi. Buni "Go‘dak beshikda fig‘onlar tortar, afg‘onida esa dardning nishoni sezilar edi" yoki "O‘tni ko‘rganda uni ishq o‘ti gumon qilib, unga yashirincha mayl qilar edi" kabi jumlalardan bilish mumkin. Avom ishqida bir-birlarini ko‘rganlarida baxtiyor bo‘ladilar, mabodo vasl umidi natijasiz bo‘lsa, azob boshlanadi.

Layli va Majnun ilk uchrashuvlarida rohat emas, azob tuyadilar. Hushdan ketish, Alloh jilvasiga dosh berolmaslik xoslar ishqidan namuna beradi. Majnun holati "G‘am ustiga g‘am yutdi", deb tasvirlanadi. Shundan so‘ng Majnun gul, g‘uncha, sarv, sabza, tuproqdan Laylini so‘rab qidiradi. Bu ham Allohning zarrasi Yer uzra yoyilganiga ishoradir. Asarda xoslar ishqi bayon qilingani uchun, islomiy qarashlar ko‘p uchraydi. Majnunga dashtu sahrolarda fig‘on tortib kezish odat bo‘lganidan - tarki dunyo, faqat Allohga sig‘inish; "Beishq xalqning maqsadi uyqu, ishq ahliga uyqu harom" jumlasidan - bandaga tunlarni zikr va ibodat bilan o‘tkazish afzalligi; Ibn Salom va Laylining to‘yi bo‘lmaganini bayon qilib, "Go‘yo bu voqealardan nazarini uzmagan munajjim, bu ishlarni ma'lum bir soatga tayin qilgandek edi.

  • Layli va Majnun ilk uchrashuvlarida rohat emas, azob tuyadilar. Hushdan ketish, Alloh jilvasiga dosh berolmaslik xoslar ishqidan namuna beradi. Majnun holati "G‘am ustiga g‘am yutdi", deb tasvirlanadi. Shundan so‘ng Majnun gul, g‘uncha, sarv, sabza, tuproqdan Laylini so‘rab qidiradi. Bu ham Allohning zarrasi Yer uzra yoyilganiga ishoradir. Asarda xoslar ishqi bayon qilingani uchun, islomiy qarashlar ko‘p uchraydi. Majnunga dashtu sahrolarda fig‘on tortib kezish odat bo‘lganidan - tarki dunyo, faqat Allohga sig‘inish; "Beishq xalqning maqsadi uyqu, ishq ahliga uyqu harom" jumlasidan - bandaga tunlarni zikr va ibodat bilan o‘tkazish afzalligi; Ibn Salom va Laylining to‘yi bo‘lmaganini bayon qilib, "Go‘yo bu voqealardan nazarini uzmagan munajjim, bu ishlarni ma'lum bir soatga tayin qilgandek edi.
  • Lekin bu ishda bular ham ojizlik qilar edi, ya'ni munajjimlar - aldoqchilardir" jumlasidan - dinimizda folbinlik va unga ishonish xarom qilinganligi; umri tugayotgan Layli onasiga oh-voh bilan aza tutmaslikni vasiyat qilishidan - islomda buyurilgan sabrni anglash mumkin.

Asarda avom ishqi timsollari ham beriladi. Masalan, Ibn Salom. U Laylini ko‘rishi bilanoq to‘yga hozirlik ko‘radi. Majnun esa nikoh emas, Alloh vasli umidida yashaydi. Yoki yana bir qahramon - Navfalning qizi va uning muhabbati haqida gapirganda, "jazman yigit", "ma'shuqa o‘z notavonini ko‘rdi" ta'riflari beriladi. Layli va Majnun uchrashganlarida esa "Majnun badaniga ma'shuqasi ruh bo‘lib kirdi" deyiladi.

  • Asarda avom ishqi timsollari ham beriladi. Masalan, Ibn Salom. U Laylini ko‘rishi bilanoq to‘yga hozirlik ko‘radi. Majnun esa nikoh emas, Alloh vasli umidida yashaydi. Yoki yana bir qahramon - Navfalning qizi va uning muhabbati haqida gapirganda, "jazman yigit", "ma'shuqa o‘z notavonini ko‘rdi" ta'riflari beriladi. Layli va Majnun uchrashganlarida esa "Majnun badaniga ma'shuqasi ruh bo‘lib kirdi" deyiladi.
  • Navoiy ushbu asarida tilga olgan ishq mohiyatini anglash uchun Majnunning Haj safari haqidagi qismi yaxshi yordam beradi. Oshiq Allohga: "Ey ishq o‘ti bilan jahonni yondirgan va bu ishq o‘ti bilan mendek bechoraning ham jonini kuydirgan!", degan murojaati bor. Hamda Allohdan so‘raydi: "Ishq g‘amidan qutqarib, meni shodlantir demayman, aksincha bu o‘tni har dam ko‘paytirsangu sira ham kamaytirmasang deyman". Ota-onasi Qaysning ahvoli yaxshilanishi uchun Ka'baga olib borsalar, uning dardi yanada zo‘rayganidan ham bu ishq Allohga qaratilganini bilish mumkin.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  • Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
  • 1. Navоiyning «Farhod va Shirin» dostonida ishq-muhabbat va uning ijtimоiy-falsafiy mоhiyati haqida so‘zlang.
  • 2. Navоiyning «Farhod va Shirin» dostonida Navоiy idеallari haqida so‘zlang.
  • 3. Navоiyning «Farhod va Shirin» dostonida Navоiyning umuminsоniy qarashlari haqida so‘zlang.
  • 4. Navоiyning «Farhod va Shirin» dostonining mavzu ko‘lami haqida so‘zlang.
  • 5. Navоiyning «Farhod va Shirin» dostonining tarbiyaviy va badiiy qimmati haqida so‘zlang.
  • 6. Navоiyning «Farhod va Shirin» dostonining timsоllar оlami haqida so‘zlang.
  • 7. Navоiyning «Layli va Majnun» dostoni kоmpоzitsiyasi, vazni va tili haqida so‘zlang.
  • 8. Navоiyning «Layli va Majnun» dostonida afsоnaviy sujet va hayotiy vоqеlik haqida so‘zlang.
  • 9. Navоiyning «Layli va Majnun» dostonida psiхоlоgik tasvirning yеtakchiligi haqida so‘zlang.
  • 10. Navоiyning «Layli va Majnun» dostonida qahramоn va ishq idеali haqida so‘zlang.
  • 11. Navоiyning «Layli va Majnun» dostonining badiiy хususiyatlari haqida so‘zlang.
  • 12. Navоiyning «Layli va Majnun» dostonining go‘yaviy yo‘nalishi va timsollar olami haqida so‘zlang.
  • 13. Navоiyning «Layli va Majnun» dostonining obrazlar хaraktеristikasi haqida so‘zlang.

Adabiyotlar.

  • Adabiyotlar.
  • 1. Alishеr Navоiy. Asarlar o‘n bеsh tоmlik, o‘n to‘rtinchi tоm. G‘оfur G‘ulоm nоmidagi badiiy adabiyot nashriyoti. Tоshkеnt.1967
  • 2. Bеgali Qоsimоv, Nusratilla Jumaхo‘ja “O‘zbеk adabiyoti” G‘оfur G‘ulоm nоmidagi nashiriyot-matbaa ijоdiy uyi.Tоshkеnt. 2003y.
  • 3. N.M Mallaеv, G‘.K Karimоv, S.I Ismоilоv “O‘zbеk adabiyoti tariхi”. Tоshkеnt “O‘qituvchi” 1987y.
  • 4. “O‘zbеk adabiyoti” majmua (XV asrning ikkinchi yarmi –XIX asr ) Tоshkеnt “O‘qituvchi” 1993y.
  • 5. Navоiy asarlari uchun qisqacha lug‘at Tоshkеnt Rеspublikasi Fanlar Akadеmiyasining “Fan” nashiriyoti
  • 6. Zоhidоv V. YU Ulug‘ shоir ijоdining qalbi (Alishеr Navоiy haqida)
  • 7. N.M Mallaеv, Gеnеral shоir va mutaffakir.Tоshkеnt “Fan” nashriyoti 1965y.
  • 8. Abdug‘оfurоv Navоiy va adabiy ta’sir. Tоshkеnt “Fan” nashiriyoti 1968y.
  • 9. Navоiy bibliоgrafiya 1917-1966yillar G‘оfur G‘ulоm nоmidagi badiiy adabiyot 1968y.
  • 10. “O‘zbеkistоn Milliy Ensiklоpеdiyasi” davlat ilmiy nashriyoti. O‘zMЕ, jild.
  • 11. Hasanоv S, Navоiyning еtti tuhfasi. Tоshkеnt G‘оfur G‘ulоm nоmidagi Nashiriyot matbaa birlashmasi 1991 yil

E’tiboringiz uchun tashakkur!!!
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling