Mavzu: Fermer xo`jaligida yerning sho`rlangan kartasini tuzish va shu asosida sho`r yuvishni tashkil etish Reja


Download 70.36 Kb.
bet1/5
Sana24.04.2023
Hajmi70.36 Kb.
#1393910
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Fermer xo`jaligida yerning sho`rlangan kartasini tuzish va shu asosida sho`r yuvishni tashkil etish


Mavzu: Fermer xo`jaligida yerning sho`rlangan kartasini tuzish va shu asosida sho`r yuvishni tashkil etish


Reja:






  1. Yerlarining sho`rlanganlik kartasini tuzish

  2. Sho`r yuvishni rejalashtirish

  3. Sug’oriladigan yerlarni sho’rsizlantirishda kollektor-drenaj tarmoqlari

Yerlarning meliorativ holati quyidagi asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlanadi: - grunt suvlarining sathi; - grunt suvlarining mineralizatsiyasi; - tuproqning sho’rlanish darajasi. Respublikamizdagi mavjud sug’oriladigan yer maydonlarining qariyb 2, 1 mln.gektari yoki 49 foizi turli darajada sho’rlangan bo’lib, shundan 3, 0 foizi kuchli, 15 foizi o’rta va 31 foizi kam sho’rlangan yerlardir. Ayniqsa, yer osti suvlari sathining joylashish chuqurligi qishloq xo’jaligi ekinlarning hosildorligiga keskin ta’sir qiladi. Sug’oriladigan yerlarning sizot suvlari satxining chuqurligi bo’yicha maydonlarga bo’linishi: 0-1, 5 metrgacha 219, 4 ming.ga, 1, 5-2, 0 metrgacha 694, 4 ming.ga, 2, 0-3, 0 metrgacha 1813, 9 ming.ga, 3, 0 metrdan yuqori 1576, 1 ming.ga ni tashkil qiladi. Respublika bo’yicha sug’oriladigan yer maydonlarining sizot suvlari sho’rlanish darajasi (mineralizatsiyasi) buyicha maydonlarga bo’linishi quyidagicha: - minerallashuv darajasi 1 g/l gacha bo’lgan maydonlar – 1543, 8 ming gektarni, 1-3 g/l gacha – 1755, 3 ming gektarni, 3-5 g/l gacha – 882, 0 ming gektarni, 5- 10 g/l gacha – 126, 2 ming gektarni va 10 g/l dan katta – 3, 4 ming gektarni tashkil etadi.Sug’oriladigan yerlarni sho’rsizlantirishda kollektor-drenaj tarmoqlarining ishchi holata bo’lishligi muhim rol o’ynaydi. SHu bilan birga sug’oriladigan yerlarni sho’rsizlantirish uchun kompleks agorotexnik tadbirlar olib borilishi kerak bo’ladi, ya’ni: • erlarni tekislash; • erlarni sho’rini yuvish; • sug’orish rejimiga qat’iy rioya kilish. Meliorativ kadastr – bu yerlarning meliorativ holati to’g’risidagi ma’lumotlarning mujassamlashgan tizimi. Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini baholashda joylardagi Gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari juda muhim o’rin tutadi.


Meliorativ nazorat xizmati vazifalariga quyidagilar kiradi:
- tuproq tuz tartibini kuzatishni tashkil qilish va olib borish;
- kuzatish natijalarini taxlil qilish va meliorativ holatni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar berish. erlarning meliorativ xolatini nazorat qilish uchun, tuproq tuz tartibini kuzatish masalasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- tuproq sho’rlanishi darajasi va xilini belgilash;
- tuproq sho’rlanishi sabablarini ochib berish; - sizot suvlarining kimyoviy tarkibi, tartib darajasi va tuproq sho’rlanishi dinamikasi orasidagi bog’lanishni belgilash;
- tuz balansi monitoringini kiritish;
- ko’p yillik davr mobaynida jinslar sho’rlanishi, o’zgarishi, yo’nalishini belgilash, meliorativ tadbirlarning samaradorligini baholash.
Tabiiyki shurlangan yerlarda qishloq Xo’jalik ekinlaridan maxsulot olish uchun, ularga me’yordan 2-3 xissa ortik sug’orish suvi talab kilinadi, aks xolda bu yerda muljallangan xosilni 70-80%igacha nobud bulishi turgan gap. SHo’rlangan sug’orish maydonlarida meliorativ tadbirlarni to’g’ri belgilash uchun avvalambor ularni nima sababdan shurlanganligini aniklash kerak. Ma’lum bir cheklangan maydon uchun kompleks meliorativ tadbirlarni belgilash murakkab masaladir, chunki tuproqning suv va tuz rejimiga juda kuplab omillar ta’sir kiladi. Ortikcha namiqqan maydonlarda yerlarni keng ko’lamda botqoqlanishining asosiy sababi maydoni umumiy bug’lanish mikdoridan unga tushadigan yog’in miqdorini ko’pligidadir. Natijada quyidagi xolatlar namoyon bo’ladi. 1.Tuprog’i kam suv o’tkazuvchan va kichik nishablikka ega maydonlarda ochiq suv xavzasi botqoqliklar vujudga keladi.
2.Tuproqlarning ortikcha namikishi asosan bosimli sizot suvlarini vakt bevakt kutarilib turishi xisobiga bo’ladi.
3.Tuproqlarni botqoqlanishi yoki ortikcha namikishi xam bosimli sizot suvlarini kutarilishi, xam yukorida joylashgan maydonlarda yer osti suvlarini kushni maydonlardan okib kelishi xisobiga bo’ladi.
Yerlarni ushbu turdagi botqoqlanishi kurgokchil mintakada xam uchrashi mumkin. Bu xolda bunday botqoqlanishni asosiy sababi ortikcha berilgan sug’orish suvi xisoblanib asosan sizot suvlarining tabiiy okuvchanligi bulmagan joylarda vujudga keladi. Bu mintakada umumiy bug’lanish mikdorini juda katta bo’lishligi, xamda sizot suvlarni yukori minerallashganligi, ularni satxini ko’tarilishida har doim tuproqni sho’rlanishiga olib keladi. Sug’orish xududida sizot suvlari rejimi tabiiy va insonning xo’jalik faoliyatidan kelib chikkan sun’iy omillar belgilaydi.
1.Iklim shart-sharoitlari (yogingarchilik, xavo xarorati va namligi, shamol)
2.Tuproqning yer ustki va ostki katlamlarining suv fizik xususiyatlari (suv utkazuvchanlik, turli suv utkazuvchanlikka ega katlamlarni uzaro joylashuvchanligi, filtratsiya koeffitsiyenti, govaklik, nam sigimi, suv beruvchanlik koeffitsiyenti, tuproq tarkibidagi tuzlar tarkibi).
3.Suv utkazmaydigan katlamni joylanish chukurligi.
4.Er relefi.
5.Geologik va gidrogeologik shart-sharoitlar (sizot suvlari xosil bulishini yillik va kup yillik rejimi, sizot suvlariga kirim va chikim shart-sharoitlari, ularni minerallashganligi)
Shurlangan tuproqlar deb uning faol katlamida madaniy qishloq xo’jalik ekinlarini normal rivojlanishiga aks ta’sir kursatadigan va ularning xosildorligini pasaytirishga sabab bo’ladigan, suvda eriydigan va tuproqka yutilgan mineral tuzlar tuplangan tuproqlar tushiniladi. Ko’mir kislota ( karbonatlar – SO3) tuzlari suvda kiyin eruvchan bo’lganligi tufayli eritmada yengil ajraladi va manbadan chiqish joylari yakinida chukma xosil kiladi. Oltingugurt kislota tuzlari eruvchanligi bo’yicha karbonatlardan ustundir. Suvda juda yengil va tez eriydigan tuzlar bu xlorli tuzlar xisoblanadi. Respublikamiz sug’oriladigan yerlarning 60-65% tabiiy sho’rlanishga moyil yerlar hisoblanadi. Chunki bunday yerlarda minerallashgan sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan bo’lib, ular doimo bug’lanishga sarflanadi va oqibatda tuzlar yer yuzasida to’planib qoladi. Shuning uchun sho’rlangan yerlarning har yili sho’rini yuvish zaruriy agromeliorativ tadbir hisoblanadi.

Download 70.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling