Mavzu: Frazeologik birliklar va ularning uslubiy xususiyatlari. Reja
Download 0.87 Mb.
|
3slyad ochiq dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Frazalarga xos asosiy xususiyatlar
- Frazeologik birlik markazida turgan so‘z turkumlari
MAVZU:Frazeologik birliklar va ularning uslubiy xususiyatlari.REJA:
Frazeologiya – tilshunoslikning bo‘limlaridan biri hisoblanadi.Tilda ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topib, ko‘chma ma’no ifodalaydigan, ma’nosi bir so‘zga teng keladigan turg‘un birikmalar ibora (frazeologik birlik) deyiladi Tilning iboralarni o‘rganadigan bo‘limi frazeologiya, iboralar yig‘indisi esa frazeologizm deb yuritiladi. Masalan, tilini tiymoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, o‘takasi yorilmoq va hokazolar . "Frazeologiya" atamasi ikki yunoncha so'zdan tuzilgan: fraza - "ibora, nutq figurasi" va logos - "ta'limot“. Frazalarga xos asosiy xususiyatlar:-ibora ikki yoki undan ortiq so‘zga ega bo‘ladi. - Ibora tarkibidagi so‘zlar lug’aviy ma’nosini yo‘qotib yaxlitligicha ko‘chma ma’no ifodalaydi. -ibora tarkibidagi so‘zlar orasida sintaktik aloqa bo’lmaydi -ibora so‘z va qo‘shma so‘ zlar singari tayyor material, lug‘aviy birlik ,til hodisasi hisoblanadi. Frazeologik birlik markazida turgan so‘z turkumlaria) otli frazeologik birikmalar: og‘zi qulog‘ida b) fe’lli frazeologik birikmalar: aqlini yegan FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING SHAKL VA MA’NO TURLARIGA KO‘RA TASNIFISinonimlik- bir-biriga ma’nosi yaqin ma’nodosh iboralar. M: dunyoga kelmoq- tavallud topmoq. Boshi osmonga yetmoq, og‘zining tanobi qochmoq Omonimlik- shakli bir xil ma’nosi har xil iboralar. M: boshga ko‘tarmoq- e’zozlamoq; boshga ko‘tarmoq- shovqin solmoq, so‘z olmoq –va’dasini olmoq, so‘z olmoq- gap boshlamoq Antonimlik- qarama-qarshi ma’noli iboralar zid ma’noli iboralar. M: dunyoga kelmoq- ko‘z yummoq, Qovog‘idan qor yog‘ilmoq — chehrasi ochilmoq. Paronimlik – bitta so‘zi bilan farqlanadigan iboralar:yetti uxlab, tush(i)ga kirmaslik va yetti uxlab tush(i)da ko`rmaslik Iboralarning asosiy qo‘llanish o‘rni ,yashash joyi,asosan, badiiy uslubdir. Badiiy va publitsistik, shuningdek,so‘zlashuv uslublarida iboralar xilma-xil tasviriy-uslubiy vazifalarni bajaradi. Kavushini to`g`rilab qo`yish kerak: qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi. (Asqad Muxtor) Ilmiy va rasmiy uslublarda esa iboralar deyarli qo‘llanmaydi. Ular ilmiy va rasmiy uslublarda muayyan tushunchalarni ifodalash uchun qo‘llanadi. Masalan,qo‘l qo‘ymoq, xulosaga kelmoq,qarshi chiqmoq,ovoz bermoq,Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling