Mavzu Gidromexanizatsiya usuli


Download 24.26 Kb.
bet1/2
Sana17.10.2023
Hajmi24.26 Kb.
#1706069
  1   2
Bog'liq
Mavzu Gidromexanizatsiya usuli bilan gruntlami qazish va tashish


Mavzu Gidromexanizatsiya usuli
Reja
1.Gidromexanizatsiya usuli bilan gruntlami qazish va tashish.
2. Gidromonitor va yerni so‘rib olish usuli bilan gruntni kavlash
3. Yordamchi mashinalar
Shunday karyerlar borki, yеr qazish mashinalarining ish jihozlari bilan ulardagi gruntlarga ishlov bеrish noqulay (qulochini еtmasligi) bo‘lib, ish jihozidan yuqorida bo‘lgan gruntning o‘pirilib tushishi, inson hayoti va tехnika uchun o‘ta хafli bo‘ladi. Nisbatan yuqorida joylashgan gruntlarni ko‘chirish, transport va kеrakli joyga yotqizishda bosim ostidagi suvning yo‘nalishidan foydalaniladi. Bu usulni gidromехanizasiya usuli dеb yuritiladi. Gruntni suv bosimi yordamida ko‘- chiruvchi uskunaga gidromonitor, aralashmani (suv va loy) transport qiluvchi uskunaga esa gidroelеvator dеb ataladi. Gidromехanizasiya usuli gidrotехnika va mеliorasiya qurilishida kеng foydalaniladi. Bu usulning yutug‘i qilib quyidagilarni ko‘rsatish mumkin; tехnik-iqtisodiy ko‘rsatkichining yuqoriligi, sarflanadigan хarajat va massasining kamligi, konstruksiyasining oddiyligi, o‘ta yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaхassisni talab qilmasligi. Gidromехanizasiya usulining kamchiligi qilib; katta miqdorda suv va elеktr enеrgiyasini talab qilishi, chiqarib tashlanadigan aralashma uchun katta maydonni zarurligi, havo harorati past bo‘lganda ish samarasining pasayishi va ayrim hollarda umuman ishlay olmasligini ko‘rsatish mumkin. Suv ostida joylashgan qurilishda ishlatiladigan qum hamda kanal, kollеktor va tindirgichlardagi cho‘kindilarini tozalashda loyqa suvli nasoslar (zеmlеsos) yoki loyqa suvni so‘rib otuvchi (zеmsnaryad) mashinalardan foydalaniladi. Usulni bajarish sharoiti. Gidromonitor va yer so‘ruvchi nasos bilan gruntni qazish. Gruntni tashish va joylash Usulni bajarish sharoiti Yer ishlarini gidromexanizatsiya usuli bilan, transportda, sanoatda, gidrotexnik va meliorativ qurilishda, tog‘ va qurilish materiallari sanoatida keng qo‘llanilmoqda. Qum-shag‘al materiallami, suv bosgan joylardan ko‘l va daryo tubidan olishda zemsnaryaddan yetarlicha foydalanilmoqda. Qum-shag‘al materiallami gidromexanizatsiya usulida qazib olishda, kavlab olish, joylash, bitta texnologik jarayonga birlashadi, materiallar yuqori sifatli bo'lishini va qiymati pasayishini ta’minlaydi.
Usulni afzalligi, ishlab chiqarish quwati, asbob-uskunalami bir joyga to'planganligi, texnologik jarayonni to'xtovsizligi va ishlami yuqori mexanizatsiyalashganligi, kam mehnat sarfliligi, yuqori mehnat unumdorligi va ishlami sifatliligi, jarayonlami avtomatlashtirish mumkinligi. Usullami bajarish sharoiti: yillik ish hajmi 100000m3, yuviladigan gruntni mavjudligi, yuvilgan gruntni tashish masofasi 300 m. dan oshmasligi, yetarli miqdorda suvda elektr energiyani mavjudligi. Usulni cheklanishi: qumda shag'alni miqdori 10 dan 40% ga ko'paysa, shu moslamasi bilan gruntni qazib olishda unumdorlik, taxminan ikki barobar kamayadi, ekskavator bilan qazilganda esa 5-6%, ishni mavsumliligi. Gruntni gidromexanizatsiya bilan kavlab olish ikki usulda, ya’ni gidromonitor va yemi so‘rib olib bajariiadi.
Gidromonitor va yerni so‘rib olish usuli bilan gruntni kavlash Gidromexanizatsiya usulida gruntni qazib olish mohiyati quyidagilardan iborat: gidromonitor usulida gidromonitordan katta tezlikda 20-70 m. sek yo‘naltirilgan suv oqimi gruntni yuvadi. Yuvilgan grunt loyqa ko'rinishida yig'iladi va kuchli nasoslar yordamida joylanadigan maydonga haydaladi. Suv tubidagi gruntlar yer so‘ruvchi moslama bilan kavlanadi. Gidromexanizatsiya usulida gruntni qazishga va loyqani tashishga belgilangan asbob-uskunalar Ularga: gidromonitor-suv usti zaboylarida, gruntni suv oqimi bilan kavlash moslamasi: -yer so‘ruvchi moslamalar suv ostidagi gmntni kavlab olish va tashish uchun ishlatiladi. Yer moslamalarida asbob-uskunalar gruntni kavlash va tashish bitta mashinada qo'shib olib boriladi. Tashiydigan moslamalar-grunt nasoslari, loyqani uzatish moslamasi, yuklaydigan apparatlardir.
Yordamchi mashinalar
Yordamchi mashinalarga buldozer, loyqani joylaydigan, quvur joylagich, yuk ko'targich, ekskavatoriar kiradi. Jarayonlar tarkibi: tayyorgarlik, gruntni qazish, loyqani tashish va uni joylash. Yordamchi ishlarga quyidagilar kiradi: loyqa haydovchi quvurlami yig'ish, loyqa yig‘iladigan xaritani tayyorlash, ko‘tarma hosil qilish, suv yig‘iladigan va suv to'sgichlarni qurish, suv, elektromontaj, aloqa va yoritish sistemalarini montaji. Gidromonitor usulda gruntni qazish ikki usul bo'yicha bajariladi: ro‘parali zaboy va yo‘l-yo‘lakay zaboy. Ishlar quyidagicha tashkil qilinadi: uchta zvenodan tuzilgan majmuali brigada: birinchi zveno zaboydagi hamma ishlami bajaradi (gruntni qazish va loyqani joylanadigan xaritaga tashish); ikkinchi zveno nasos stansiyada xizmat qiladi; uchinchi zveno loyqani qabul qiladi va joylanadigan xaritaga joylaydi. Ro'parali zaboyda gidromonitor bilan zaboy oralig'idagi masofa 4-5 m tashkil etadi. Gruntni yuvish uchun zarur bo'ladigan suv miqdori turiga bog'liq va yarimyog‘li loy uchun 10-14 m3/min; mayda qum uchun 4-6 m3/ min; katta zarrali qum uchun 7-9 m3/ min ni tashkil etadi. Suv ostidagi gruntlar yer so'ruvchi kovush qaziydi. Bunda gruntni oddiy so’rib yoki mexanik rotor bilan qazib olish mumkin. Kovushlar katta mehnat unumdorligiga egadir va 16 metrgacha chuqurlikdagi gruntlami suv ostidan qazib olishda ishlatiladi. Loyqani ko'tarish va tashish kuchli grunt nasoslari va loyqa o'tkazuvchi quvurlar bilan bajariladi. Grunt yig‘iladigan joyga, loyqa quvurdan chiqariladi. Loyqa oqib kelib cho‘kadigan xarita, perimetri bo'ylab 0,5-0,75 m baldndlikda tuproq bilan to'siladi. Loyqani tashiydigan suv transporti ikki ko'rinishda bo'ladi. Bosimsiz (ko‘ndalang kesimi to'liq holda bosim ostida ishlaydiganlar, quvurlar loyqa bilan to‘liq to‘ldirilgan). Agarda zaboy loyqa joylanadigan joydan yuqorida joylashgan bo‘lsa va loyqani tashiydigan ariq zarur oqim tezligini ta’minlasa, bosimsiz usul qo'llaniladi.
Gruntlarni joylash Gruntni joylash estakad, pasttayagli va estakadasizlai, bo'linadi. Gruntni joylashdagi jarayonlar tarkibi: -to‘g‘on qurish va uni butunligini saqlash; -estakada yoki tayanch o‘matish; -loyqa oqimi oqib kelib, cho‘kadigan xaritaga taqsimlash. Loyqani tarqatadigan quvurlami uzaytirish va buzib olish. Estakadasiz usulda oqib kelib cho'kkan loyqa balandligi 0,3-0,6 m bo‘lganda loyqa tashuvchi quvurlar qayta o‘matiladi. Past tayanchli usulda qayta-qayta ishlatiladigan ikki ustunni balandligi 1-1,5 m tayanch har 1-2 m, cho‘kkan loyqa balandligi bo‘yicha qayta yangi joyga o‘matiladi. Ishlar ketma-ket bajariladi. Bir xaritaga oqib kelayotgan loyqa joylanadi, boshqasida kran yordamida loyqa tashiydigan quvurlar qayta o‘matiladi va buldozer yordamida maydon tekislanadi.

Download 24.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling