Mavzu: "Hamlet" bergan xulosalarim
Download 13.33 Kb.
|
esse Bonu
Esse Mavzu: “Hamlet” bergan xulosalarim Men esse yozish uchun Uyilyam Shekspirning “Hamlet” tragediyasini tanladim. Bunga sabab esa ushbu asardan olgan ibratli xulosalarim. qisqa qilib aytganda, qahramonlar fojeaviy hayoti tasviridan ta’sirlandim. Shekspirga savollarim bor. Nega asar nomi “Hamlet”? Nega “Yudef” emas u ham uning o’g’li edi-ku? Nega qasos olish shart? Shu kabilar asar o’qish davomida meni qiynadi. Qasos... Ko’pchilik qasos olishga qattiq intilishadi. Lekin, bosh qahramon Hamlet qasos olishga shoshilmaydi. Shunday ekan, keling Shekspir yaratgan tragediya bilan tanishsak. Bosh qahramon – Hamlet. U tashqaridan zaif, ojis ko’rinsa-da, aslida esa keng dunyoqarashga ega, fikrlovchi, individdir. Hamda tashqaridan kelgan har bitta gapga ishonib ketavermasdan uni tekshirib ishonch hosil qiligach ularni aytganiga kiradi. Buni esa, uni har bir narsani chuqur o’ylashi,muhokama qilishi, tahlil qilishidan dalolatdir. Misol tariqasida esa amakisini chindan ham gunoh qilganmi yoki yo’qligini tekshirib ko’radi. Sayyoh aktyorlarga qirol qoshida hayotda bo'lib o'tgan o'sha jinoyatni qayta tiklab o'ynashlarini topshiradi. Amakisi Klavdiy esa ko’rgan manzarasidan hayratlanib, hushidan ketib qoladi. Hamletga bu ham uni jazolashga yetarli edi ammo u tavba qilayotganini bilgach shafqat qiladi. Bundan Shekspir yozayotgan mavzusiga chuqur kirib uni kitobxon o’ylamagan tomondan burib ketishini bilib olishimiz mumkin. Kunlardan bir kun Klavdiy Hamletni onasini, o’zini xotinini, zaharlab o’ldiradi. Bundan jazavaga tushgan shaxzoda undan qasos oladi lekin o’zi ham zaharlangan qilich yarasidan vafot etadi. Qasos olish uchun alohida fursat tanlab turish kerak. Aytishadi-ku, rejali ish tejamli ish deb. Bu maqol unchalik to’g’ri kelmasada tepadagi gaplarimni tasdiqlay oladi. Jahl kelsa aql ketadi, degan naqlga amal qilishimiz kerak chunki bu nafaqat dunyoviy balki islomiy tomondan ham hadislar bilan tasdiqlangan. Ushbu tragediyani o’qib men shunday xulosalarga keldim: Shaytonga hayf ber, atrofingda bo’layotgan narsalarga e`tiborli bo’l, ularni to’g’ri tahlil qil, do’st birodarlaringdan ehtiyot bo’l, hammaga ham ishonaverma. Download 13.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling