Mavzu: Hissiyot va uning boshqarilishi Hissiyot. His-tuyg‘u


Download 54.5 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi54.5 Kb.
#138830
Bog'liq
8 синф тезис


Sana3/04

8-sinflar Tv darsi

Fan: Biologiya

Mavzu: Hissiyot va uning boshqarilishi

Hissiyot. His-tuyg‘u. Odam ko‘pincha o‘zi ko‘rgan, eshitgan voqea va hodi­salarga nisbatan befarq bo‘lib qololmaydi, balki xursandchilik, xafa bo‘lish, ruhlanish yoki g‘amginlik holatlari orqali o‘z munosabatini bildiradi.

Hissiyot, ya'ni his-tuyg‘u odamning atrof-muhitga va o'ziga bo'lgan munosabatlarining ifodalaishidan iborat.

Hissiyot till. Odamning ichki kechinmalari uning yurish-turishi, tovush balandligi, so‘zlash ohangining o'zgarishi, imo-ishora, mimika orqali ifodalanadi. His-tuyg‘ular ijobiy (qoniqish, hayajonlanish, xursandchilik, xush ko'rish) va salbiy (g'azablanish, qo‘rquv, qayg‘u, jirkanish) boiadi.

Hissiyot odamlarning millati, tili va tarbiyasiga bog‘liq bo‘lmasdan, bir xilda namoyon bo'ladi. Odamning yurish-turishi, gapining ohangi, tanasi va yuzining holatiga qarab, uning his-tuyg‘usi to‘g‘r*sida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Hissiyot qon aylanish, nafas olish va boshqa organlar ishining faollashuvi bilan birga namoyon bo‘ladi

Hissiyotning ahamiyati. Hissiyot bilan bog‘liq jarayonlar organlar faoliyatini va organizm kuchini o‘zgartiradi, uni yangi o‘zgargan sharoitga tayyorlaydi. His-tuyg‘uda paydo bo'ladigan ifodali harakatlar zo‘riqishni kamaytiradi Ifodali

xatti-harakatlar hissiyot tili hisoblanadi. Hissiyotning ifodalanishiga qarab biz birovlarning his-tuyg‘usi, g‘am-g‘ussasini tushunib, uning holiga achinamiz. Shu tariqa ifodali xatti-harakat odamlaming o'zaro munosabat vositasiga aylanadi. 0‘z navbatida, ifodali xatti-harakatning o‘zi ham javob his-tuyg‘usini paydo qiladi. Aktyor mimika, intonatsiya, ifodali xatti-harakatlari orqali obraz yaralish, uning ichki dunyosini ochib berish bilan birga, o‘z qahramonining kechinmalarini tomoshabinlarga ham o‘tkazib, ularda ham achinish hissiyotini paydo qiladi.

Ifodali xatti-harakatlar orqali boshqalarning his-tuyg‘usiga ta’sir qilish va ularning his-tuyg‘usini boshqarish mumkin. Masalan, bolaning har qanday ifodali his-tuyg‘usi katta yoshdagi kishilarga ta’sir ko‘rsatadi va ular bolaning istagini bajarishadi. Buni tushungan bola o‘z his-tuyg‘usini yanada kuchliroq namoyon qila boshlaydi. Buning natijasida kelgusida o‘z his-tuyg‘usini jilovlay olmaydigan inson tarbiyalanib chiqadi.

Hissiyotni boshqarish. Ifodali xatti-harakat odamning ixtiyoriga bo'ysunadi. Odam o‘z his-tuyg‘ularini to'xtatib turishga, ya’ni hissiyotga berilmasdan, o'zini qo‘lga olishni o'rganishi lozim. Odamdagi bu xususiyatlar uning yaxshi tarbiya ko‘rganligini va yuksak madaniyatli ekanligini bildiradi.
Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish.


Sana9/04

8-sinflar Tv darsi

Fan: Biologiya

Mavzu: Uyqu va uning ahamiyati.

Uyqu bosh miya katta yarimsharlari po‘stloq qismidagi nerv markazlarining tormozlanishi natijasida hosil boladigan fiziologik holatdir. Uyqu vaqtida analizatorlarning faoliyati pasayadi yoki butunlay yo‘qoladi, ya’ni ko‘rish, eshitish, liid va ta’m bilish, harakatlanish, terining issiq-sovuqni, siypalashni, kuchsiz og‘riqni sezish xususiyatlari deyarli yo‘qoladi. Uxlagan odamda oliy nerv faoliyatiga xos bo‘lgan fikrlash, ong, tashqi muhitdagi voqealarni, o‘zgarislilami sezish, ular to‘g‘risida xulosa qilish qobiliyati deyarli yo‘qoladi. Shartli reflekslar hosil bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, uyqu vaqtida markaziy nerv sistemasi­ning quyi qismlari, ya’ni orqa miya, uzunchoq, o‘rta, oraliq miya­dagi markazlaming ish faoliyati butunlay yo‘qolmaydi. Ma’lum darajada pasayadi, chunki bu markazlar odamning hayotini ta’minlaydigan organlar (yurak-qon tomir, nafas olish tizimi, buyrak, endokrin sistemasi kabilar) ishini boshqaradi. Shuning uchun uyqu vaqtida bu organlarning ishi pasayadi, xolos.

Uyqu xillari. Odamda uyquning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: tabiiy fiziologik uyqu, gipnotik, narkotik uyqu va uyqu kasalliklari.

Tabiiy fiziologik uyqu har kungi tundagi normal uyqudir. Odam organizmining tabiiy fiziologik uyquga ehtiyoji yoshga qarab turlicha bo‘ladi. Chaqaloqlarda bir kecha-kunduzda 21—22 soat, 1 yoshli bolada 16—17 soat, 6—7 yoshda 12—13 soat, 13—14 yoshda 9,5— 10 soat, kattalarda — 8 soat.

Gipnotik uyqu boshqa odam yoki gipnozchining har xil so‘zlari va harakatlari ta’sirida yuzaga keladi. Bunda gipnozlangan odamning bosh miya yarimsharlarining po‘stloq qismidagi nerv markazlarining hammasi emas, balki ma’lum qismi tormozlanadi. Gipnozlash usuli ba’zi ruhiy kasalliklami davolashda qo‘llaniladi.

Narkotik uyqu har xil kimyoviy dori moddalari ta’sirida bosh miya nerv hujayralarida tormozlanish holati yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.

Uyqu kasalliklariga oyparast (lunatik), letargiya uyqusi va uyqusizlik kiradi.

Oyparast kasalligida odam tungi uyqu vaqtida kechasi o‘midan turib uydagi buyumlarni yig‘ishtiradi, o‘rnini o‘zgartiradi, derazani ochadi, hovliga chiqadi, ba’zilari esa devorga chiqadi, hatto ko‘chaga chiqib ketib, yana qaytib kelib o‘miga yotadi va uyquni davom ettiradi. Ertasi kuni hech narsani eslay olmaydi.

Letargiya uyqusi — bu kasallik holati bo‘lib, odamda to‘satdan yuzaga keladi. Odam chuqur uyquga ketadi. Uning nafas olishi va yurak urishi sekinlashib, hatto sezilmaydigan darajada bo‘ladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash. Tezkor savol-javob orqali o’quvchilar bilimi tekshiriladi va mustahkamlanadi.

  1. Uyquning fiziologik mohiyatini tushuntiring.

  2. Uyquning qanday turlarini bilasiz?

  3. Tush ko'rish qanday sodir bo‘ladi? 4.Uyqusizlik qanday oqibatlarga olib keladi?

Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish.

Sana15/04

8-sinflar Tv darsi

Fan: Biologiya

Mavzu: Xotira

Xotiraning ahamiyati. Odam ko‘rgan narsalarining qiyofasini, eshitgan yoki guvohi bo‘lgan voqea va hodisalarni ma’lum vaqt davomida eslab qoladi. Odam eslab qolish tufayli o'rganadi.

Xotira - shaxsiy tajribaning to‘plcmib borishi, esda saqlab qolinishi va qayta hosil qilirushidan iborai. Xotira markaziy nerv sistemasida sodir bo‘ladigan xilma- xil va murakkab jarayonlar bilan bog'liq. 0‘rganish xotira orqali amalga oshadi.

Xotira turlari. Odamning nimani eslab qolishiga ko‘ra xotira 4 xilga boMinadi.

Harakat xotirasi turli harakatlar orqali yozish, sport mashqlarini bajarish, raqsga tushish, transport vositalarini boshqarish kabi amallarni o‘rganib olishdan iborat. Harakat xotirasi bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining tepa qismi bilan bog‘liq.

Obrazli xotira odamlar qiyofasi, tabiat ko'rinishlari, musiqa ohangi va nar- salar hidini eslab qolishga yordam beradi. Obrazli xotira artistlar, musawirlar, yozuvchilar, bastakorlarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Obrazli xotira bosh miya yarimsharlari chakka va ensa qismlaridagi eshitish va ko'rish markazlarida qoladigan izlar bilan bog‘liq.

Emotsional (hissiyotli) xotira odamning o‘z boshidan o'tkazgan his-tuyg‘ularini esda saqlab qolishdan iborat. Emotsional xotira hamma odamda rivojlangan bo'ladi. Bunday xotira hissiy qo'zg'alishda ajralib chiqadigan gormonlar bilan bog'liq. Emotsional xotira tufayli boshqa odamning boshidan o'tganlarini his etib, unga hamdard bo‘lamiz.

Og'zaki xotira o'qilgan va eshitilgan so'zlarni esda saqlab qolishdan iborat. Xotiraning barcha turlari o‘zaro bog‘liq. Odatda, har qanday axborot bir necha xotira ishtirokida chuqurroq eslab qolinadi.

Xotira gigiyenasi. Ta’sir izining saqlanish muddatiga binoan xotira qisqa va uzoq muddatli bo'ladi. Uzoq muddatli xotirada ta’sir izi uzoq yillar, ba’zan umrbod saqlanib qoladi. Bitta narsani qayta-qayta takrorlash, reja, sxema va jadvallardan foydalanish, konspekt va referat tuzish, laboratoriya hamda amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil bajarish esda saqlab qolishga yordam beradi, xotirani yaxshilaydi.
Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish.

Sana15/04

8-sinflar Tv darsi

Fan: Biologiya

Mavzu: nerv faoliyati tiplari

Oliy nerv faoliyati tiplari. Odamlarda bosh miya yarimsharlari nerv mar- kazlarining qo‘zg‘aluvchanligi va tormozlanish kuchi, ularning tarqalish tezligi bir xil bo'lmaydi. Shuning uchun ular aynan bir xildagi voqea va hodisaga turli nuqtayi nazardan qarashadi. Odamning faolligi, harakatcbanligi, barcha his-tuyg‘ularining majmuyi uning temperamentini tashkil etadi. Bundan 2500 yil oldin Gippokrat taklif etgan klassifikatsiyasiga asosan odamlar xolerik (muvozanatlashmagan, oson qo‘zg‘aluvchan), sangvinik (muvozanatlashgan, optimist), oson qo'zg'aluvchan, ya’ni flegmcttiklar (muvozanadashgan) va melcmxolik (muvozanatlashmagan) tiplarga ajratiladi. I.P. Pavlov odam nerv sistemasini kuchli va kuchsiz tiplarga ajratgan. U kuchli tipni muvozanatlashmagan va muvozanatlashgan tiplarga, muvozanatlashgan tipni harakatchan va harakatsiz tiplarga ajratgan.

Kuchli, muvozanatlashmagan (xolerik) tipdagi odamlar kuchli ta’sirchan, xulq-atvori murakkab bo'ladi. Ular serharakat, urushqoq, tez o'rtoqlashadigan va urushib qoladigan, arzimas narsaga xafa bo'ladigan, vaqti xush bo'lganida o‘z- o'zidan kuladigan, o'zicha ashula xirgoyi qilib yuradigan bo'lishadi,

Kuchli, muvozanallashgan, kamharakat (flegmatik) tipdagilar yuvosh va vazmin bo‘lishadi. Ular har bir ishni o'ylab, oxirigacha bajarishadi. I P. Pavlov bunday odamlarni «hayot zahmatkashlari» deb atagan.

Kuchsiz, muvozamtlashmagan, melanxolik tipdagi odam kamharakat, uning xatti-harakati ishonchsiz, his-tuyg‘usi chuqur va turg‘un, lekin tashqi tomondan ko'zga tashlanmaydi. Ular nozik ishlarni qoyil qilib bajarishadi,

Nerv sistemasi ota-onadan irsiylanadigan belgi bo‘lib, atrof-muhit va tarbiya orqali o‘zgaradi. Temperament «sof holatda» kam uchraydi. Masalan, flegmatikda xolerikka o‘xshash achchiqlanishni, xolerikda har xil sabablar ta’sirida nerv sistemasining chuqur tormozlanishini kuzatish mumkin. Temperament yaxshi yoki yomon bolmaydi. Atoqli kishilar orasida barcha tip vakillari uchraydi.

Uyga vazifa; mavzuni o’qish, mustaqil test tuzish 10 tadan. Rasm chizish, savollarga javob yozish.
Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling