Mavzu: Hozirgi o’zbek adabiy tilida lug’aviy sinonimiya Reja


Download 42.11 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi42.11 Kb.
#119143
Bog'liq
Hozirgi o’zbek adabiy tilida lug’aviy sinonimiya


Mavzu: Hozirgi o’zbek adabiy tilida lug’aviy sinonimiya

Reja:

1. Sinonimiya haqida ma’lumot.

2. Sinonimlarning turli ko’rinishlari (leksik sinonimiya, frazeologik sinonimiya)

3. Sinonimiyalarning manbalari.

4. Sinonimiyaning polisemiyadan farqi.

5. Sinonimlar – stilistik vosita sifatida

6. Xulosa. Sinonimlarning o’zbek tili lug’atida tutgan o’rni

KIRISH

Ma’lumki, oliy o’quv yurtlarida malakali mutaxassislar tayyorlash

sifatini har taraflama yaxshilashning eng muhim shartlaridan biri

bo’lajak kadrlarga mustaqil fikrlash, o’z fikr-mulohazalarini mustaqil

bayon qila olish ko’nikmalarini singdirishdan iboratdir. Talabaning

«Hozirgi o’zbek adabiy tili» predmetidan bajaradigan kurs ishi jarayoni

talabalarning kelgusida tilshunoslik muammolari bo’yicha olib

boradigan ilmiy tadqiqot ishi bilan uzviy bog’liqdir. Chunki bakalavr

talabalar bajaradigan referatlar, ilmiy ma’ruzalar, kurs va bitiruv

malakaviy ishlarida o’quv jarayoni bilan ilmiy-tadqiqot elementlari

ma’lum darajada uyg’unlashgan bo’lishi talab qilinadi.

«Hozirgi o’zbek adabiy tili» kursi o’zbek filologiyasi fakultetlarida

birinchi – uchinchi kurslarda o’qitiladi. Respublika oliy va o’rta maxsus

ta’lim vazirligi tasdiqlagan namunaviy o’quv rejasiga muvofiq talabalar

“Hozirgi o’zbek adabiy tili”ning «Kirish», «Fonetika va fonologiya»,

«Orfografiya, grafika va orfroepiya», «Leksikologiya, frazeologiya,

leksikografiya va frazeografiya», «So’z yasalishi, morfemika va

morfologiya», «Sintaksis va punktuatsiya» kabi bo’limlarini o’qish va

o’rganish bilan birga, kurs ishlari ham yozib topshiradilar. Kurs ishlari

orqali talabalarning nazariy bilimlarni qay darajada o’zlashtirganligi, til

faktlarini qanchalik bilishi va mustaqil ravishda ilmiy kuzatish olib

borishga layoqati borligi aniqlanadi.

Respublikamiz oliy o’quv yurtlari o’zbek filologiyasi fakultetlari

talabalari uchun «Hozirgi o’zbek adabiy tili» o’quv predmetidan kurs

ishlari bajarish bo’yicha yaratilgan uslubiy qo’llanma1ning hozirgi kun

talablariga to’la javob bera olmay qolganligini nazarda tutib, mazkur

uslubiy tavsiyalar tuzildi. Bu ishda «Hozirgi o’zbek adabiy tili» o’quv

kursining har bir bo’limi uchun nazariy va o’quv-uslubiy adabiyotlar

ro’yxati ilova qilindi.

1 Sinonimiya haqida malumot.Sinonimiya muammolari bilan shug‘ullanishda o‘zbek tilshunosligi katta tajriba to‘plagan va bu borada turli hajmdagi tadqiqotlar yuzaga kelgan. O‘zbek tilidagi sinonimiya hodisasi va bu hodisa jarayonida yuz beradigan til birliklari o‘rtasidagi o‘zaro ma’no munosabatlari haqidagi ilk qarashlar o‘zbek tilining leksikologiya yo‘nalishini yoritishga bag‘ishlangan hamda ta’limning turli bosqichlarida foydalanish uchun yaratilgan darslik va qo‘llanmalarda o‘z ifodasini topgan. Fahri Kamolning «O‘zbek tili leksikasi» (Т., 1954) va «Hozirgi zamon o‘zbek tili» (Т., 1957), Ya. D. Pinxasovning «Hozirgi zamon o‘zbek tili leksikasi» (Т., 1960) va «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» (Т., 1969), M. Mirzayev va boshqalarning «O‘zbek tili»(Т., 1962), mualliflar jamoasining «Hozirgi o‘zbek adabiy tili, ikki tomlik. 1 tom» (Т., 1966), U.Tursunov va boshqalarning «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» (Т., 1965,1992), U.Tursunov va N.Rajabovlarning «O‘zbek tili leksikasining ba’zi masalalari» (Samarqand, 1971), Sh. Shoabdurahmonov va boshqa­larning «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» (Т., 1980) hamda «O‘zbek tili leksikologiyasi» (Т., 1981) akademik nashrlarini misol tariqasida keltirish mumkin. O‘zbek tili sinonimlarining lingvostilistik tabiati maxsus monografik tadqiqot obyekti ham bo‘lgan. S. Isamuhamedova va A. Doniyorovlar sinonimiya mavzusida nomzodlik dissertatsiyalari yozishgan. Sinonimiyaga oid o‘zbek tilshunosligida yozilgan maqolalar ham salmoqli miqdorni tashkil qiladi. Afsuski, bu o‘rinda ularning barchasini sanab o‘tishning imkoni yo‘q. Faqatgina R.Qo‘ng‘urov va S. Karimovlar tomonidan tuzilgan «O‘zbek tili stilistikasi va nutq madaniyati» (Samarqand, 1984) bibliografik ko‘rsatkichidagi 62, 108, 148, 202, 205, 206, 224, 233, 234, 241, 337, 384, 526, 606, 609, 640, 734, 749, 751, 752, 855, 980, 1093 hamda S. Karimov va T. Jo‘rayevlar tomonidan tartib berilgan «O‘zbek tiliuslubshunosligi va nutq madaniyati» (Samarqand, 2001) bibliografik ko‘rsatkichida 61, 111,273, 315, 360, 428-raqamlarda qayd etilgan adabiyotlarni eslatib o‘tamiz. Bular orasida M. Rahmatullayevaning «Alisher Navoiy tilidagi sinonimlarni o‘rganish masalasiga doir» (Т., 1965) mavzusida yozilgan nomzodlik dissertatsiyasi diqqatga sazovor.

Sanab o‘tilgan adabiyotlarning ko‘pchiligida sinonimlar sifatida leksik birliklar va ular o‘rtasidagi ma’no munosabatlari qaralib, ularga ma’nolari bir xil yoki ma’nolari bir-biriga yaqin so‘zlar deb baho beriladi. Ammo o‘zbek tilidan olingan qator misollar tahlili shuni ko‘rsatadiki, keltirilgan bu ta’riflarning birontasi ham sinonimiya deb ataladigan lingvistik hodisaning mohiyatini to‘liq qamrab ololmaydi.



Birinchidan, tabiat va jamiyatda bir-biriga aynan o‘xshash narsa va hodisaning o‘zi bo‘lmagani singari ularning aynan mohiyatini aks ettiradigan ikki yoki undan ortiq so‘zlarni topish qiyin. Tilimizda respublika-jumhuriyat} universitet-dorilfunun, arxitektura-me’morchilik, lingvistika-tilshunoslik, stilistika-uslubshunoslik singari dubletlar yashab kelmoqda. Garchi dublet sanalsa ham, nutqda biri o‘rnini ikkinchisining bosa olmasligi ularning yashovchanligini ta’minlaydi. Garchi rasmiy hujjatlar va chiqishlarda O‘zbektston Respublikasi deb qayd etilgan holda, jumhuriyat birligi so‘zlashuv nutqi bilan chegaralanadi. Samarqand Davlat universiteti, Samarqand Davlat dorilfununi desa bo‘ladi. ammo hayot dorilfununi deyish mumkin bo‘lgani holda uni hayot universiteti tarzida qo‘llab bo‘lmaydi.

Bu esa respublika, imiversitet so‘zlarining baynalmilal xarakterda ekanligi bilan, jumhuriyat so‘zining bir qadar eskirganligi, hududiy chegaralanganligidorilfunun so‘zining ma’nosi univenitetga qaraganda qamrovi kengligi, umumiyligi, universitet so‘zida esa bu ma’noning aniqligi, atama mazmunida ekanligi bilan bog‘liq. Demak, faqat yuzaki qaraganimizdagina bu so‘zlarning ma’nosini bir deb xulosa chiqarishimiz mumkin. Matnlar esa aslida bunday emasligini tasdiqlaydi. Ular, hech bo‘lmaganda, vazifaviy uslublararo chegaralanishi bilan, ya’ni uslubiy nuqtai nazardan farqlanadi.



Ikkinchidan, ma’nolari bir xil sinonimlar tilda bo‘lganda ham ularning barchasi baravar ravishda, doimiy holda yashay olmaydi. Tilning amalda bo‘lish qonuniyatlariga ko‘ra, aytaylik, parallellikni xush ko‘rmasligidan kelib chiqib, vaqt o‘tishi bilan ularning biri ikkinchisiga o‘z o‘rnini bo‘shatib berishga majbur bo‘ladi. Masalan: partiya-firqa, grajdanin-fuqaro, agitatsiya-tashviqot, propaganda-targ‘ibot, komitet-qo‘mita, soldat-askar, intelligent-ziyoli, leksiya-ma’ruzo, programma-dastur, student-talaba, ekonomika-iqtisodiyot, internatsional-baynalmilal, sotsial-ijtimoiy, satirik-hajviy, sekretar-kotib, simvol-ramz kabi birliklar o‘rtasidagi qo‘llanish nisbatini olib qaraylik. Agar o‘zbek tilining mustaqillikkacha bo‘lgan davrida ularga leksik dubletlar, variantlar sifatida qarab, baravar qo‘llab kelgan bo‘lsak, mustaqillikdan keyingi davrda bu so‘zlarga bo‘lgan munosabat va ana shu munosabatdan kelib chiqib, ularning qo‘llanilishidagi muvozanat ikkinchisining foydasiga tubdan o‘zgardi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, gap faqat ma’nolarning bir xilligida bo‘lganda edi, ular tilimizda baravar yashayverishi mumkin edi. Ammo vaziyatdan kelib chiqib, ular ham tilimizning umumiy yashash qonuniyatlariga bo‘ysunishga majbur bo‘ldi. Demak, sinonimlarning barchasining ma’nolari bir xil emas, bir xil deb qaralganlarining hammasi ham tilda parallel yashay olmaydi. Aytilganlardan esa sinonimlarning bu guruhini o‘rganish uslubshunoslik uchun qiziqarli material bera olmaydi, degan xulosa kelib chiqadi.

Shunday ekan, sinonimlar tadqiqini uslubshunoslikning markaziy masalalaridan deb qaraganimizda, ularni umumiy bir ma’noni yoki tushunchani anglatishga xizmat qiladigan, ana shu maqsad yo‘lida matnda bir-biriga mazmunan yaqinlashadigan va birlashadigan, ayni paytda, ma’no nozikliklari bilan bir-biridan farqlanadigan til elementlari majmuini anglashimiz to‘g‘ri bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.

Tildagi sinonimik munosabatlar faqat leksik birliklar o‘rtasidagina emas, balki fonemalarning talaffuz variantlarida, turg‘un birikmalar, morfologik vositalar va sintaktik qurilmalar o‘rtasida ham mavjud. Sinonimiyaga oid umumiy qoida va talablar ularning hammasiga tegishli hamda barchasida amal qiladi.

Afsuski, yuqorida sanab o‘tilgan tadqiqotlarning mavjudligidan qat’i nazar o‘zbek tilshunosligida sinonimlar vazifaviy-uslubiy yo‘nalishda atroflicha tahlil qilingan emas. Vaholanki, bunday kuzatishlar milliy til uslubshunosligi taraqqiyoti uchun nihoyatda zarurdir.O‘rni kelganda ta’kidlash lozimki, so‘z va evfemizm, so‘z va perifraza o‘rtasidagi sinonimik munosabatlar tadqiqi ham uslubshunosligimiz uchun qiziqarli materiallar berishi mumkin. Badiiy ijod jarayonida yuzaga kelgan individual muallif sinonimlari yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham ona tilimiz boyligini namoyish etishda g‘oyatda qimmatlidir. Shunday qilib, yunon tilidagi «sinonim» so‘zi «bir xil» degan ma’noni bildiradi va bu tushuncha atrofida matnda mazmunan bir-biriga mos keladigan so‘z va iboralar, so‘z birikmalari va gap qurilmalari tarzida shakllanadigan til birliklari birlashadi.

Tilda variantlar va, yuqorida tilga olganimiz, dubletlar deb ataladigan so‘z guruhlari ham mavjudki, ko‘pchilik tilshunoslar ularni sinonimlardan farqlaydilar. Lingvistik jarayonlarning har birining o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligi nuqtai nazaridan bu to‘g‘ri ham. Ammo qanchalik farqlanmasin, ular nutqdagi vazifasiga ko‘ra bir-birlariga yaqin hodisalardir, bir narsa va hodisaning turli sabablar bilan paydo bo‘lib qolgan tildagi ikki xil nomlanishidir.

Bir-biriga mos keladigan lingvistika-tilshunoslik, stilistika-uslubshunoslik, orfografiya-to‘g‘ri yozish, orfoepiya-to‘g‘ri talaffuz qilish kabi holatlarni olaylik. Ularning birinchi qismi boshqa til elementi ekanligi ko‘rinib turibdi. Bu birliklarning qo‘llanishidagi bab-baravarlik faqat ma’lum muddatgina davom etishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan ularga bo‘lgan munosabat o‘zgaradi. Bu munosabat hech bo‘lmaganda ularning qo‘llanish chastotasiga ta’sir qiladi.

Leksik nuqtai nazardan variantlar va dubletlarning mavjud bo‘lishi ijobiy hodisa sanalmasa ham uslubiy jihatdan ularga tildagi ortiqcha unsur sifatida qaralmaydi. Fikrni nozik ottenkalarda ifodalashga xizmat qilmagan taqdirda ham, hech bo‘lmaganda, ular so‘zlovchi va yozuvchini takrordan qutqaradi. Shuning o‘ziyoq nutqiy jarayon uchun kam ahamiyatli emas. Shuning uchun ularni ham tilimizdagi uslubiy resurslar deb qarashga to‘la asoslar bor.

Fonetik va grammatik shakllarda namoyon bo‘ladigan lingvistik variantlarni garchi uslubiy imkoniyatlari nihoyatda keng va rang-barang bo‘lgan sinonimlarga tenglashtirib bo‘lmasa ham ayrim matnlardagi uslubiy bo‘yoqdorligini hisobga olib,

ularni bir guruhda qarash mumkin.

Antonimlar nutqda ikki xil maqsad uchun ishlatiladi: 1. Shaxs, narsalar yoki ulaming belgilari orasidagi zidlikni ifodalash uchun. Badiiy adabiyotda antonimlardan antiteza hosil qilish uchun foydalaniladi. Antiteza adabiyotshunoslikda tazod san’ati deb ham yuritiladi. Tazod san’ati, ayniqsa, mumtoz adabiyotda ko‘p uchraydi. Masalan: Charxi kajraftoming bir shevasidin dog‘men, Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadir. (Furqat) Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir. Yaxshi kishi ko'rmagay yomonlig‘ hargiz, Har kimki, yomon bo ‘Isa, jazo topqusidir. (Bobur) Antiteza ayniqsa, maqol va topishmoqlarda ko‘p ishlatiladi. Masalan: Otdan baland, itdan past. Kunduzi izzatda, kechasi xizmatda (topishmoqlar). Yaxshi topib gapirar, yomon qopib. Nodon d o ‘stdan ziyrak dushman yaxshi. (maqollar) 2. Antonimlardan umumiylashtirish, jamlash ma’nosini ifodalash maqsadida ham foydalaniladi. Masalan: Shunga ko‘p xursandmiz yosh-u, qarimiz (G ‘afur G ‘ulom) Badiiy nutqda ko‘p hollarda stilistik maqsad bilan zid ma'no ifodalamaydigan, lekin qisnian bir-birini inkor etadigan, bir xil xususiyatga ega boigan so‘zlar antiteza hosil qilish uchun qo‘llaniladi. Masalan: Do ‘st achitib gapirar, dushman kuldirib. Bir lavhang qon yesa, Bir lavhangmish zar... (G ‘afur G'ulom). Qilma zolimlik kishiga, adl ila rom et uni, Yaxshilik qo ‘Idanki kelmas, zulm ham qilma chunon (Nizomiy Ganjaviy) A

2. Sinonimlarning turli ko’rinishlari (leksik sinonimiya, frazeologik sinonimiya) Ular o‘rtasidagi farqlarni L. G. Barlas quyidagicha izohlaydi: variantlilik bir xil, sinonimiya har xil til birliklariga xos xususiyat. Variantlar deyilganda, shakliy jihatdan bir oz farq qiladigan bir til birligining turli ko‘rinishlari tushuniladi. Ular bir so‘z, bir so‘z shakli yoki qurilishini tashkil etgani uchun ham leksik va grammatik ma’nolarda farqlar bo‘lmasligi kerak. Sinonimlar esa ma’nolari bir-birlariga yaqin bo‘lgan turli so‘zlar, so‘z shakllari, qurilmalardir.

Sinonimlar tasnifi ham uning tadqiqotchilari diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Sh.Rahmatullayev bu hodisaning til qatlamlarida mavjudligidan kelib chiqib, ularni dastlab lugaviy va grammatik sinonimiyaga ajratadi. Yana o‘z navbatida lug‘aviy sinonimiyani leksik, frazeologik va leksik-frazeologik turlarga bo‘ladi. Ma’no qirralarining farqlanishiga ko‘ra esa ularning ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar), uslubiy sinonimlar va nutqiy sinonimlar singari turlarini sanab o‘tadi.

Sinonimlarni o‘rganish va tushunishni osonlashtiradigan bu kabi tasniflar orasida I. B. Golub tasnifi e’tiborga loyiq. Uning fikricha, ma’no ottenkalari bilan farqlanuvchi sinonimlar semantik sinonimlar, bir xil ma’noga ega bo‘lib, uslubiy bo‘yoqdorligi bilan ajralib turuvchi sinonimlar uslubiy sinonimlar deyiladi. Uslubiy sinonimlarga turli vazifaviy uslublarga taalluqli bo‘lgan hamda bir vazifaviy uslubga tegishli bo‘libturli emotsional-ekspressiv ottenkalari bilan farqlanadigan sinonimlar kiradi. Ham ma’nolariham uslubiy bo‘yog‘i bilan farqlanadigan sinonimlar esa semantik-uslubiy sinonimlar hisoblanadi.

Sinonimlar tasnifi haqida Z. I. Xovanskaya quyidagilarni yozadi: «lugaviy sinonimlar  bir so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan, o‘z ma’nosida jins va tur alomatlarini saqlaydiganmavhumlikning bir xil sathiga aloqador bo‘lgan va denotativ

yoki ma’noning uslubiy komponentlari bilan farq qiladigan til birligidir.

Uslubiy tadqiqot uchun shu narsa favqulodda muhimki, sinonimik munosabatlar faqatgina til tizimida mavjud bo‘lmasdan, balki u ham til birliklarining uslubiy tarmoqlanishida ishtirok etadigan, ham muomala jarayonida uslubiy vazifalarni bajaradigan barcha til sathlari birliklari hisobiga yaratiladigan matnda ham paydo bo‘ladi. Bu xildagi sinonimlar matniy sinonimlar deyiladi».

3. Sinonimiyalarning manbalari. Frazeologik birikmalar asosan so’zlar birikmasidan iborat, boshqacha aytganda, frazeologizmlar tilning alohida birligi bo’lib, tuzilishiga ko’ra erkin bog’lanma yoki gapga teng, to’liq yoki qisman semantik qayta shakllangan obrazli, turg’un so’z birikmalarini o’z ichiga oladi. 1 Frazeologizmlarning aksariyati ingliz tilida ham, boshqa xildagi tillarda ham xalq tomonidan yaratilgan, ularning mualliflari ma’lum emas, kelib chiqish manbalari aniq emas. Shu ma’noda frazeologik olim A.V. Kunin ingliz tili frazeologizmlarining ko’pchiligining muallifi noma’lum bo’lib, ular xalq tomonidan yaratilgan degan fikrlarni asosli ravishda ko’rsatib o’tgan. Ammo ba’zi frazeologik birliklarning kelib chiqish manbalarini aniqlash mumkin. Shu ma’noda frazeologiya tilning umumiy tizimiga kiruvchi mikrosistema bo’lib, bu tizim o’zida o’tmish merosni, qadriyatlarni aks ettiradi, avloddan – avlodga o’tadi. Tizimni tashkil etuvchi frazeologik birliklarning ko’pchiligi ma’lum tilning boyish manbaidir. Frazeologik tizimni frazeologik birliklar, ularning asosiy komponentlari o’rtasidagi munosabatni tashkil etadi. Frazeologizmlar birdan ortiq so’zlardan tashkil topgan, ma’no va shakl jihatdan turg’un bo’lgan so’zlar bog’lanmasidir. Frazeologizmlar ko’chma ma’noda, obrazli ifodalarda qo’llaniladi hamda tarixiy qo’llanish me’yorlariga, usullariga ega bo’lib, ularning ma’nosi muayyan nutq jarayonida oydinlashadi. Frazeologizmlar so’z birikmasi yoki gap shaklida bo’lsa ular nutq birligi bo’lgan gaplardan farq qiladi. Ular lug’aviy birlik sifatida ko’p jihatdan so’zlarga yaqin turadi, so’zlarga xos bo’lgan juda ko’p xususiyatlar frazeologizmlarga ham xosdir. 2 Frazeologiyaning obyektini belgilashda turli xil farazlar mavjud. Frazeologiyaning obyektini faqat turg’un birikmalar tashkil qiladi. Frazeologiya sohasida qiyosiy-tipologik tadqiqotlar olib borish frazeologiyaning umumnazariy muammolarini hal etishga keng yo’l ochadi. Umuman olganda frazeologik birikmalarning shakllanish manbalarini etimologik jihatdan tahlil etishga nisbattan ancha keng mazmunga ega. Bu umumfilologik muammo bo’lib, eng qadimgi, dastlabki filologik modellarning shakllanish bosqichlarini aniqlash muhim semiotik masala sanaladi. Frazeologik birikmalarni turli narsa, hodisa va joy nomlari, kishi nomlari bilan bog’liq o’rganish ham hozirgi zamon tilshunosligida dolzarb masalalardan sanaladi. Til tadqiqotchisi D.Niyazmetova “Ingliz tilida oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning lingvistik tadqiqi” (Bibliya materiallari) maqolasida frazeologizmni lingvokulturologiyada o’rganish dolzarb va munozarali masalalardan biri ekanligini ta’kidlaydi. 1 Bibliyaga bog’liq bo’lgan oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning semantik, lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlashda, lug’atlarni tahlil qilishda lingvistik tahlil va statistik metodlar qo’llanishini kuzatish mumkin.

4. Sinonimiyaning polisemiyadan farqi. AA.Reformatskiyning fikricha, termin ko’p ma‘nolikdan, ya‘ni 24 polisemiyadan ajralib turishi kerak. Termin bir va aniq ma‘noni bildiradigan maxsus so’zdir29. So’z esa doimo ham bunday xususiyatlarga ega emas. Bundan shu xulosaga kelish mumkinki, so’zning qamrovi va ko’lami terminga qaraganda bir necha bor kattaroq. Chunki odatda so’zlar o’z asl ma‘nolaridan tashqari ko’chma va obrazli ma‘nolarda ham ishlatiladi. O’zbek tilshunosligida amalga oshirilgan qator ilmiy tadqiqotlar sohalar terminologiyalarining rivoji uchun katta hissa bo’lib qo’shildi. R.Doniyorov30 , S.Akobirov31, I.Pardayeva32, H.Yodgorov33, Z.Mirahmedova34 kabi olimlarning tadqiqotlari shular jumlasidandir. Mazkur ishlarda sohaviy terminologik sistemalar tahlil qilinib, lingvistik nuqtai nazardan tadqiq etilgan. Shu kabi tadqiqotlar fan va texnikaning muayyan bir tarmog’i terminlari rivojiga ijobiy hissa qo’shgani shubhasizdir. Tilshunoslikda, xususan, leksikologiyada tilning asosiy lug’aviy birligi bo’lgan leksemalar bir-biridan ajralgan holda emas, balki o’zaro bog’liqlikda, xilma-xil ma'noviy aloqadorlikda reallik kasb etishi alohida ta'kidlanadi. Ayni shu holat turli-tuman leksik qatlamlarning qaror topishiga olib kelgan. Bunday leksik qatlamlar muayyan tartibda guruhlantiriladi. Tadqiqotlarda esa qo’yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda guruhlashtirib, tasnif qilish yo’lidan boriladi. Sud tizimiga oid istalgan hujjat yoki matnda turli tipdagi ko’plab maxsus terminlarni uchratish mumkin. Hozirgi kunga qadar sud tizimiga oid terminlarning amaliy-ma‘noviy jihatini inobatga olib, aniq bir mezonlarga ko’ra klassifikatsiyalash usuli to’liq shakllanmagan. Ba‘zi bir terminolog olimlar sud tizimiga oid terminlarni ―vertikal‖ (ya‘ni, Konstitutsiya va asosiy qonunchilik hujjatlarida ishlatiladigan terminlar) va ―gorizontal‖ (ya‘ni, aynan bir sohada ishlatiladigan terminlar) termin guruhlariga bo’lib o’rganishni taklif qiladilar. Shuningdek, ular ‖gorizontal‖ guruhni yana ikki kichik guruhlarga bo’ladilar, ―sohaviy‖- ya‘ni qonunchilikning faqat birgina sohasida qo’llaniladigan terminlar va ―sohalararo‖ terminlar- ikki va undan ortiq yuridik sohalarda amalda qo’llaniladigan terminlar35 . Ma‘lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek, tartibga solinganligi kabi belgilar bilan uzviy bog’liqdir. Chunki ilmiy adabiyotda qo’llanadigan termin yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan bo’lmas ekan, unda, albatta, chalkashlik, noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi36 . Boshqa bir guruh olimlar ularni ―o’z‖ va ―begona‖ termin guruhlariga ajratishni tavsiya qiladilar. Tilning fonetik-fonologik sathida: a) qadimgi turkiy til vokalizmida 8 unli bo‘lgan (a,

ы, о, u - orqa qator, yo‘g‘on unlilar; ə, i, ө, ү - old qator, ingichka unlilar); b) eski turkiy til va

eski O‘zbek tillarida ham shu 8 unli saqlangan, ammo eski o‘zbek tilida old, qator lablanmagan e

unlisi hisobiga vokalizm tizimi 9 unlidan iborat bo‘lgan; v) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski

о‘zbek tillarida unli tovushlarning yo‘g‘onlik-ingichkalik ziddiyati (oppozitsiyasi) bo‘lgan: i-ы, 

ə-a, ү-u, ө-о kabi; g) нozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida unlilar miqdori 6 taga tushib qolgan

(i, e, a, u, ө, o). Bu tizimda yo‘g‘onlik- ingichkalik oppozitsiyasi yo‘q, ayrim tovushlarning sifat

belgilari ham o‘zgargan. Masalan, orqa qator, lablanmagan ornida kuchsiz lablangan o (с )

unlisi paydo bo‘lgan. Qiyoslang: ata-ota, at-ot kabi; d) qadimgi turkiy til konsonantizmida b, m,



p, v, s, z, t, d, n, l, r, ch, ch, y, q(k), g‘ (g),n undoshlari bo‘lgan, bu undoshlarning ko‘pchiligi

palatal (ingichka yoki yumshoq) va velyar (qalin) variantlarga ega edi; e) eski O‘zbek adabiy

tilida undoshlar 24 taga etgan (b, m, p, v, f, s, z, t, d, n, l, r, ch, ch, j, ,j ,y, q, k, g‘, g, n, x, h).

Konsonantizm tarkibida undoshlar miqdorining ortishi o‘sha davrdagi o‘zbek-arab va o‘zbekfors

ikki tilliligi (bi-lingvizmi) ta`sirida, shuningdek, ayrim undoshlarning divergentsiyasi (bir

fonemaning ikki fonemaga ajralishi) natijasida sodir bo‘lgan; j) Hozirgi o‘zbek adabiy tili

konsonantizmida yuqoridagi 24 undoshning barchasi bor. Ayrim tilshunoslarning (masalan, prof,

A. Abduazizovning) fikricha, rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda uchraydigan qorishoq «ts» ham

o‘zbek tili undosh fonemalari qatoridan o‘rin olgan deb qaralishi kerak.1 Yuqoridagi ma`lumotlar

tahlilidan quyidagilar ma`lum bo‘ladi: a) qadimgi turkiy til konsonantizmida f,x,h,j,j undoshlari

bo‘lmagan. Ular eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tili davrida turli lisoniy (lingvistik) va

nolisoniy(ekstralingvistik) omillar ta`sirida paydo bo‘lgan; b) qadimgi turkiy tilda q va k

undoshlari bir fonemaning nutqdagi ikki ko‘rinishi-ottenkalari bo‘lgan, keyinchalik bu fonema

divergentsiyaga uchrab, ikki mustaqil fonemaga aylangan; g‘ va g undoshlari rivojida ham ayni

shu jarayon (divergentsiya) bo‘lganligini - «g»ning «g‘» va «g»ga parchalanganligini ko‘ramiz. 

2.Nutq tovushlarining pozitsion va sintagmatik xususiyatlaridagi o‘zgarishlar: a)

qadimgi turkiy tilda r, l, v, g‘(g), z, d, n undoshlari so‘z boshida qo‘llanmagan. Eski o‘zbek

adabiy tili va Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa bu tovushlar («n» dan boshqalari) so‘z boshida

ham ishlatiladi; b) m undoshi qadimda so‘z boshidagi «b» ning varianti sifatida qo‘llangan,

1 Qarang: Abduazizov A. O’ zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. – T.: O`qituvchi", 1992, 19-20-b.

ammo so‘z o‘rtasida va oxirida mustaqil fonema bo‘lgan. Uning mustaqil fonema sifatida so‘z

boshida qo‘llanishi eski o‘zbek tilida bir qadar uchrab turadi, Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa

uning so‘z boshida qo‘llanishi ancha keng tarqalgan; v) qadimgi turkiy tilda undosh tovushlar

so‘z boshida qatorlashib kelmagan. Bu xususiyat eski o‘zbek tilida ham saqlangan, ammo

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa undoshlarning so‘z yoki bo‘g‘in boshida qatorlashib kelishi

me`yoriy holatga aylangan; bu hodisa o‘zbek tiliga rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarga xos

(brom, professor, shkaf, traktor, trolleybus, tramvay kabi); g) qadimgi turkiy tilda undosh

tovushlarning so‘z oxirida qatorlashib kelishi juda kam uchraydi: qirq, alp(«mergan ovchi»), 

art(«elka») kabi. Eski o‘zbek tilida undosh tovushlarning so‘z oxirida qatorlashib kelishi bir oz

ko‘paygan (fors-tojik va arab tillaridan so‘z o‘zlashtirish hisobiga): do‘st (forscha o‘zlashma),



hamd (arabcha o‘zlashma:»maqtov»), g‘isht (tojikcha o‘zlashma), go‘sht (tojikcha o‘zlashma)

kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bo‘g‘in yoki so‘z oxirida ikki undoshning qatorlashib kelishi

rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlar hisobiga ancha ko‘paygan: boks, kodeks, kort, iks kabi; d)

qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida so‘z oxirida ikkita bir xil undoshning qavatlanishi

(geminatsiya) bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ikkita bir xil undoshning so‘z oxirida

qavatlanishi uchrab turadi: gramm, klass, vatt, ball kabi ruscha-baynalmilal o‘zlashmalar buning

dalilidir; e) qadimgi turkiy tilda so‘zning birinchi bo‘g‘inidan keyingi bo‘g‘inlari faqat undosh

bilan boshlangan: o-na, o-ta, o-g‘a, i-ni, bo-la kabi. Bu hol so‘z tarkibida ikki unlining yonmayon

kela olmasligiga sabab bo‘lgan. Eski o‘zbek tilida arab tili o‘zlashmalarining paydo bo‘lishi

bu qonuniyatga chek qo‘ygan: saodat, oila, maorif, soat, foiz, mutolaa kabi. Hozirgi o‘zbek

adabiy tilida esa ruscha-baynalmilal leksik o‘zlashmalar hisobiga bu hodisa yanada kengaygan: 

biologiya, zoologiya, geometriya, geografiya kabi. 

3.Singarmonizm: 1) qadimgi turkiy til va eski o‘zbek tilida singarmonizm (so‘z

tarkibidagi o‘zak va qo‘shimchalarda unlilarning uyg‘unlashuvi) mavjud bo‘lgan. qiyos qiling:



kelduk («kel» dagi «e» - old qator, ingichka unli q «-duk» dagi «u» ham old qator, ingichka

unli) va barduk («bar»dagi «a» - orqa qator, yo‘g‘on unliq»-duk» dagi «u» ham orqa qator

yo‘g‘on unli). Bu misollardagi unlilar til garmoniyasi qonuniyati asosida uyg‘unlashgan. Kelip

va korup so‘z shakllarining birinchisida («kelqip»da) o‘zak va qo‘shimchadagi unlilar

lablanmagan, ikkinchisida («korqup» da) esa o‘zak va qo‘shimchadagi unlilar lablangandir.

Demak, ikkinchi misolda unlilar lab garmoniyasi qonuniyati asosida uyg‘unlashgan; 2) Hozirgi

o‘zbek adabiy tilida singarmonizm o‘z mavqeini ancha yo‘qotgan. qiyos qiling: konlunuz (eski

o‘zbek tilida) –ko‘nglingiz (hozirgi o‘zbek adabiytilda), korup (eski o‘zbek tilida) - ko‘rib

(hozirgi o‘zbek adabiy tilida) kabi. 

Izoh: singarmonizm qonuniyati hozirgi paytda qipchoq va o‘g‘uz dialektlariga mansub

o‘zbek shevalarida saqlangan: olgan (adabiy tilda)-alg‘an( qipchoq lahjasi shevalarida), borgan

(adabiy tilda ) - barg‘an (qipchoq lahjasi shevalarida), kelgan (adabiy tilda) kelgan (qipchoq

lahjasi shevalarida), o‘ttiz (adabiy tilda) - o‘ttuz (qipchoq lahjasi shevalarida), uyimga (adabiy

tilda) - uyuma (O‘g‘iz lahjasi shevalarida) kabi. 

4. Tilning lug‘at boyligida: 1) qadimgi turkiy tilda fors-tojik va arab so‘zlari bo‘lmagan.

Eski turkiy tilda fors-tojik va arab so‘zlari qo‘llana boshlagan, eski O‘zbek tilida bunday

o‘zlashmalar ancha ko‘paygan: gul, gavhar, guruch, gO‘r (fors-tojik so‘zlari), madrasa, oila,fikr, 

firoq, hosil(arabcha so‘zlar). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday o‘zlashma so‘zlarning

ayrimlari eskirgan (masalan, muvallidulhamuza, handasa, tarh kabilar), ularning ornida bir qator

ruscha o‘zlashma termin va atamalar paydo bo‘lgan ( kislorod, geometriya, avtobus, tramvay va

b.lar); g‘) qadimgi turkiy tildagi ayrim so‘zlarning eski O‘zbek tilida tojikcha sinonimlari paydo

bo‘lgan: chechak (turkiy)- gul (tojikcha), yog‘och, yig‘och (turkiy)- daraxt (tojikcha), oltin

(turkiy)- tilla ( tojikcha), buloq (o‘zbekcha)-chashma (tojikcha), qirov (o‘zbekcha)- shabnam(

tojikcha) kabi; q) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek tillarida qisqartma so‘zlar

(abbreviaturalar) bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek tilida bunday qisqartmalar anchagina bor: BMT,

TDPU, SamDU kabi. Keyingi yillarda o‘zbek tili leksikasida IIB (Ichki ishlar bo‘limi), IIBB

(Ichki ishlar bo‘limi boshqarmasi), IIV (Ichki ishlar vazirligi), DAN (Davlat avtoinspektsiya

nazorati), O‘zMU (O‘zbekiston Milliy universiteti), BuxDU (Buxoro davlat universiteti),

QarMII (qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti) kabi yangi qisqartma nomlar ham paydo bo‘ldi;

4)O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, shuningdek, mustaqil O‘zbekistonda amalga

oshirilayotgan iqtisodiy va ma`rifiy islohotlar o‘zbek tili leksikasida yana bir qator yangi

so‘zlarning yuzaga kelishiga yoki ayrim eskirgan so‘zlarning qayta tiklanishiga sabab

bo‘lmoqda: supermarket, fermer, aktsiyador, vazirlik, nozir, devonxona, ta`til kabilar shular

jumlasidandir; O‘) rus tili va rus yozuvi ta`sirida yuzaga kelgan tok («elektor toki») va tok

(«uzum toki») kabi omograflar, to‘rt («miqdor son»)va tort («konditer mahsuloti») kabi

omofonlar ham ko‘proq Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga xosdir. 

5.Tilning grammatik qurilishida: 1) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida ot,

sifat, son, olmosh, fe`l va ravish kabi mustaqil so‘z turkumlari bo‘lgan. Bunday mustaqil so‘zlar

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham bor; 2) qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillarida

yordamchi so‘zlar – ko‘makchilar, bog‘lovchilar va yuklamalar bo‘lgan. Bunday turkumlarga

xos so‘zlar Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ham mavjud; q) qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida

undovlar va modal so‘zlar bo‘lgan. Ular Hozirgi o‘zbek adabiy tilda ham bor; 4) qadimgi turkiy

tilda ham, eski O‘zbek tilida ham har bir so‘z turkumining o‘ziga xos grammatik kategoriyalari

(otlarda-egalik, kelishik, son; sifatlarda- daraja; fe`llarda - shaxs-son, mayl, nisbat, zamon va

b.lar) bo‘lgan. Bu xususiyatlar Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga ham xos. Biroq, Hozirgi o‘zbek

adabiy tilida qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillaridan farq qiladigan yangi jihatlar ham uchraydi:

1) Hozirgi o‘zbek adabiy tilida morfemalar qadimgi turkiy va eski o‘zbek adabiy tillaridagiga

nisbatan miqdoran ko‘p va mazmunan boydir. Masalan: qadimgi turkiy tilda o‘zakdan oldin

qo‘shiluvchi affiks morfemalar (prefikslar) bo‘lmagan. Bu tipdagi morfemalar eski O‘zbek tilida

va Hozirgi o‘zbek adabiy tilida uchraydi: bebosh, bevosita, bavosita (bilvosita), noo‘rin, sersuv,



sergap kabi; b) eski O‘zbek adabiy tilida «-ov»,»-ev», «-ova», «-eva», «-ovna», «-evna», «-

ovich», «-evich» kabi familiya va otchestvo yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek

adabiy tilida bunday qo‘shimchalar bor; v) eski o‘zbek adabiy tilida «-lar» affiksi ko‘plikni

(odamlar, qishloqlar kabi), birgalikni (Karimlar kelishdi), ma`no kuchaytirilishini (suvlar oqib



yotibdi), chama yoki taxminni (qirq yillar bo‘ldi kabi) ifodalagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida

esa «-lar» affiksining so‘zlarni terminlashtirish funktsiyasi ham paydo bo‘lgan:


5. Sinonimlar – stilistik vosita sifatida Sinonimlaming stilistik xususiyatlari Leksik stilistikada sinonimiya hodisasi muhim o‘rin tutadi. Stilistik bo‘yoqli so‘zlar, ayniqsa, sinonimik qatorda o‘z ifodasini topadi. Mahumki, sinonimik qatoming uzunligi turlichadir: bir tomondan, sinonimik qator faqat ikkita so‘zdan tuzilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bir nccha so'zdan tuzilislii mumkin, masalan: ikki qismli sinonimik qator: chopmoq-yugunnoq, sevinmoq-xursund bo ‘Imoq, uysiz-joysiz, dum-quyruq. Ko‘p qismli sinonimik qator: yuz, aft, bashara, turq, bet, chehra, siymo kulmoq, jilmaymoq, tabassum qilmoq, tirjaymoq, irshaymoq, iljaymoq, ishshaymoq. Bu sinonimik qatordagi har bir so‘z turli nulq vaziyatlarida tanlab ishlatiladi. Masalan: shamol, sabo, yel, shabada, tot'fon, dovul, bo kulmoq, jilmaymoq, tabassum qilmoq, tirjaymoq, irshaymoq, iljaymoq, ishshaymoq. Bu sinonimik qatordagi har bir so‘z turli nulq vaziyatlarida tanlab ishlatiladi. Masalan: shamol, sabo, yel, shabada, tot'fon, dovul, bo.

6. Xulosa. Sinonimlarning o’zbek tili lug’atida tutgan o’rni O‘zbek tili leksikasiga o‘zlashishi sezilarli darajada ta’sir qilgan 20 dan ortiq til o‘zlashmalari mavjud, shuningdek, tilimizda o‘zlashishi faol bo‘lmagan bir qancha tillarning o‘zlashmalari ham uchrab turadi. Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda o‘zlashgan ayrim leksemalar rus tilining tabiatiga moslashgan holda tilimizga o‘zlashgan. Masalan, chempionat, trenirovka, tanketka, kovboyka, trusi kabi leksemalar so‘ngida -at, -ka singari elementlarning kelish hollari inglizcha leksemalarning tabiatidan yiroq hisoblanadi. Shuningdek, bu kabi hodisani xaker, xuligan va xoll kabi leksemalarda h fonemasi o‘rniga x fonemasi ishlatilganidan ham sezish mumkin. O‘zbek tili leksikasining katta qismini o‘z qatlam leksemalari tashkil etadi. Lug‘at boyligimizdagi forscha-arabcha, shuningdek, ruscha o‘zlashma leksemalarning ham miqdori boshqa til o‘zlashmalariga qaraganda katta miqdorda bo‘lib, hozirda ularning qatoriga inglizcha o‘zlashmalarni ham kiritish mumkin. Eski nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 80 ga yaqin inglizcha o‘zlashma so‘z kiritilgan bo’lsa, yangi nashrdagi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga 500 dan ortiq inglizcha o‘zlashma so‘z izohlangan. Shuningdek, “O‘zbek tiliga o‘zlashgan inglizcha so‘zlarning izohli lug‘ati”da 350 dan ortiq so‘z, bundan tashqari, vaqtli matbuotda qo‘llanayotgan neologizmlar, “Inglizcha-o‘zbekcharuscha axborot texnologiyalari va internetga oid qisqacha atamalar lug‘ati” kabi inglizcha o‘zlashmalar hisobiga mingdan ortiq leksema o’zlashganini aniq aytish mumkin. Kundalik so‘zlashuvda ishlatilayotgan va qo‘llanilishi faol bo‘lgan ayrim leksemalarning “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dan joy olmaganini kuzatish mumkin. Masalan, imij, koka-kola, minimarket, gipermarket, chizburger, xot-dog, chipsi, netbuk, blutus, flesh xotira, vay-fay, planshet, intranet kabi ko‘plab leksemalar ham izohli lug‘atimizdan joy olishi zarur.



ADABIYOTLAR::

1. Sobirova M. Mant ustida ishlash jarayonida o’quvchi so’z boyligini oshirish. “Til va adabiyot ta’limi” jurnali. Toshkent, 1998 yil, 1-son, 29-31-betlar.

2. Abdiyev E. Yashin drammalari tilida sinonimlarning qo`llanishi, «Sovet maktabi» jurnali, 1986, ¹5, 35-36-betlar.

3. Ahmatov N. «Shayboniynoma» harbiy leksikasida sinonimlar. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1986. ¹ 6. 58-56–betlar.

4. Bafoyev B. Navoiy asarlarida sinonimlar. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1980. ¹ 6. 22-28-betlar.

5. Jumaniyozov R. Sinonimlarning ta`rifi masalasi. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1970. ¹ 1. 24

6. Zikrillayev G`. Buyruq-istak mayli formalarini sinonimik munosatlari. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1984. ¹ 6. 16-20- betlar.

7. Zikrillayev G`. O`tgan zamon formalarining sinonimik munosabatlari. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1981. ¹ 5. 12- 17-betlar.

8. Isamuhammedova M. Sinonimlarning vujudga kelish yo`llari haqida ba`zi mulohazalari. «Tilshunoslik masalalari» to`plami, 1- kitob. – Toshkent, 1980.

9. Mavlonova X. Sinonimlar klassifikatsiyasiga doir. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1978. ¹ 2.

10. Maxmatqulov S. Orttirma nisbat affikslarining sinonimiyasi. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1987. ¹ 5. 34-37-betlar.

11. Mulliyev T. Qil yordamchi fe`lining fe`l yasovchi affikslar bilan sinonimiyasi. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1985. ¹ 3. 55-57- betlar. 12. Nazarov K., Toshaliyev I. Yana sinonimlar lug`ati haqida. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1986, ¹ 2.

13. Nizomjonov H. Oybekning sinonimik vositalar ustida ishlashi haqida. («Navoiy» romani materiallari asosida), «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1985, ¹ 3. 24-28-betlar.

14. Sayfullayeva R. Hamza asarlarida sintaktik sinonimiya. «Sovet maktabi» jurnali, 1987, ¹ 10, 24-26-betlar.

15. Tursunov U., Rajabov N. Hozirgi zamon o`zbek tilidagi sinonimlar haqida ba`zi mulohazalar. «Trudi» SamGU, «Novaya seriya», 102, -Samarqand, 1980.

16. Ot birikmalari sinonimikasi va ularning ma`no turlari. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1973, ¹1.

17. To`ychiboyev B. Sintaktik sinonimlarning leksik va morfologik sinonimlar bilan munosabati. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1973, ¹6. 25

18. Usmonov S. Hozirgi o`zbek adabiy tilida omonimlar va sinonimlar. Nizomiy nomidagi ToshDPI ilmiy asarlari, 12- chiqarish. - Toshkent, 1989.



19. Qarshiyev B. Rus va o`zbek tillarida frazeologik sinonimiya va antoimiya. «O`zbek tili va adabiyoti» jurnali, 1982, ¹5, 33-36- betlar.

20. Qo`chqortoyev I. Sinonim so`zlar va ularning ba`zi bir xususiyatlari. «Tilshunoslik masalalari» to`plami, 1-kitob. - Toshkent, 1980.
Download 42.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling