Mavzu: Hujjat turlarida qoliplashgan,turg’unlashgan birliklarning
Download 10.52 Kb.
|
Mavzu Hujjat turlarida qoliplashgan,turg’unlashgan birliklarnin-fayllar.org
Mavzu: Hujjat turlarida qoliplashgan,turg’unlashgan birliklarning mavzu:Hujjat turlarida qoliplashgan,turg’unlashgan birliklarningReja:1.Hujjat turlarida qoliplashgan, turg’unlashgan birliklarning o’rni. 2.Hujjatlarda tinish belgilarining qo’llanilishi. 3.Hujjatlarda so’z turkumlarining qo’llanilishi. Hujjatlar tuzilishiga ko‘ra tasnif qilinganda ichki va tashqi hujjatlargabo‘linadi. Mazmuniga ko‘ra soddahujjatlar – muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi. Murakkab hujjatlar – ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi. Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo‘lmasligi xususiy xujjatlarning asosiy belgilaridir. Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi. Namunaviy hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o‘zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida bosma va qo‘lda yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha “yozmoq”emas, balki “to‘ldirmoq” so‘zi ishlatiladi. Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra muassasa yoki mansabdar shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatidan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat va h.K.). Ma’muriy-boshqaruv faoliyatidagi xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasnif qilingan: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumot-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.Download 10.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling