Mavzu: Ichki sekretsiya bezlarining yoshga oid xususiyatlari
Download 6.26 Kb.
|
Ichki sekretsiya bezlarining yoshga oid xususiyatlari.
Mavzu: Ichki sekretsiya bezlarining yoshga oid xususiyatlari. Tayanch tushunchalar: Epifiz, gipofiz, qalqonsimon bez, me'da osti bezi, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar, gormon, sekretsiya, endokrin bezlar, Bazed, miksidema, insulin, tiroksin, glyukogen kortikosteroid. Odam organizmidagi barcha funktsiyalar nerv va gumoral yo`l bilan boshqariladi. Gumoral yo`l bilan boshqarilishida odam tanasining turli qismlarida joylashgan bezlar orqali amalga oshadi. Odam tanasidagi bezlar ichki sekretsiya bezlari ham deyilib, ularda ishlab chiqarilgan suyuqlik garmonlar deb ataladi. Gormon termini ingliz fiziologlari Beytiss va Stoling tomonidan 1905 yilda fanga kiritilgan. Ichki sekretsiya bezlari fiziologik aktiv modda gormonlar ishlab chiqaradi. (yunoncha horman- qo`zgatmoq degan so`zdan olingan). Ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan garmonlar juda oz miqdorda ya'ni gramning miliondan bir qismiga teng bo`lib, ular to`g`ridan to`g`ri qon va limfaga quyiladi. Ichki sekretsiya bezlariga: gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, ayrisimon bez, me'da osti bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar kiradi. Bu bezlar moddalar almashuviga, organizmning o`sishi va rivojlanishiga hamda jismoniy va ruhiy jihatdan rivojlanish, balog`atga yetish va barcha organlarning faoliyatiga ta'sir ko`rsatadi. Bundan tashqari nafas olishga, qon aylanishiga, ovqat hazm qilishga, ayirishga, ko`payish organlari funktsiyasiga ta'sir ko`rsatadi. Ichki sekretsiya bezlari embrion rivojlanishining boshlang`ich davrlarida shakllanib, ularda ishlab chiqariladigan gormonlar ona qornidagi bolaning o`sishiga o`z ta'sirini ko`rsatadi. Ichki sekretsiya bezlarining hammasi birga qo`shilgan holda organizmning endokren sistemasini hosil qiladi. Endokrin yunoncha so`z bo`lib «endos» –ichkariga «krino» –ajrataman degan ma'noni bildiradi. Ichki sekretsiya bezlarining ish faoliyatini gipofiz bezi boshqarib turadi. Gipofiz bezi funktsiyasini esa markaziy nerv sistemasi tomonidan, ya'ni oraliq miyadagi gipotalomusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi. Gipofiz bezi morfofunktsiyaonal jihatdan gipotalomusga juda yaqindan bog`liqdir. Shuning uchun ham bular birgalikda gipotalama-gipofizar sistema deb ataladi. Gormonlarni bir necha o’ziga xos xossalari mavjud. 1.Har bir gormon muayyan organ va funktsiyalarga ta’sir etib, ularda o’ziga xos o’zgarishlarni yuzaga chiqaradi. 2.Gormonlar biologik jihatdan aktiv bo’ladi. Masalan: 1 gr adrenalin (buyrak usti bezlari gormoni) 10 mln baqadan ajratib olingan yuragining ishini kuchaytira oladi. 1gr (me’da osti bezining Langergans orolchalaridan chiqadigan gormon) 12000 quyon qonidagi shakarni kamaytira oladi. 3.Gormonlar (distant) uzoqdan turib ta’sir ko’rsata oladi. Gormonlar qaysi organlarda hosil bo’lsa, o’sha organlarga ta’sir qilmay, balki mazkur bezlardan uzoqdagi organlarga ta’sir etadi. 4.Gormonlar molekulasi nisbatan kichik bo’ladi, shuning uchun ular organ va to’qimalarni qondan ajratib turuvchi kapillyarlar endoteleysidan, shuningdek hujayra membranalaridan o’ta oladi. 5.Gormonlar to’qimalarda birmuncha tez parchalanadi. Shuning uchun gormonlar qonda yetarli miqdorda bo’lishi, ular uzoqroq yoki uzluksiz ta’sir etishi uchun muayyan bezdan doim chiqib turishi zarur. 6.Kupchilik gormonlarning turga xos xususiyati yo’q. Shunday bo’lgani uchun qoramol, cho’chqa va boshqa hayvonlardan olingan gormonal preparatlarni meditsinada qo’llash mumkin. Download 6.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling