Mavzu: Ideal gaz holat tenglamasi
Download 86 Kb.
|
phpOVdLp7 elastiklik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars jihozlari:egiluvchan,cho’ziluvchan,siqiluvchan jismlar(rezina,prujina , chizg’ich),dinamometr va yuklar,DVD Dars uslubi
- Darsning borishi. I.Tashkiliy on
- Tekshirish bo’yicha xulosa
- III.Yangi mavzu bayoni . Mavzu rejasi.
- IV.Mustahkamlash .Baholash
- V.Uy vazifasi
Mavzu: Elastiklik kuchi. Maqsad:a)DTS ga binoan elastiklik kuchlari haqida bilimlar berish, Guk qonuniga doir masdalalar yechish ko’nikmasini shakillantirish. b) Tabiatda kuchlarni o’rgazish va xulosalar chiqarib mulohaza qilish malakasini hosil qilish. c) O’quvchilarni Jahon fiziklari va O’zbekiston fiziklari erishgan yutuqlardan g’ururlanish hisini uyg’otish va kasb –hunarga yo’llash.
.
Tashkiliy on (3 minut) O’tilgan mavzuni suhbatlashish orqali tekshirish.(10 minut) Yangi mavzu bayoni( 20 minut) Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol javoblar, masala yechish .Baholash(10 minut) Uyga vazifa berish.(2 minut) Darsning borishi. I.Tashkiliy on :1.Salomlashish,Yahshi kayfiyat tilash. 2.Aqliy hujum. Tabiatda qanday kuchlar mavjud? II.O’tilgan mavzuni tekshirish: 1.O’tilgan mavzulardagi formula va kattaliklarni tarqatmalar yordamida takrorlash va o’lchov birligini to’g’ri qo’yish.(Barcha oquvchilar qatnashadi va tekshirib boradilar.) 2.Savol va topshiriqlar bilan ishlash a).Nyuton qonunlarini ayting? b)Dinamikani asosiy terminlari. c)Ozbekistonimizda nechta akademik inistitut faoliyat ko’rsatadi.? d)Ilimga olishdga davat etuvchi hadislardan birini ayting. 3)Tekshirish bo’yicha xulosa: Yurtimizda ta’lim sohasiga 12 foiz daromad ajratiladi.Holbuki jahon miqyosida bu ko’rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi.O’zbekiston o’zining milliy Fanlar akademiyasiga ega,unda ilmiy texnik salohiyatga ega 43 ta akademik institut faoliyat ko’rsatadi. Yadro va issiqlik fizikasi bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. III.Yangi mavzu bayoni. Mavzu rejasi. 1.Deformatsiya va uning turlari 2.Elastiklik kuchi 3.Guk qonuni. 4.Xulosalar yasash va masalalar yechish. Ilim olish haqida aytilgan hadis shiorimiz bo’la qolsin. a) Mavzuni qo’limizdagi chizg’ichni egib qoyib yuboramiz va chizg’ich tekkis bo’lib qolganini bolalarga ko’rsatib sababi so’raladi. O’quvchilar fikrlari tinllanib,yangi mavzu bayonini boshlaymiz. Demak, kuch tasirida jism shaklini o’zgarishiga deformatsiya deyiladi. Kuch to’xtatilgandan so’ng jism o’z holatiga qaytsa elastik ,qaytmasa plastik deformatsiya deyiladi .DVD yordamida hayotiy misollar ko’rsatiladi. . Rasmlarga qarab o’quvchilar fikr bildirishlari mumkin. b) Oddiy dinamometrga yuk ilib prujinasini chozilganini guvohi bo’lamiz.Yana rezinkani cho’zib qo’yib yuborsak oz holatiga qaytadi. Bunga sabab jism deformatsiyalanganda tashqiy kuchga qarshilik ko’rsatadigan qarama –qarshi yonalgan elastiklik kuchi mavjud bo’ladi. F=-kl bu yerda k- prujinaning bikrligi,l- cho’zilish kattaligi. c)1660 yilda ingiliz olimi Robert Guk jism deformatsiyasi unga qo’yilgan tashqiy kuchga to’g’ri proporsional ekanligini aniqlagan, shining uchun bu qonun Guk qonuni deyiladi. Jismning bikirligi qancha katta bolsa ,u shuncha qiyin cho’ziladi yoki siqiladi. Guk qonunidagi bikirlik turli jismlar uchun turlichadir. Bikirlik qo’yidagi kattaliklarga bog’liq. k= ES/l o’lchov birligi N/m E-elastiklik moduli (turli moddalar uchun turlicha) S-Ko’ndalang kesim yuzi. l- uzunligi. .
a)Mavzudagi asosiy tushunca va terminlarni yozing va ayting (I-guruh uchun) b)11-mashqning 2-4- masalasini yeching (II-gurun uchun) s) Test topshiriqni bajaring. (III- guruh uchun) Topshiriqlar uchun 4-minut vaqt , guruh sardorlari masala va testni tekshiradilar,I-guruh javoblari eshitiladi.To’g’iri ishlagan o’quvchi masalani doskaga yozadi. O’quvchilar ishlari izohlab baholanadi va rag’barlantiriladi. Vatanga muhabbat siz egallagan bilimlar zaminida, kelajakda buyuk ishlar qilishga undaydi. Bundan ko’rinadiki , siz jamiyat uchin kerakli insonsiz! V.Uy vazifasi. Mavzuni o’rganish va daftarga asosiy tushunchalarni yozish,11-mashq 5- masalani yechish. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling