Mavzu ildiz va ildiz tizimi
Download 1.76 Mb.
|
Taqdimot (5)
Mavzu ildiz va ildiz tizimiIldiz – yuksak о‘simliklarning yer ostki vegetativ organi hisoblanadi. Ildizning poyadan morfologik jihatidan ularda bо‘g‘im va barglarning mavjud emasligi, ildizda esa uchki meristema hujayralari qobiq bilan о‘ralganligi va meristema hujayralari tashqariga va ichkariga hujayralar hosil qilganligi bilan farqlanadi.Ildiz tizimi. Har bir о‘simlik odatda, kо‘p sonli kuchli shoxlangan ildiz tizimidan iborat bо‘ladi. Ildiz tizimsi – asosiy, yon qо‘shimcha ildizlarning yig‘indisidan tashkil topadi. Asosan ikki xil: о‘q ildiz va popuk ildiz tizimlari bо‘linadi. Ochiq urug‘li va gulli о‘simliklarning asosiy ildizi murtak ildizdan rivojlanadi va yer qatlamlari bо‘ylab pastga qarab о‘sadi. Asosiy ildizning apikal meristemaga yaqin joyida yon ildizlar paydo bо‘ladi.Ildizning birlamchi tuzilishi. Ildizda bо‘g‘imlarning bо‘lmaganligi sababli ildizning ichki tuzilishi poyaning ichki tuzilishiga nisbatan soddaroq tuzilgandir. Shuning uchun barcha ildizda tо‘qimalarning joylashishi deyarlik bir xildadir. Yosh ildizning ichki tuzilishida uchta asosiy tо‘qimalarni: qoplovchi tо‘qima - rizoderma; birlamchi pо‘stloq parenximasi va о‘tkazuvchi tо‘qimalarni kо‘rish mumkin. Rizoderma tuproqdagi suv va suvda erigan mineral moddalarni ildizga о‘tkazadiKо‘p vaqtda ildizlar ayrim vazifalarni bajaradilar natijada ularning shakllari ham о‘zgarib ketadi. Bunday ildizlarga shakli о‘zgargan yani metamorfozlashgan ildizlar deyiladi. Metamorfoz deganda organlarning bajaradigan vazifasiga qarab shaklini keskin о‘zgarishi va bu belgining nasldan-naslga о‘tishi tushuniladi. Kо‘pchilik о‘simliklarning ildizlari tuproqdagi zamburug‘lar bilan birgalikda – simbioz hayot kechiradilar. Ya’ni ildizning uchki qismini va u bilan birgalikda о‘sgan zamburug‘ giflari mikorizani hosil qiladi (yunon. mikos – zamburug‘, riza – ildiz).G‘amlovchi ildizlar va Ildiz mevalar (zahira ildizlar) – bunday ildizlar о‘simlik vegetatsiyasining birinchi yilida shakllanadi. Morfologik jihatdan bunday ildizlar murakkab tuzilishga ega bо‘lib, ular asosiy ildizdan, gipokotildan va qisqargan poyadan iborat bо‘lib, yer ustki qismida tupbarg hosil qiladilar. Zahira ildizlar odatda yо‘g‘onlashgan va kuchli parenximlashgan bо‘ladi. Zahira parenxima birlamchi po‘stloqda, yog‘ochlikda va o‘zakda tо‘planadi (53-rasm)Ildiz g‘uddalari – о‘zida zahira oziq moddalari tо‘playdigan, shaklini о‘zgartirgan yon va qо‘shimcha ildizlar hisoblanadi (georgin ildizi) (53-rasm). Ildizda oziq modda tо‘planishi hisobiga uning uchki yoki о‘rta qismi yо‘g‘onlashadi. Ba’zan ildizda oziq modda tо‘planish hisobiga tasbehsimon tuzilishga ega bо‘ladi. Ildiz g‘uddalarining о‘lchamlar juda ham о‘zgaruvchan bо‘ladi. Masalan: yams tropik о‘simligida g‘uddalarning о‘lchami 5 kgdan 50 kggacha yetadi, ularda kraxmal juda kо‘p bо‘ladi, shu bois ulardan oziqa sifatida foydalaniladi.Ildiz mevalar – kо‘proq ikki yillik о‘simliklarga xos bо‘lib, ildizida kо‘p miqdorda oziq moddalarini tо‘plashi bilan boshqa ildizlardan farq qiladi. Ularning morfologik kelib chiqishi ancha murakkab bо‘lib, shakllanishda ham ildiz, ham poya qatnashadi. Masalan: sabzining ildiz mevasini hosil bо‘lishida ildiz va gipokotel qatnashadi. Lavlagi faqat ildizdan iborat Rediska hosil bо‘lishida gipokotil qatnashadi, sholg‘omning ildizi faqat pastki qismida bо‘ladi. Bu ildiz mevalar orasida kо‘pgina oraliq shakllarni uchratish mumkin.Nafas oluvchi ildizlar – okeanlarning balchiqli qirg‘oqlarida о‘sgan tropik daraxtlarda yaxshi rivojlangan. Avisenna daraxtining ildiz tizimsi juda murakkab bо‘ladi. Ildizlarda yuqoriga qarab vertikal о‘suvchi havo ildizlari paydo bо‘ladi. Botqoq kiparisi bunga misol bо‘ladi Bu ildizlarning uchlarida aerenxima bilan tutashgan teshiklari bо‘lib, havo shu tо‘qimalar orqali suv tagidagi organlarga о‘tadiUstunsimon ildizlar – Hindistonda o‘sadigan banyan daraxtida yaxshi rivojlanib, qo‘shimcha ildizlar kabi daraxtlarning gorizontal shoxlarida paydo bo‘ladi va pastga osilib tushib tuproqqa kirib boradi. Bu ildizlar kuchli o‘sib daraxtlarda tayanch vazifasini bajaradiО‘rmalovchi ildizlar – adventiv (qо‘shimcha) ildizlarning kо‘rinishi о‘zgargan tiplaridan biri hisoblanadi. Bunday ildizlarga dengizlarning qirg‘oqlarida о‘sadigan о‘simliklar ildizi misol bо‘lib, ularga suvning kelib urulishi va qaytishiga moslashgan tropik о‘simliklar xosdir. Bunday о‘simliklar mangr о‘simlik qoplamini hosil qiladi.Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling