Mavzu: Ilmiy uslub va uning turlari. Ilmiy uslubning leksik grammatik xususiyatlari mt 1905 Egamova Charos
Download 216.36 Kb.
|
Ilmiy uslubiyat Murodxo\'jaeva Nargiza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy uslub. Ilmiy uslub fanning turli sohalariga aloqador so‘z va terminlarni (atamalarni) ko‘proq tasarruf qilish
- Title text addition
- Etiboringiz uchun raxmat!
Mavzu: Ilmiy uslub va uning turlari. Ilmiy uslubning leksik grammatik xususiyatlari MT_1905 Egamova Charos Fan: Amaliy uslubiyat Mundarija Ilmiy uslub haqida ma'lumot Ilmiy uslubning leksik xususiyatlari Ilmiy uslubning og'zaki va yozma shakllari Ilmiy uslub. Ilmiy uslub fanning turli sohalariga aloqador so‘z va terminlarni (atamalarni) ko‘proq tasarruf qilish, bayonning mantiqiy dalillariga tayanishi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Title text addition Ilmiy uslubning ilmiy va ilmiy-ommabop ko‘rinishlari bor. Ilmiy-ommabop bayon o‘zining leksik tarkibi va sintaksisi bilan xalq ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi: bunga izohli lug‘atlar, sohalarga oid lug‘atlar kiradi. Ilmiy uslubda esa tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta'riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o‘zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil etadi. Title text addition Axborotning obyektivligi, aniqligi; Nutqning ma'lumotlarga boyligi; Fikrning qisqa, lo‘nda ifodalanishi. Otlarni asosan birlikda ishlatish. Title text addition Ilmiy uslub fan-texnika va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifaviy uslubdir. U yana ilmiy-texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o‘quv-ilmiy, publitsistik kabi jabhalarga ega. Fanning u yoki bu sohasiga oid tushunchalarni ifodalovchi termin va atamalarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Ko‘rinadiki, ilmiy uslub adabiy tilning me'yorlarini to‘la saqlash bilan ham ajralib turadi. Bu uslubda nutqning ixcham bo‘lishiga intilish kuchli, lekin sintaktik qurilma ko‘pincha murakkab bo‘ladi. Title text addition Ilmiy uslub leksikasiga ko‘proq kitobiy, neytral so‘zlarni to‘g‘ri ma'nosida qo‘llash xarakterlidir. Bu uslub uchun begona unsurlarni, tilning obrazli vositalarini qo‘llash xarakterli emas. Ilmiy uslub o‘zining quyidagi morfologik xususiyatlari bilan ham ajralib turadi: 1. Turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko‘p ishlatilishi; 2. Adabiy tilda odatda birlik shaklda qo‘llanuvchi sanash mumkin bo‘lmagan narsalarni «nav», «tur» ma'nosida ko‘plik affiksi bilan ishlatish (suvlar, moylar); 3. Otlarni asosan birlikda ishlatish. Ilmiy uslubning sintaktik xosligi shundaki, unda qo‘shma va murakkab gaplarga tez-tez murojaat qilinadi. Ilmiy uslubda tabiat va jamiyat xodisalari aniq, qandaydir qoidalar, formulalar asosida ifodalanadi. Ilmiy bayonda fikr mantiqiy va ashyoviy dalillar bilan mustahkamlanib boriladi. Ilmiy uslubda to‘liqsiz gaplar, bir tarkibli gaplar so‘z-gaplar deyarli uchramaydi. So‘zlashuvning qisqa dialogik turi ham ilmiy uslub uchun begonadir. E'tiboringiz uchun raxmat! Download 216.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling