Mavzu: Inson ongida abstrakt tasavvurlarning yuzaga kelishi. Reja Ishlab chiqarish kuchlarining rivoji Fikr va nutqning vujudga kelishi


Download 17.35 Kb.
bet1/3
Sana20.01.2023
Hajmi17.35 Kb.
#1103412
  1   2   3
Bog'liq
1-ma\'ruza (2)


Mavzu:Inson ongida abstrakt tasavvurlarning yuzaga kelishi.
Reja
1. Ishlab chiqarish kuchlarining rivoji
2. Fikr va nutqning vujudga kelishi
3. Mafkuraviy g’oyaviy (ideologik) tushunchalarning boshlanishi


1. Ishlab chiqarish kuchlarining rivoji
Pleystosenning ilk va o’rta bosqichiga kelib gominidlar oilasi evolyusiyasi o’z nihoyasiga yetib, hozirgi zamon tipidagi odamzod vujudga keldi. Darhaqiqat, qadimgi Homo urug’i vakili neandertal odami mehnat qilish bilan bog’liq tuzumga ega edi. Jumladan, uning miya taraqqiyoti hozirgi zamon odamiga yaqin turardi, mehnat qilish qobiliyatiga ega edi, tik yurish va harakatchanligi bilan o’zining avvalgi o’tmishdoshlaridan keskin farq qilardi. Shu kabi xususiyatlarga qaramasdan miya taraqqiyotida ojizlik hamda qo’l harakatchanligi chegaralangan edi. Bu kabi yetishmovchiliklar fikrlash va nutqning bir maromda rivojlanishini ta’minlamas edi. Bunday yetishmovchiliklar hali toshni qurol yasash uchun qayta ishlash va texnologiyani takomillashtirishda ojizlik qilardi. Bu kabi xususiyatlar ijtimoiy hayot shaklining yuzaga kelishiga to’sqinlik qilardi.
Hozirgi zamon tipidagi odamlarning paydo bo’lishi pleystosenning ikkinchi yarmi, so’nggi paleolitning boshlang’ich bosqichida sodir bo’ladi. Fanda hozirgi zamon odam turi shakllanishining dastlabki joyi qayerda bo’lganligi bilan bog’liq masalada keskin mulohazalar yuz berdi. Bir guruh olimlar uning dastlabki vatani butun Eski Dunyo bo’lganligi va Homo Sapiensning aynan shu hududlarda shakllanganligini yoqlab chiqdilar. Shu bilan birga hozirgi zamon turidagi odamlar neandertal odamlarning har xil irqi bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan, degan ta’limotni ilgari surishdilar. Bu ta’limot antropologik nuqtai nazardan polisentrizm gipotezasining paydo bo’lishiga olib keldi. Shuning bilan birga bu ta’limot mualliflari ovropa irqi Ovropada yashagan neandertallardan tarqalgan, negroidlar afrikalik neandertallar irqi shaklidan va mongoloid irqi tipidagilar pitekantroplarning so’nggi avlodidan shakllangan, degan ta’limotni yoqlab chiqdilar. Bu ta’limotning haqiqatga yaqinligini arxeologik dalillarning, jumladan, ilk paleolitdan so’nggi paleolit davrigacha bo’lgan uzluksiz rivojlanish tasdiqlaydi. Boshqa bir gipoteza fanda monosentrizm nomini oldi. Bu gipoteza tarafdorlari hozirgi zamon odam irqi bilan neandertal odam irqining morfologiyasining sezilarli o’xshashligi yo’q va hozirgi zamon turidagi odamning paydo bo’lish markazi Old Osiyo va O’rta Yer dengizi oykumenida yashagan har xil tipdagi neandertallarning aralashib yashashidan kelib chiqqan, degan fikrni qo’llashdilar. Bu gipoteza tarafdorlari Falastin hududlaridan topilgan neandertallarda morfologik jihatdan birmuncha progressivligini vaj qilib, Xoma sapiyensning ilk vatani yuqorida aytilgan hududlar bo’lishi mumkin, degan ta’limotni himoya qilib chiqishdilar. Umuman, odamzodning dastlabki paydo bo’lish markazi qayer ekanligi masalasi fanda hamon mulohazali masala bo’lib qolmoqda.
Ilk paleolitdan so’nggi paleolitga peshma-pesh o’tish bosqichlarida mehnat qurollarining doimiy takomillashuvi oqibatida hozirgi zamon turidagi odam shakllanib bo’ldi. Ilk paleolit bosqichi davrida yuzaga kelgan odam birlashmalari so’nggi paleolit davriga kelib muayyan darajada rivojlangan mustahkam jamoani tashkil etardi. Shu tarzda kollektiv mehnat kollektiv bo’lib yashashga sharoit yaratdi. Mehnat qilish tajribalar osha bordi. Qurol yasash texnologiyasi takomillashib bordi. Bu jarayon avloddan avlodga meros bo’lib qoladigan bo’ldi. Ibtidoiy kollektivning yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivoji, avvalo, toshdan qurol yasash texnologiyasining oshishiga olib keldi. Endilikda odamlar toshdan shaklsiz dag’al tosh parchalari o’rniga tosh o’zakdan yupqa uzun paraqalar ajratib olish texnologiyasini qo’llay boshladi. Bunday o’tkir qirrali paraqalarning ikki tomonidan mayda kertuv berish texnikasi tufayli ixcham, o’tkir, ish unumini oshiradigan qurollar ishlab chiqarila boshlandi. Bu usul xom ashyoni tejash imkoniyatini ham yuzaga keltirdi. Yangi texnik-texnologiyaning joriy qilinishi tufayli xilma-xil, turli ishlarni bajaradigan maxsus qurollar tayyorlanadigan bo’ldi. Masalan, qirg’ich, keskich, teshgich, pichoq kabi maxsus qurollar ishlab chiqariladigan bo’lib, ishlab chiqarish differensiyasi kuchayib, mehnat qurollari tayyorlashning imkoniyati osha bordi va bu jarayon peshma-pesh tezlasha bordi.
So’nggi paleolit qurollarini ishlab chiqarishda ularning ayrimlariga dastalar o’rnatiladigan bo’lib, dastali qurollar ishlab chiqariladigan bo’ldi. Bu esa ijtimoiy ishlab chiqarishning muhim bosqichi hisoblanardi. Toshdan tashqari hayvon suyaklaridan, shoxlaridan qurollar ishlab chiqish yo’lga qo’yildi. Masalan, igna, juvoldiz, omoch tishi, nayza tig’i va qarmoq kabi qurollar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, tayanch taxtacha ustiga qo’yib, masofaga irg’itadigan qurollar ishlab chiqila boshlandi. Bu qurollar nayza otish masofasini ikki barobar oshirardi. Hayvon suyaklaridan baliq ovi uchun qarmoqlar ishlab chiqarila boshlandi. Xullas, bunday asbob-uskuna va qurollarning paydo bo’lishi ovchilik mahsulotining ko’payishiga, jamoa a’zolarining to’yinma oziq-ovqatga ega bo’lishiga sharoit yaratdi. Bunday qurollarning ixtiro qilinishi natijasida ovchilik xo’jaligi tobora rivojlana bordi. Arxeologik qazishmalar natijasiga qaraganda, endilikda odamlarda yirik to’da hayvonlarga ov qilish imkoniyati paydo bo’ladi. Masalan, Chexoslovakiyaning Prjedmoste so’nggi paleolit makonidan 40 mingdan oshiq qurollar bilan birga taxminan 800-1000 tagacha mamont suyak qoldiqlari topilgan. Fransiyaning Solyutri makonidan 10 ming ot suyagi, Ukrainadagi Amrosiyevka makonidan 1000 ta bizon suyaklari qoldiqlari topilgan. Samarqand makonidan xilma-xil tosh qurollar bilan ko’plab ot, buqa, bug’u kabi yirik hayvonlarning suyak qoldiqlari topilgan. Endilikda ovchilik kishilarga o’zlarini muayyan darajada ta’minlaydigan oziq-ovqatga ega bo’ldilar.
So’nggi paleolit davriga kelib odamlar yashash joy uchun nafaqat g’orlardan, balki sun’iy tarzda qurilgan chayla, yerto’la kulbalardan foydalanishga o’tadilar. To’g’ri, yuqori satrlarda aytilganidek, yashash kulbalarning qurilishi o’rta paleolit, ya’ni mustyer davridan ma’lum. Ammo yashash uchun uy-joylar qurish so’nggi paleolit davrida keng tarqaladi. Ayrim topib qazib o’rganilgan yashash chaylalarning egallagan maydoni 200 m2 ga yetardi. Ularning ayrimlarining pastki devorlari tosh qalamalardan iborat bo’lib, konus shaklida qurilgan va tomlar shox-shabba hamda hayvon terilari bilan yopilgan, o’rtasida tik yog’och ustun bo’lgan so’nggi paleolit davrida hayvon suyaklaridan qurilgan karkasli, ya’ni qalama chaylalar keng tarqalgan. Masalan, Voronej yaqinidagi Kostenko makonidan topib o’rganilgan kulbaning uzunligi 35 m, eni 15-16 m bo’lgan. O’rtalikda qadab qo’yilgan ustun atrofida 9 ta o’choq joylashgan. Bu davrda shunday katta kulbalardan tashqari bir necha kichikroq kulbalardan iborat «qishloqlar» ham tashkil topadi. So’nggi paleolit davrida vyurem muzligi davrining sovuq iqlimi kirib keladi. Bu hodisa odamzod kiyim-kechagi evolyusiyasiga ta’sirini o’tkazadi. Topilma suyak ignalarning serobligiga qaraganda, hayvon terilaridan nafaqat chayla uylarning ust qismini yopish, shuningdek, kiyim-kechak tikib, kiyinishda ham keng foydalanilgan. So’nggi paleolit davrida yashash chaylalarni tunda yoritish maqsadida hayvon suyaklaridan, toshni o’yib unga hayvon yog’ini quyib, pilik o’rnatib yorug’lik berish usulidan foydalanish, xullas, o’z davrining pilikli chirog’i paydo bo’ladi. Ishlab chiqarish kuchlarining tobora rivojlanishi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining takomillashib borishiga olib keladi.

Download 17.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling