Mavzu: Ishlab chiqarish tiplari va ishni tashkil etish shakllari. Mavzu rejasi


Download 130.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi130.2 Kb.
#1383061
  1   2   3


Mavzu: Ishlab chiqarish tiplari va ishni tashkil etish shakllari.
 
Mavzu rejasi: 
 
1. Yakka, seriyalab, ommaviy ishlab chiqarishning qisqacha tavsiflari. 
2. Operasiyalar boglanish koeffisienti va uning miqdoriga qarab ishlab 
chiqarish turini aniqlash.
3. Xar bir ishlab chiqarish turida ishni potokli yoki potoksiz tashkil qilish 
usullari. O`zgaruvchan oqimli, ommaviy oqimli ishlab chiqarish. O`zgaruvchan 
moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari sharoitida ishni tashkil qilish shakllari va 
ularning axamiyati. 
4. Ishlab chiqarish takti, sermexnatlik va serstanoklik tushunchalari. 
Adabiyotlar: [ 1 ] –147-159 b. [ 2 ] –22-26 betlar. [ 4 ] –21-28 betlar. 
Tayanch so’zlar: 1.Ishchi joy. 2. Yakka ishlab chiqarish. 3. Seriyali ishlab 
chiqarish. 4. Ommaviy ishlab chiqarish. 5. Potok. 6. Norma. 7. Vaqtni normalash. 
8. Vaqtlar: asosiy, yordamchi, tashkillashtirish (ishchi joyni va texnik), еhtiyoj, 
partiya uchun va tayyorlovchi-yakunlovchi. 
1. Yakka, seriyalab, ommaviy ishlab chiqarishning qisqacha 
tavsiflari. 
Berilgan ishlab chiqarish sharoitida TJni loyixalashning asosiy 
tamoyillaridan biri texnik, ikdisodiy va tashkiliy masalalarini birgalikda xal 
etishdir. Loyixalanayotgan TJ maxsulotning aniqlgini va sifatiga quyilgan 
barcha talablarni eng kam mexnat sarf qilingan xolda minimal
tannarxda xamda ishlab chiqarish dasturida belgilangan xajmda va muddatda 
ta'minlashi kerak. 
Zamonaviy ishlab chiqarish yakka tartibli, seriyali va ommaviy ishlab 
chiqarish turlariga bo`linadi. 
Yakka tartibli ishlab chiqarishda tayyorlanayotgan maxsulotning keng 
nomenqlaturada, kam xajmda (xajm deganda korxonaning rejalangan vaqt 
oraligida ma'lum bir mikdordagi, nomdagi, o`lchamdagi,
o`lchamlar toifasi buyicha maxsulotni ishlab chiqarishi tushuniladi). 
Maxsulotning xajmi oz bo`lib, texnologik operasiyani bajarish joyiga sanokli 
(birlar va o`nlar bilan xisoblanadi) zagotovka keladi. Ish joyida kam 
takrorlanigan yoki umuman takrorlanmaydigan turli xildagi
texnologik operasiyalar bajariladi. Bunda yukori aniqlikka ega bo`lgan jixozlar
ishlatiladi va ular texnologik guruxlar, ya'ni tokarlik, frezerlik, parmalash, tish 
kesish va boshka uchastkalar asosida sexda joylanadi. 
Yakka tartibli ishlab chiqarishda talab kilingan aniqlik sinov yurish va 
o`lchash usuli bilan aniqlanadi; detal va uzellarning o`zaro almashinuvchanligi 
aksariyat xolda amalga oshmaydi, shuning uchun o`lchamlarni joyida keltirish 
keng qo`llaniladi; ishchilar yuqori malakali bo`lish shart, chunki maxsulotning 
sifati ularning malakasiga boglik; texnologik xujjatlar kiskartirilgan va 


soddalashtirilgan bo`ladi; texnik me'yorlar ko`llanilmaydi; mexnatni tajribaviy-
statistik usulda me'yorlash qo`llaniladi. 

Download 130.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling