Mavzu: issiqlik taminoti tizimida bosim sozlash nuqtasi


Download 96.44 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi96.44 Kb.
#1130023
Bog'liq
karimov m

MAVZU: ISSIQLIK TAMINOTI TIZIMIDA BOSIM SOZLASH NUQTASI.

Issiqlik ta'minoti tizimlarini sozlashdan maqsad, uning barcha bo‘g‘inlarining bir maromda yuklanishi, ishlab chiqilgan va iste’mol qilingan issiqlik sarflarining bir-biriga mos kelishi va tizimning barcha ishlash rejimlarining me’yorda ushlab turilishini ta’minlashdan iboratdir.

Issiqlik berish rejimi sutkalik va yillik yuklanish grafiklari asosida rejalashtiriladi. Sutkalik grafiklarni issiqlik tarmog'ining dispetcherlik xizmati ob-havo sharoitiga ko‘ra bajarishdan bir sutka oldin issiqlik manbayiga beradi. Sutkalik grafik buyurtmali hujjat bo'lib.

unda tuman bo'yicha issiqlik tashuvchisining sarfi va harorati. shuningdek. issiqlik jihozlarining yuklanish me’yorlari ko'rsatiladi. Ob-havo sharoitlari o'zgarishi bilan bu ko'rsatkichlar tezkor ravishda o‘zgartiriladi

Issiqlik tarmoqlarini sinash. Issiqlik tarmoqlarining sinovlari ishga tushirish va foydalanish (ishlatish) turlariga bo'linadi. Hamma sinovlar mahsus tuzilgan sinov dasturlari bo'yicha bajariladi. Sinovlar quyidagilarga bo'linadi:

a) katta bosim berib sinash (opressovka) — quvurlar va armaturalar zichligi va mexanik mustahkamligini aniqlash uchun; b) gidravlik sinovlar - quvurlarning gidravlik tafsilotini aniqlash uchun; d) issiqlik sinovlari - issiqlik tarm og'ining amaldagi issiqlik yo‘qotishini aniqlash uchun;

e) hisobiy haroratga sinash - tarmoqning kompensatsiyalovchi qurilmalarini tekshirish va ularning normal holatini aniqlash uchun. Katta bosim berib sinash dastlabki va yakuniy sinovlardan iborat bo‘ladi

Issiqlik sinovlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad, tarmoqlardagi haqiqiy issiqlik yo‘qolishini aniqlash va uni hisobiy hamda me’yorlangan qiymatlar bilan solishtirishdir.Sinovlar vaqtida sinalayotgan uzatish yoki qaytish quvurining boshidagi oxiridagi suv sarfi va haroratlar o'lchanadi. Buning uchun barqaror rejim o‘rnatilib. 10 daqiqa oralig'ida bir nechta ko‘rsatkichlar olinadi

Olingan ko‘rsatkich!ar bo'yicha uzatish va qaytish quvurlarining issiqlik yo‘qotishi aniqlanadi. Haqiqiy va hisobiy issiqlik yo‘qolishlarni solishtirish natijasida izolatsiya sifati aniqlanadi. Issiqlik va gidravlik sinovlar har 3 -4 yilda bajariladi

FOYDALANILGAN MANBALAR: 1.VIKIPEDIYA 2.HOZIR.ORG

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 96.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling