Mavzu:" Izoxorik jarayonlar" Darsning maqsadi


Download 481.99 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi481.99 Kb.
#1082236
Bog'liq
Ish


Olmazor tumani 224-maktabning
Fizika fani amaliyotchisi 1903-huruh talabasi Yusupboyeva Malohatning ochiq dars ishlanmasi
Mavzu:" Izoxorik jarayonlar"


Darsning maqsadi:O'quvchilarda izojarayonlar,izoxorik jarayonlar haqidagi bilimlarni shakllantirish
Tarbiyaviyligi:O'quvchilarda o'zaro hurmatni,vatanparvarlikni yuksaltirish
Dars turi:Aralash,savol-javob,o'yin
I.Tashkiliy qism:
1.O'quvchilar bilan salomlashish
2.Davomat olish
II.Asosiy qism:
1.O'quvchilarni o'tgan darsni o'zlashtirganligini tekshirish maqsadida uyga vazifani so'rash
2.Mavzu bo'yicha masala ishlatish
3.Fizika boyicha qiziqarli savol-javob o'yinini o'tqazish
4.Fizik tajriba o'tqazish
5.Yangi mavzuni tushuntirish
6.Mavzuni mustahkamlash (savol-javob asosida)
7.Uyga vazifa berish
1. Izoxorik jarajonlar
Ideal gazning holat tenglamasi gazning massasi,molyar massasi,bosimi,hajmi va temperaturasi orasidagi bog'lanishni ifodalaydi:
PV= mRT/M
Berilgan gazning bitta parametri o'zgarmas bo'lganda qolganlari orasidagi bog'lanishni tavsiflaydigan jarayonlarga izojarayonlar deyiladi.
Ideal gazning massasi va hajmi o'zgarmas bo'lganda kechadigan jarayonlarga izoxorik jarayon deyiladi.
P/T = const.

Jarayonni xarakterlovchi egri chiziq izoxora deb ataladi.


2.Mavzuni mustahkamlashga oid savollar:
1.Izojarayonlar deb nimaga aytiladi?
2.Izoxorik jarayon nima?
3.Izoxorik jarayon formulasi qanday?
4.Izoxora nima?

3.Fizikaga oid qiziqarli savollar:
1.Muz nega suvda to'la cho'kmaydi?
2.Yomg'ir qanday yog'adi?
3.Nima uchun kun va tun almashadi?
4.Quyosh nurlari yerga necha minutda yetib keladi?
5.Qaynab sovugan suv tez qaynaydimi yo xom suv?
6.Nimaga stakanga qaynoq suv solsak sinib ketishi mumkin?


4.Fizik tajribalar o'quvchilar bilan birgalikda qilindi.
5. Uyga vazifa: Mavzuni o'qib, kitobdagi mavzu yuzasidan savollarga javob yozish.


Download 481.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling