Mavzu: Jismoniy mashqlarning odam organizmi funksiyalariga


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1732351
  1   2
Bog'liq
3-sport taq



Mavzu: Jismoniy mashqlarning odam organizmi funksiyalariga
ta’siri. Tezlik va tezlashuvchi-kuchlilik mashqlarni
o’rganishning fiziologik asoslari. Zararli
odatlarning inson organizmiga salbiy ta’sirlarini o’rganish


Reja:
1 Jismoniy mashqlarning odam organizmi funksiyalariga ta’siri.
2 Tezlik va tezlashuvchi-kuchlilik mashqlarni o’rganishning fiziologik
asoslari. Zararli odatlarning inson organizmiga salbiy ta’sirlarini
o’rganish


Inson organizmining rivojlanishida harakat, muskul faoliyati, 
jismoniy ish muhim o’rin tutadi, chunki uning hayot kechirishi, 
turmush tarzi bevosita faol harakat qilishni taqoza qiladi. Bunday
bog’lanish inson paydo bo’lganidan beri hayot kechirishning
ajralmas qismi bo’lib evolyusion yo’l bilan mustahkamlangan.
Shu sababli harkat faqat yashash uchun kerak bo’lib qolmasdan
(ovqat topib yeyish, dushmandan o’zini himoya qilish, noqulay
omillardan muhofazalanish va boshqalar), barcha tashqi va ichki
a'zolarning ham me'yoriy ishlashi uchun zaruratga
aylangan. Hozirgi sharoitda esa texnikaning tezlik bilan
rivojlanishi, turmushda avtomatlashtirish va
mexanizatsiyalashtirishning toboro keng ko’lamda qo’llanilishi
insonning bevosita harakat qilishini ancha-muncha cheklab qo’ydi.


Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari bilan muntazam ravishda
shug’ullanish ish qobiliyatining oshishiga, mehnat unumdorligining yuqori
bo’lishiga olib keladi. Bu fikrni ham ko’pgina misollar bilan tasdiqlash
mumkin. Tikuvchilik fabrikasida monoton (bir xil) mehnat
qiladiganlarning vaqti-vaqti bilan (har ikki soatda) maxsus badantarbiya
mashqlari bajarib turganlari ishlab chiqarish unumdorligida yaxshi
ko’rsatgichlarga erishgan. Nafaqat qo’l kuchi bilan ish bajaradiganlar, aqliy
mehnat qiluvchilar ham tegishli vaqt o’tishi bilan maxsus jismoniy
mashqlar bajarib tursa unumli ishlaydi. Demak, inson organizmiga uning
faol va sog’lom hayot kechirishi uchun ovqat, havo va suv bilan bir
qatorda yetarli darajada jismoniy harakat qilib turishi ham zarur ekanligi
shubhasiz.


Gipodinamiya va uning organizm funksional holatiga ta'siri. Gipodinamiya
(yunoncha hypo - past, kam, dynamis - kuch) u organizm funksiyalarida (harakat 
- tayanch apparati qon aylanish, nafas olish, ichki sekretsiya bezlari, ovqat hazm
qilish tizimlari, asab tizimi hamda moddalar va energiya almashinuvi faoliyatida) 
kam harakatlilik tufayli kelib chiqadigan nuqsonlar. Ba'zan bu atama
gipokeniziya so’zi bilan almashtiriladi, (Kinesis - harakat) bu unchalik to’g’ri
emas. chunki gipokeniz atamasi ko’pincha harakatning ilojsiz cheklanishi
(masalan, kasallik tufayli ko’rpa to’shak rejimida yotish) ifodalaydi. 
Gipodinamiyaning kelib chiqishida, qayd qilganimizdek, ishlab chiqarishning
avtomatlashtirilishi va texnikaviy rivojlanish tufayli turmush tarzida bevosita
harakat qilishning toboro qisqarib borishi asosiy sabab bo’lmoqda.
Hisob-kitob qilinishicha har sutkada odam o’rtacha umumiy energiyasining
1300-1500 kaloriyasini jismoniy ishga sarflangandagina uning jismoniy
harakatga nisbatan talabi qonadi. Agar buni bevosita harakat qilishga chiqsak bir
kecha-yu kunduz davomida odam o’rtacha 11000 qadam bosishi kerak. Buning
ichiga kun uzog’ida qilingan barcha hatti-harakatlar (ertalab uyqudan turgandan
barcha tirikchilik va kundalik ish bilan bog’liq harakat faoliyati) ham kiradi.


Harakatning tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, namoyon bo‘ladigan
kuch shunchalik kichkina bo‘ladi va aksincha. Turli sport 
mashqlari, «kuch-tezlik» egri chizig‘ining har xil nuqtalariga mos
keladi. Mushakning maksimal izometrik kuchiga yaqin yoki teng
bo‘lgan tashqi yuklamalik mashqlar — xususan — kuchli
mashqlar hisoblanadi. Masalan, «qo‘llarda turish», «krest» kabi
gimnastik mashqlar, halqalarda «oldingi muvozanat», maksimalga
yaqin yoki maksimal og‘irlikdagi shtanga bilan bajariladigan og‘ir
atletika mashqlari, shular jumlasidandir. Tashqi qarshilik
kamaygan paytida harakat tezligi ortadi, namoyon bo‘ladigan
mushak kuchi esa pasayadi. Bajarilishi paytida, mushak
qisqarishlarining nisbatan katta kuchi va tezligi namoyon
bo‘ladigan, maksimal izometrik kuchdan 40—70% ga teng tashqi
yuklamaga, ya’ni katta quvvatga ega bo‘lgan mashqlar, tezlik-
kuch mashqlari turiga, (qisqa masofaga yugurish, sakrashlar) 
kiradi.


Zamonaviy tibbiyot natijalariga suyangan holda shuni aniq
aytishimiz mumkinki, tamaki tarkibida yigirmadan ortiq zaharli
moddalar mavjud bo‘lib, ular ichida eng zaharlisi nikotindir. Inson
sigareta chekkanda, nikotin tutun orqali o‘pkaga, keyin esa qonga
so‘rilib, yurak-qon tomir sistemasiga salbiy ta’sir etadi. Qon
tomirlari torayib, bosim oshadi. Yurak urishi tezlashadi. Bu holat
yurak muskullarini ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu hol tez-tez
takrorlanavergach, borib-borib yurak infarkti, stenokardiya kabi
kasalliklar boshlanishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, 
chekuvchilarda chekmaydiganlarga nisbatan o‘n ikki marta
ko‘proq yurak-qon tomir xastaliklari uchraydi.Tamaki bosh miya
hujayralariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Chekuvchida uyqusizlik, 
bosh og‘rig‘i boshlanadi. Oqibatda esa markaziy nerv sistemasi
faoliyati buziladi. Ko‘p chekadigan kishi tez-tez balg‘am tashlaydi. 
Tez yursa, jismoniy mehnat qilsa, hansiraydigan bo‘lib qoladi. 
Ayrim hollarda ko‘p tamaki iste’mol qilish chekuvchini ruhiy
xastaliklarga duchor qilishi mumkin.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling