Mavzu: jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari Reja: jismoniy mashq haqida tushuncha 2 tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari


Download 159.36 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi159.36 Kb.
#1128806
Bog'liq
Mavzu jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari-hozir.org


Mavzu: jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari
Reja:
1.jismoniy mashq haqida tushuncha
2 tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari
3.giginik omillar
Jismoniy tarbiya vositalari orasidagi uzviy
Aloqadorlikini ta’minlash samaradorligi
2014-yil "sog‘lom bola yili" deb e’lon qilinishi biz, jismoniy tarbiyi o‘qituvchilari zimmasiga mas’uliyatni yanada kuchaytiradi.
Prezidentimiz i.a.karimov boshlang‘ich ta’lim o‘rnini alohida ta’kidlab: "qabul qilinadigan dasturda boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish, ta’lim standartlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalari ifodasini topishi kerakligiga e’tibor qaratganlar.

o‘zbekistonda "umid nihollari", "barkamol avlod", "universiada", sport musobaqalarining o‘tkazilib borilishi haqidagi videoroliklar namoyishi o‘quvchi yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.


Ushbu siyosatning asosiy tamoyillaridan biri ta’limning uzluksizligi va izchilligini ta’minlashdur. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida e’tirof etilishining sabablaridan biri ham ana shundadir.
Jismoniy tarbiya vositalari bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqlikni taqozo qiladi.
Shundagina ular ahamiyatini saqlab qoladi. Ko‘p yillik jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy mashqlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillardan jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi.
Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib, u tarixan yengil atietika. Gimnastika, sport o‘yinlari va turizm larzida guruhlarga ajralilib, tarbiya jsirayonining vositasi sifatida foydalanib kelinadi.
Jismoniy mashq - jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari yengil atietika, gimnastika, sport o‘yinlari va turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirilgan. "jismoniy mashq" tushunchasi insonning harakatlantiruvchi harakati va harakatlar to‘g‘risidagi tasavvurlari bilan bog‘langan. Harakat organizmning motor vazifasi sifatidir. "jismoniy tarbiya" so‘zi aqliy tarbiyadan farqli ravishda bajariladigan ishning xarakterini aks ettiradi, sirtdan qaraganda makon va zamonda inson tanasi va uning qismlari o‘zgarishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Jismoniy tarbiyaning natija berishiga barcha vositalar tizimidan fovdalanish bilan erishiladi. Biroq vositalarning har qaysi guruhga ahamiyati bir xil emas: tarbiya va o‘qitish vazifalarini yechishda eng katta salmoq jismoniy mashqlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu esa bir qator sabablar bilan hal etiladi:
Jismoniy mashq harakatlar tizimi sifatida insonning tuyg‘usi va fikrini, uning tevarakatrofdagi voqelikka munosabatini ifodalaydi. Jismoniy mashq- bu jismoniy larbiya sohasida ijtimoiy - tarixiy tajribani topshirish usullaridan biri.
Jismoniy mashq nafaqat organizmni morfo-funksional holatiga ta’sir o‘tkazadi, balki ularni bajaruvchi shaxsga ham. Pedagogik faoliyatning barcha turlari orasida faqat jismoniy tarbiyada o‘qitishning predmeti o‘quvchilarni yo‘naltirilgan qator harakatlar bajarishi va jismoniy mashqlar takomillashuviga yo‘naitirilgan ta’sirdan iborat. Jismoniy mashq harakatlari insonning sog‘lomlashtiruvchi ehtiyojlarini ham qondira olishi mumkin.
Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari.
Inson atrof-muhit bilan bir-biriga munosabatda bo‘ladi. Unga ta’sir ko‘rsatadi va unga moslashadi. Ana shunda muhitda organizmning mushtarakligi namoyon bo‘ladi. Muntazam ravisha quyoshning nur sochishi o‘zgaruvchanligi, suv va havoning harorati, yog‘ingarchilik va havoning ionizatsiyasi va harakati. Atmosfera bosimi. Organizmni fiziologik va ruhiy reaksiyalarga keltiradigan muhim bioximik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi: jismoniy mashqlarni samaradorligi va insonning mehnatga layoqatligini, salomatligi va ishchanlik qobiliyatini ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchidan foydalanish ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 1. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchi bir-biridan ajralmaydigan omil sifatida jismoniy mashqlar bajarish muhitini hisobga olish vaqtida qulay sharoitlar yaratadi. || ular inson organizmiga hatrakatlar bilan samarali ta’sir o‘tkazishini kuchaytiradi va to‘ldiradi. 2. Tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchi, chiniqish va sog‘lomlashtirish vositasining nisbatan mustaqilligi sifatida quyosh, havo, suv vannasi ko‘rinishida ishlatiladi.
Gigiyenik omilliar gigienik omilliar shaxsiy va jamoat gigienasi talablarini o‘z ichiga olib, gigiyenasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi muhitning zararli faktorlari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish (dars, mustaqil mashq qilish, trenirovka) mashg‘ulotlarida gigienik talab va normalarga rioya qilishni taqozo etadi.ular jismoniy mashqlar ta’sirchanligining samaradorligini oshirishni ilmiy, aimiliy) jihatdan isbotlagan.
Chanligining samaradorligini oshirishni ilmiy, aimiliy) jihatdan isbotlagan.
Gigienik omillar shartli ravishda ikki guruhga bo‘linadi: 1. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarini to‘laqonligiga" erishish uchun faoliyatini ta’minlovchi vositalar: mehnatning shaxsiy va ijtimoiy gigienasi meyori, o‘qish, turmush, dam olish, ovqatlanish vositalaridir. 2. Jismoniy tarbiya jarayoniga bevosita kiritiladigan vositalar: gigiyenik meyorlar bilan muvofiqlikda, dam olish va yuklamalarning optimal tartibi, tashqi sharoitlar yaratish.
Yuqorida qayd etilgan vositalarning har qaysisi shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’sir o‘tkazib. O‘ziga xos imkoniyatlarni egallaydi, shuning uchun muayyan o‘ziga xos vositalarga ishoradir. Vositalarning xilma xilligi, bir tomondan, ulardan eng samaralisini tanlash vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirilsa. Boshqa tomondan esa har qanday pedagogik vazifalami yechish vaqtida keng imkoniyatdir. Vositalar yig‘indisini ishlab chiqish bilan yakunlanishi kerak.

ko‘rsatib o‘tilgan vositalar multimediya materiallari, slaydlar orqali namoyish etilishi o‘quvchilarda jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk farzandlar bo‘lib yetishishlariga imkoniyat yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1 abdullayev a., xonkeldiyev sh. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. O‘quv qo‘llanma. Toshkent., o‘zdjti, 2005 yil nastolnaya kniga uchitelya fizicheskoy kulturi / pod red. L.b.kofmana. — m., 1998.



2tulenova x.b. malinina n.n., umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish metodikasi, o‘quv qo‘llanma. Tdpu, 2005 y.
Download 159.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling