Mavzu; Kon Atmosferasi. Reja
Download 21.09 Kb.
|
1 2
Bog'liqДокумент Microsoft Word (5)
Mavzu; Kon Atmosferasi. Reja: 1. Kon havosi. 2. Ko’mir konlari va tog’ jinslarining gazga to’yinganligi (metandorligi) va shaxtalarning gazga boyligi (metanga boyligi). 3. Shaxtalarda xavfli to’planmalar va metanning portlashiga qarshi kurash tadbirlari. 4. Kon changi. 5. Ko’mir changlarining portlashi bilan kurash tadbirlari. Shaxtaning kon laxmlaridagi yaxshi sanitar-gigiyenik va xavfsiz ish sharoitini yaratish uchun yer yuzasidan shaxtaga atmosfera havosining toza oqimi uzleksiz uzatilib turiladi. Kon laxmlarida oqib borayotgan atmosfera havosi bir necha o’zgarishlarga duch keladi: uning tarkibida yonuvchi va zararli gazlarning ta’siri natijasida kislorod miqdori kamayib boradi, havoning fizik holati (namligi, solishtirma hajmi) o’zgaradi va alohida hollarda temperaturasi ortadi. Bundan tashqari, foydali qazilmalar va tog’ jinslari tarkibidan ajralib chiqadigan yonuvchi gazlar ta’sirida yong’inga xavfli aralshmalar hosil bo’lishi mumkin. Havo tarkibidagi kislorodning kamayishi shaxtalarda sodir bo’ladigan oksidlanish jarayoniga olib keladi. Kon havosi quyidagi uch tarkibiy qismdan tashkil topgan: gazlar aralashmasidan tashkil topgan atmosfera havosi (78,07% azot, 20,95% kislorod, 0,94% argon, 0,03% karbonat angidrid va 0,01% boshqa turli gazlar), azot va karbonat angidrid gazining aralashmasi (odatda “o’lik havo” deb ataladi), aktiv gazlar (ular foydali qazilmalar va tog’ jinslaridan ajralib kon atmosferasiga qo’shiladi). Kon havosi gazlarining fizik-mexanik xususiyatlari. Kislorod (O2) – rangsiz, hidsiz va ta’msiz, solishtirma og’irligi 1,106 bo’lgan gaz. Kislorod juda aktiv gaz, u juda ko’p elementlar bilan oson birikadi va oksidlanish, kimyoviy reaksiyalar, yonish va insonlarning nafas olish jarayonlari mavjud bo’lishi uchun juda zarur komponent hisoblanadi. Shaxtalardagi xavfsizlik qoidalariga muvofiq kon havosida kislorodning miqdori 20% dan kam bo’lmasligi kerak. Tarkibidagi kislorodning miqdori 19% gacha bo’lgan havodan nafas olganda, insonda nasaf qisishi boshlanadi, 18% kislorod bo’lganda esa nafas qisishi yanada kuchayadi va nafas olish chastotasi deyarli ikki marta ortadi, 17% kislorod bo’lganda quloqlarda shovqin paydo bo’ladi va ishlash qiyinlashadi, kislorod 16% bo’lganda odam darmonsizlanganini his qiladi, lekin hali harakatlanishga qodir bo’ladi. Havo tarkibida 13-15% kislorod bo’lganda odam harakatlana olmay qoladi, ko’z oldi xiralashishi kuzatiladi va kislorod 11-12% bo’lganda esa inson hushidan ketadi. Azot (N2) – rangsiz, hidsiz va ta’msiz solishtirma og’irligi 0,97 bo’lgan gaz. Shaxtalarda organik moddalarning chirishi natijasida, tog’ jinslari va foydali qazilmalarni portlatish ishlarida azot ajraladi. Azot yonmaydi va zaharli emas. Download 21.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling