Mavzu: Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari va uning potensiallari Reja: Oksidlanish – qaytarilish jarayonlari. Oksidlanish darajasi. Valentlik. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyasi turlari. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyasi tenglamalarini


Download 40.4 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi40.4 Kb.
#1511721
  1   2   3   4   5   6

Mavzu: Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari va uning potensiallari

Reja:
1.Oksidlanish – qaytarilish jarayonlari.
2.Oksidlanish darajasi.
3.Valentlik.
4.Oksidlanish – qaytarilish reaksiyasi turlari.
5.Oksidlanish – qaytarilish reaksiyasi tenglamalarini tuzish.
6.Oksidlovchi va qaytaruvchilari. 7.Foydalanilgan adabiyotlar:



Oksidlanish – qaytarilish jarayonlari. Quyidagi reaksiya tenglamalarida qatnashayotgan moddalarning ko’pchiligida (kaliy ionidan tashqari) atomlarning oksidlanish jarayoni o’zgaradi:
2Na+CI22NaCI, 2HgO2Hg+O2
2KI+CI22KCI+I2
Reaksiyada ishtirok etayotgan elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarsa, bunday reaksiyalar oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari jumlasiga kiradi. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarida elektronlar bir atomdan ikkinchi atomga batamom ko’chib o’tishi yoki bir atomning elektron buluti zichligi kamayib, ikkinchi atomniki ortishi mumkin. Masalan, natriy bilan xlor o’zaro ta’sirlashganda natriy atomi elektron yo’qotadi, xlor atomi elektron qabul qiladi, yani 1 elektron natriy atomidan xlor atomiga batamom ko’chib o’tadi. Vodorod xlor bilan reaksiyaga kirishganida vodorod atomining elektron buluti zichligi kamayadi, xlor atominki esa ortadi. Lekin shartli ravishda, bu yerda xam “vodorod elektron beradi”, “xlor elektron qabul qiladi”deyish mumkin. Shunday qilib biror atom (molekula yoki ion) o’zidan elektron yo’qotsa, bu oksidlanish, elektron qabul qilsaqaytarilish jarayoni deb ataladi:
CuO+H2Cu+H2O
Bu reaksiyada vodorod oksidlandi, mis esa qaytarildi, yani vodorodning ikkala atomi o’zidan ikkita elektron berdi, mis atomi bu ikki elektronni o’ziga qabul qiladi:
H2 -2e2H+
Cu2+ +2eCu
O’zidan elektron bergan atom, malekula yoki ion – qaytaruvchi, o’ziga elektron qabul qilgan zarracha esa oksidlovchi deb ataladi. Ayni misolda vodorod qaytaruvchi, mis ioni esa oksidlovchidir.
Oksidlanish va qaytarilish jarayoni bir vaqtda sodir bo’ladi; masalan, vodorod oksidlanayotgan vaqtda mis ioni qaytariladi. Shunday reaksiyalarda, elektron nazaryasiga binoan oksidlovchi modda tarkibidagi zarrachalarning biri yoki birnechtasi o’ziga tegishli miqdorda elektronlarni biriktirib oladi, qaytaruvchi esa o’zidagi elektronlardan bitta yoki birnechtasini oksidlovchiga beradi. Yani oksidlanish – elektron yo’qotish, qaytarilish esa elektron biriktirib olish jarayonidir.
D. I. Mendeleyev davriy sistemasidagi elementlarning oksidlovchi va qaytaruvchi xossalari davriy ravishda o’zgaradi. Masalan, ishqoriy metallar qaytaruvchi, galogenlar oksidlovchilarjumlasitga kiradi.

Download 40.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling