Mavzu: Konstantin Dmitrievich Ushinskiyning pеdаgоgik tizimi


Download 169.95 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi169.95 Kb.
#1577913
  1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu ochiq dars. Prezintatsiya-1


Andijon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar oʻqitish metodikasi fakulteti biologiya yo’nalishi talabasi Sobirov Islomjonning Umumiy pedagogika fanidan „Konstantin Dmitrievich Ushinskiyning pеdаgоgik tizimi“ mavzusidan tayyorlagan TAQDIMOTI
MAVZU: Konstantin Dmitrievich Ushinskiyning pеdаgоgik tizimi.
REJA:

1.K.D.Ushinskiyning hayoti va edagogic faoliyati.
2.K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiya san’ati haqida.
3. K.D.Ushinskiy pedagogikasida xalqchillik g’oyasi.
4. K.D.Ushinskiy didaktikasi.
Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy — rus klassik pedagogi, Rossiyada ilmiy pedagogika va xalq maktabi asoschisi. Moskva universitetining yuridik fakultetini tugatgan (1844). Rossiyadagi turli maorif shoxobchalarida, jurnallarda ishlagan.
Ushinskiy pedagogik sistemasining negizi taʼlim va oʻqitish tizimida demokratlashtirishni talab qilishdan iborat boʻlgan. U birinchi boʻlib, pedagogika tarbiyaning ilmiy nazariyasi, degan fikrni ilgari surgan va buni isbot etgan. Ushinskiy pedagogika nazariyasining asosini tarbiyaning xalqchillik gʻoyasi — tarixiy jarayonda mehnatkash xalqning yaratuvchilik kuchini eʼtirof etish tashkil qilgan. Ushinskiy pedagogikani keng maʼnoda bir fan, tor maʼnoda tarbiya sanʼati deb hisoblagan. Ushinskiy tarbiyani shaxsni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy shakllantirishga qaratilgan yaxlit jarayon deb bilgan va bunda axloqiy tarbiya asosiy oʻrinni egallashi lozim deb hisoblagan. Maktabda oʻquvchilar mehnatiga taʼlim va tarbiyaning muhim omillaridan biri sifatida qaragan. Ushinskiy ning axloq va axloqiy tarbiya toʻgʻrisidagi qarashlarida xalqchillik gʻoyalari aks etgan. Ushinskiy yaxlit didaktik tizimni ishlab chiqqan. Unda taʼlim mazmunini tanlash hamda uni bolalarning yosh xususiyatlariga moslashtirish masalalari ochib berilgan. Ushinskiy oʻqitishning psixofizik tabiatini tadqiq etdi, diqqat, qiziqish, xotira, xayol, hissiyot, tafakkur kabi psixologik mexanizmlarni tahlil qildi. Oʻzining "Inson tarbiya predmeti sifatida" degan asarida psixologiyani tajriba maʼlumotlariga asoslanib tuzishga harakat qildi. U bolalar psixologiyasi bilan taʼlimtarbiya psixologiyasini ishlab chiqqan. Maktabda ona tili darsiga katta ahamiyat berdi. Uning "Bolalar dunyosi va xrestomatiya", (1861), "Ona tili" (1864) kabi darsliklari mazmunining boyligi, tili va metodikasi jihatdan oʻz davrining eng namunali oʻquv kitoblaridir.[
Konstantin Dmitrievich Ushinskiy (1824—1870)Mashxur rus pedagogi, rus pedagogikasi va xalq maktablarining asoschisi, «rus o‘qituvchilarining o‘qituvchisi» Konstantin Dmitrievich Ushinskiy 1824 yilning 19 fevralida Tula shaxrida tug‘ildi.
Ushinskiy 9 yoshga qadar oilada tarbiyalanib, savod chikardi. So‘ngra Novgorod-Seversk gimnaziyasiga o‘qishga kirib, uni 1840 yilda muvaffaqiyatli tamomladi. Usha yili Moskva dorilfununining xuquqshunoslik fakultetiga o‘qishga kirdi va usha davrning mashxur professori Redkinning bevosita raxbarligi ostida talim oldi.

Ushinskiy 1845 yilda YAroslavl litseyiga kameral (xukukshunos) fanlar professori vazifasini bajaruvchi sifatida xizmatga kirdi. U uch yillik dastlabki pedagoglik faoliyatida katta istedod egasi, ekanini namoyish eta oddi. SHuningdek, Ushinskiy zo‘r ishtiyok bilan o‘qituvchilik ishini olib borib, talabalarga xavas bilan bilim berishga xarakat qildi. Ularda ilm-fanga nisbatan qiziqish uyg‘otdi, eng muximi, o‘z xalk va ona yurtini jondan sevish, ardoklash xamda vijdonan xalol mexnat qilishga da’vat etdi. Bu yosh va iste’dodli professorning mazmunli ma’ruzalarini litsey talabalari maroq bilan tinglab, chukur va mustaxkam sabok olar edilar.
Ushinskiyning fikricha, axloqiy tarbiyaning vositalari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak
Axloqiy tarbiyada kitob va darslikning o‘rni kattadir. o‘quvchi bu kitoblarda o‘z nutqni o‘stirishni, bilimni umumlashtirishni axloqiy tarbiyalarni egallashni tez o‘rganadi.
e’tiqodga u juda katta etibor bergan edi
ogoxlantirish choralari
O’qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi kerak Ushinskiyning obrazli ifodalashicha, «bu narsa yosh qalb uchun quyoshning barakali nuridirki, uni xech bir narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi
o‘quvchilarga moxirlik bilan munosabatda bo‘lish (pedagogik odob)
rag‘batlantirish va jazolash.
Ushinskiy 1857 yildan boshlab «Tarbiya jurnali» («Jurnal dlya vospitaniya» )da, so‘ngra «Xalq maorifi jurnali»da juda ko‘p sermazmun maqolalar e’lon qildi. 1860 yilda u «Xalq maorifi jurnali»ning muxarriri qilib tayinlandi. Ushinskiy 1861 yilda o‘zining «Bolalar dunyosi» («Detskiy mir») nomli o‘kish kitobini nashr ettirdi». Bu kitob o‘sha yilning o‘zidayok ikki marta chop etildi.

Ushinskiyning pedagogik farliyatiga soya soluvchi (1862 yil) imzosiz xat uni o‘z ishini tuxtatishga majbur qildi. Bu xatda u go‘yo siyosiy jixatdan ishonchsiz kishi deb, ayblangan edi. Buning oqibatida u chet ellardagi xotin-qizlar maorifining yo‘lga qo‘yilishini o‘rganish va pedagogikadan darslik yozish uchun o‘z vatanidan ketishga majbur bo‘ldi. U xorijiy mamlakatlar-da yurgan davrida o‘zining butun kuch-g‘ayratini talim-tarbiyaga doir asarlar yozish va ularni chop zttirishga yo‘naltirdi. Natijada,, 1861 yilda uning I va II o‘kuv, yillari uchun «Ona tili» darsligi nashr etildi va unga «Muallimlar uchun qo‘llanma» degan uslubiy asari e’lon qilindi. 1870 yilda zsa III o‘quv yili uchun xam «Ona tili» darsligi bosilib chiqdi. Bundan tashqari, Ushinskiyning pedagogika soxasidagi asosiy nazariy asari xisoblangan «Kishi—tarbiya asoschisi sifatida» («Pedagogik antropologiyadan tajriba») nomli asari ayrim jildlarga bo‘linib nashr qilina boshlandi. 1867 yilda bu asarning I jildi, 1869 yilda II jildi bosilib chiqdi. Ushinskiy bu kitobning xamma jildlarini qisqartirib, ingliz tiliga tarjima qilish maqsadida uchinchi jild ustida, zo‘r g‘ayrat bilan ishlay boshladi. Afsuski, bu ishni tamomlash unga nasib bo‘lmadi. U Qrimda davolanish paytida qattiq shamollab qoldi. Bu shamollash va zo‘r berib ishlashi xamda xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘ngilsizliklar orqasida sog‘lig‘i yomonlashdi. 1870 yil 21 dekabrda Odessada zotiljam kasalidan vafot etdi.
Ushinskiyning fikriga ko‘ra ona tili «xali na kitob, na maktab bo‘lmagan vaqtlarda xalqqa xam talim bergan» va madaniyat paydo bo‘lgan vaqtdan buyon xalqni o‘rgatishda davom etayotgan «buyuk xalq murabbiysidir». Ona tili «bizning g‘oyalarni, bilimlarni o‘zlashtirib olishimizda, so‘ngra ularni keyingi avlodlarga berishimizda eng asosiy vositadir. K. D. Ushinskiy ona tilini egallab olishga elementar ravishda o‘rgatishni asosiy vazifa deb xisoblagan edi. «Ona tilini asta-sekin tushunishga doir bu ish, o‘tishning dastlabki kunlaridanoq boshlanishi kerak va insonning butun kamoloti uchun o‘zining birinchi darajada muximligiga ko‘ra tarbiyaning eng asosiy vazifalaridan birini tashkil ztishi kerak». Xalq maktabida ona tili, Ushinskiyning fikricha, «boshqa xamma fanlarga kiruvchi va o‘zida ularning natshkalarini yig‘uvchi asosiy, markazga aylanishi kerak.

Ushinskiy boshlang‘ich ta’lim kursining asosiy yo‘nalishi va mazmunini belgilash xamda xalq maktabida birinchi bor ona tilini o‘qitish ishlarini yaxshilash, uni bolalarning akliy, axloqiy va estetik tarbiyasiga yordam beruvchi o‘quv darsligiga aylantirish ustida juda ko‘p ishladi.

Download 169.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling