Mavzu: Korxona iqtisodiyotini moliyaviy tahlil qilish usullari Reja Kirish


Download 79.17 Kb.
bet1/8
Sana02.12.2023
Hajmi79.17 Kb.
#1780649
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Korxona iqtisodiyotini moliyaviy tahlil qilish usullari R-fayllar.org


Mavzu: Korxona iqtisodiyotini moliyaviy tahlil qilish usullari Reja Kirish

Mavzu: Korxona iqtisodiyotini moliyaviy tahlil qilish usullari
Reja


Kirish
  1. Korxona iqtisodiyotini moliyaviy tahlil qilish.


  2. Sanoat korxonalarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usullarining asoslari.


  3. Korxona moliyaviy holatini tahlil qilishning asosiy vazifalari.




Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Zamonaviy odamni hayot faoliyati tovar va xizmatlarni iste'mol qilinishiga asoslangan. Ularni yaratilishi, ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi va iste'mol qilinishi odamlar ehtiyojlarini qondirilishini dinamik rivojlanishini ta'minlaydi.

Davlat iqtisodida xizmatlar sohasi va tovar ishlab chiqarish sohasi organik o'zaro bir-birini to'ldiruvchi tarmoqlar hisoblanadi.


Xizmatlar sohasi jamiyat hayotini muhim sohalaridan biri hisoblanadi va bizni faoliyatimizni barcha tomonlariga sezilarli ta'sir qiladi. Shu sababli servis faoliyati odamlarni moddiy hayot ta'minotida ma'lum rol o'ynaydi, bu erda ularni eng turli tuman ma'naviy faoliyat turlari amalga oshiriladi.
Xizmatlar sohasi - bu bir tomondan aholiga ko'rsatiladigan servis xizmatlarini assortimenti bo'lsa, ikkinchi tomondan tashkilotlar va yakka ijrochilar majmuasi bo'lib, ular servis faoliyati doirasida iste'molchilarga moddiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlarni ko'rsatishadi.
Xizmat sohasini va servis xizmat ko'rsatishni rivojlantirish masalalariga bo'lgan munosabat xozirgi kunda jiddiy tus olmoqda. Bu haqida mamlakatimiz Prezidenti SH.M.Mirziyoev o'z chiqishlarida: “Oldimizda turgan ana shu ulkan vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini qabul qildik.
Ushbu Strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni izchil davom ettirish kabi masalalar taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi.
Harakatlar strategiyasida “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani albatta bejiz emas. ”-deb alohida ta'kidlab o'tdilar1. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o'sishga erishishdek dolzarb vazifa qo'yilgan. Bu esa o'z navbatida, iqtisodiyotda erishgan yutuqlarning asosi - bozor iqtisodiyoti, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tuzilmaviy o'zgarishlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ortib borishi bilan baholanmoqda.
2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Prezidentimiz ustuvor vazifalarni belgilab berdilar. Shu vazifalardan sakkizinchisi turizmni, mexmonxona xo’jaligini rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘rishimiz lozim2.
O‘zbekiston Yaratganning nazari tushgan yurt. Dunyo taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan allomalar Vatani. Qadim tarix va buyuk kelajak chorrahasini makon tutgan muqaddas go‘sha. Istiqlol tufayli yurtimizda asrlarga tatigulik olamshumul o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Dunyo bizni qaytadan kashf etdi. Bugun mamlakatimizda taraqqiyotning yangi to‘lqini xalqimizning bunyodkorlik va yaratuvchanlik fazilatlarini jo‘sh urdirdi. Shunday ekan, har birimiz o‘zimizga talabni qattiq qo‘yib, dunyoqarashimiz va amaliy harakatlarimizni zamon talabiga moslashtirsak, davlatimiz rahbari tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lamiz.


Download 79.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling