Mavzu: Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasi Reja


Download 6.39 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi6.39 Kb.
#1700625
Bog'liq
Mavzu Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasi Reja-fayllar.org


Mavzu: Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasi Reja

  1. Ko‘rgazmali qurollarga mustaqil ishlov bering.

    2. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish texnologiyasini tushuntirib bering.


    Mavzu: Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasi



  2. Reja:

1. Tabriknomalar haqida ma’lumot berish.

2. Kvilling usulida shakllar yasash haqida ma’lumot berish.


3. Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini tu shun -
tirish.
Pedagogik vazifalar:
• talabalarning tabriknoma va ularning turlari haqidagi bilim larini aniqlash;
• kvilling usulida shakllar yasash haqida tushunchalar berish;
• kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini tushuntirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, aqliy hujum, amaliy ish, amaliy ish taq dimoti.
Ta’lim vositalar: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, tabriknoma turlaridan namunalar, kviling usulida shakllar yasash bosqichlari, rangli qo g‘oz, rangli karton, qaychi, chizg‘ich, qalam, yelim.Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida
savol lar beriladi.
1. Tabriknomalarning qanday turlarini bilasiz?
2. Tabriknomalar nima maqsadda ishlatiladi?
3. Kvilling usulida qanday shakllar yasash mumkin?
4. Kvilling usulida tabriknoma yasashda qanday qog‘ozdan foydalaniladi?
5. Qanday bayramlarni bilasiz?
Tabriknoma va uning turlari haqida ma’lumotlar.
Tabriknomalar insonlarni yaxshi kunlarida: tug‘ilgan kun larda, bayramlarda, to‘y-marosimlarda o‘z tilaklarini, yaxshi ni yat larini bildirish uchun taqdim etiladi. Tabriknomalar turli bay ramlar uchun turli shakl larda va o‘lchamlarda ishlab chiqiladi. Tab riknomalar asosan karton qog‘ozidan tayyorlanadi. Muqovasi turli bezaklar (gullar, ramziy belgilar va boshqa shakllar) bilan bezatiladi. Asosan, 8 mart va Nav ro‘z bayramlariga gullar tas virlangan tabriknomalardan, tavallud kun lariga esa insonga tilak bildiruvchi ramziy belgilar tasvirlangan tab riknomalar taq dim etiladi. Yangi yil bayramida qish, Qorbobo va sov g‘alar tasvirlangan tabriknomalardan, turli kasbiy bayramda kasblar, gullar, turli ramziy belgilar tasvirlangan tabriknomalardan foydalanish tavsiya etiladi. Tabriknoma yasash uchun bizga quyidagi ish qurollari va materiallar kerak bo‘ladi. Kvilling usuli
Kvilling – bu badiiy texnika, ikki taraflama rangli qog‘oz tasmasi
asosida bajarilgan amaliy ish, gugurt cho‘piga yoki tishkovlagichga
o‘rab chiqiladigan va turfa xil shaklga aylantirilgandan keyin 7 turli xil figura ko‘rinishida yelimlanadi. Bu texnika tasviri asosida (nafis gullar, bejirim naqshlar, ertak qahramonlari, hayvonlar va baliqlar, qushlar) tabriknomalarni, albom larni, qutichalarni, rasm uchun ramkalarni bezash mumkin. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari kvilling texnikasining mashg‘ulot-
larini birinchi bosqichidagi qog‘ozni o‘rash jarayoni qiyin bo‘lishiga
qaramay, juda maroq bilan bajarishadi. Kvilling usulida turli narsalar shaklini yasashda uni bosqichma- bosqich o‘rgatish kerak. Bajarilgan har bir yangi shaklni bir nechta
mash g‘ulotda olib borish kerak.
Uzunligi 16 sm eni 24 sm bo‘lgan karton qog‘ozi olinadi. Uni teng
ikkiga buklaymiz.16 smga 12 sm bo‘lgan tabriknoma asosi hosil bo‘ladi. 

Turli rangdagi rangli qog‘oz olinib, 1 sm qilib qalam yordamida


chizib chiqiladi. Chizilgan joyidan qirqib uzun tasmalar hosil qilinadi.

Hosil bo‘lgan tasmalarni tish kovlagichning bir uchiga qistiramiz.



Tas mani tishkovlagichga mahkam o‘rashni boshlaymiz. Bunda barmoq
bi lan tishkovlagichni aylantirib turamiz. Bosh spiralni bajarayotganda
tasmani qattiq o‘rab bo‘lmaydi. Ayniqsa oxirgi o‘rash vaqtida, unda
spiral qattiq bo‘lib ochilmay qolishi mumkin.Bir nechta tasmalarni yoki
du ma loqlarni bir-biriga yelimlab, detalning hajmini katta qilish mumkin. Kvilling shakllari: Kvilling ishining asosiy shakl doira shakli
bo‘lib, ana shu shakl asosida boshqa shakllar tayyorlanadi Masalan:
Tom chi shakli, barg shakli, gul shakli va boshqa shakllar asosiy doira
shak lining totmonlarini buklash va qisqartirish yo‘llari orqali hosil
qili nadi.
Asos kartonining ustki qismiga tayyorlangan shakllar joy lashti ri-
ladi. Shakllar bosqichma-bosqich belgilangan joyga PVA yelimi yor-
da mida yelimlanadi. 
http://fayllar.org
Download 6.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling