Mavzu: lahim o‘tuvchi kombaynlar. Reja
Download 51.48 Kb.
|
koN MASHINALARI NB Jasur Otabek ismoil
MAVZU:LAHIM O‘TUVCHI KOMBAYNLAR.REJA:1.UMUMIY MA’LUMOT VA TASNIFI 2. LAHIM O‘TUVCHI HOMBAYNLAR ASOSIY QISMLARINING KONSTRUHSIYASI Lahim o‘tuvchi kombaynlar yerosti lahimlarini o‘tishni mexani- zatsiyalashda ishlatilib, kamida ikkita: tog‘ jinsini massivdan ajratib olish va uni transport vositasiga yuklash jarayonini bajaradi. Yerosti lahimlarini kombaynlar yordamida o‘tish istiqbolli usul bo‘lib, unda katta tezlik bilan lahim o‘tish ta’minlanadi va ishlar maksimal mexanizatsiyalanadi, ishni ancha soddalashtiradi va ishchilarning mehnatini xavfsizlantiradi. Lahim o‘tish jarayoni uzluksiz amalga oshiriladi, shuning uchun ishchilarning mehnat unumdorligi portlatib o‘tganga nisbatan 2—2,5 marta ko‘payadi. Bundan tashqari, yerosti lahimlarining mustahkamligi oshadi va ularni mustahkamlagichlar orqali mustahkamlash osonlashadi, chunki portlatilmagan lahim atrofidagi tog‘ jinslarining butunli- giga putur yetmaydi, lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi aniq shaklda olib boriladi. Lahimni kombayn bilan o‘tish nisbatan kam xarajat va arzon bo‘ladi. Lahim o‘tuvchi kombaynlar maxsus kon mashinasi bo‘lib, odatda, ma’lum ko‘ndalang kesim va shaklni o‘tishga chiqarila- di. Ular ishchi organlari, zaboy yuzasidan tog‘ jinsini buzib oluv- chi, ishchi organini zaboyga uzatuvchi mexanizm, yurish mexa- nizmi, yuklab-tashuvchi organi, tog‘ jinsini qamrab oluvchi va uni transport vositasiga qayta yuklovchi, kuch uskunalari, chang bostiruvchi va boshqaruv vositalaridan iborat. Lahim o‘tish kom- baynlari quyidagi turlarga bo‘linadi: ishlatish ko‘lamiga qarab — asosiy va yordamchi, tayyor- lov lahimlarni foydali qazilmadan, nokerak tog‘ jinsidan yoki ara- lash zaboydan o‘tuvchi; o‘tiladigan lahim ko‘ndalang kesim yuzasining shakliga qarab — aylana, taqasimon, to‘g‘ri burchakli va trapetsiya shak- lida o‘tuvchi; — zaboyga ishlov berish usuliga qarab — tanlab (uzlukli) ish- lov beruvchi va burg‘ilab (uzluksiz) ta’sir etuvchi. Asosiy belgi- laridan tashqari yordamchi konstruktiv belgilariga qarab ham turlarga bo‘linadi. Masalan, ishchi organining turiga qarab, qazib olingan tog‘ jinsini yuklash usuliga, yurish usuliga, olinadigan energiya turiga, quvvatiga qarab turlicha bo‘ladi. Zaboyni tanlab olib (uzlukli) kavlab o‘tuvchi kombaynlar, asosan, har xil tog‘ jinslarini alohida kavlab olishda va lahim yuzini hamda kesim yuzasining shaklini o‘zgartirish zarur bo‘lganda (uzluksiz) qo‘lla- niladi. Lahim o‘tuvchi kombaynlarning ishlash sharoitlari og‘ir: lahimning ko‘ndalang kesim yuzasi kichikligi, kombayn o‘lcham- larini chegaralashi, har xil fizik-mexanik xususiyatlarda va har xil tog‘ jinslaridan chang chiqarishi, suvchanligi, suvning har xil ishqorligi, metanning har xil miqdorda chiqishi, har xil yerosti bosimli lahimlarda ishlashi, kombayn qismlarini yetkazib berish- ning qiyinligidan ularni yig‘ish hamda texnik xizmat ko‘rsatish- ning qiyinligi shular jumlasidandir. Shundan kelib chiqib, lahim o‘tuvchi kombaynlariga qo‘yiladigan umumiy talablardan tashqari uning alohida (ishchi organi, yuklash qurilmasi, yuritmasi va boshq.) qismlariga maxsus talablar qo‘yiladi. Bunday talablar- ga: lahim o‘tuvchi kombaynlarni nisbatan keng ko‘lamda qo‘l- lashni ta’minlash; katta unumdorlikda lahim o‘tish jarayonlari- ni to‘la mexanizatsiyalash; lahimni berilgan yo‘nalishdan og‘ma- ganligini tekshirish mumkinligi; kombayn yordamida o‘tilayotgan lahim zarur bo‘lgan ko‘ndalang kesimda va mustahkamlashga qulay shaklda bo‘lishi; kombaynning hamma qismlari boshqa- rishga va texnik xizmat ko‘rsatishga qulay, ishlatishda ishonchli bo‘lishi, kombaynda chang bostirish qurilmasining bo‘lishi, u kon atmosferasi changini sanitar me’yorlarda ushlashi va bosh- qalar kiradi. keyingi vaqtda kon sanoatida har xil lahim o‘tuvchi kombayn- lar qo‘llanilmoqda, lekin ularning hammasi tog‘ jinsini mexanik usul bilan buzishga mo‘ljallangan va qattiqlik koeffitsiyenti f ≤ 5 bo‘lgan ko‘mir va yumshoq tog‘ jinslardan lahim o‘tishda qo‘lla- niladi. Ularning texnik tavsifi LAHIM O‘TUVCHI HOMBAYNLAR ASOSIY QISMLARINING KONSTRUHSIYASI Lahim o‘tuvchi kombaynlarning ishchi organlari tog‘ jinslari- ni buzishga va konstruktiv belgilariga ko‘ra ikkita asosiy guruhga bo‘linadi: burg‘ilovchi (uzluksiz) va tanlab (uzlukli) buzuvchi. O‘z navbatida burg‘ilovchi ishchi organi: rotorli (bitta plan- shaybali, o‘qi mos planshaybali va parallel o‘qli) va planetarli, tekislik va fazoli xiliga bo‘linadi. Uzlukli ishchi organlari bitta tekislikda qo‘zg‘aluvchi (barli, koronkali va aralash) va ikkita tekislikda (bitta frezerli, ikkita frezerli, nurli, halqali, diskli va aralash ishchi organli) qo‘zg‘aluvchi bo‘ladi. Uzluksiz burg‘ilovchi ishchi organlarining, uzlukli ishchi organ- laridan farqi, burg‘ilovchi ishchi organlar birdaniga butun zaboyga ishlov berib qazib o‘tadi, uzlukli tanlab olib o‘tuvchi ishchi organi esa zaboyning bir qismini burg‘ilaydi. Burg‘ilovchi rotorli ishchi organi har xil qattiqlikdagi ruda va ko‘mirlarni buzishda ishlatilib bitta yoki bir nechta planshaybalardan 1 tuzilgan, har bir planshay- ba o‘zining o‘qi 2 atrofida aylanadi va tog‘ jinsining bir qismini planshaybaning yuzasiga teng yuza bilan buzadi (34-rasm). Plan- shaybaning aylanish o‘qi o‘zining holatini kombayn korpusiga nisbatan o‘zgartirmaydi. kombaynlarning ishchi organlari yumshoq tog‘ jinslari, ruda va ko‘mir qatlamlaridan lahim o‘tganda keskich bilan, o‘rtacha qattiqlikdagi tog‘ jinslarida esa tishli yoki diskli sharoshka bilan jihozlanadi. Tog‘ jinsini buzuvchi asbobi har xil markali maxsus qattiq qotishma bilan qoplanadi. keskichlar ishlash jarayonida konsentrik kesik 4 qirqadi, kesiklar orasida qolgan tog‘ jinsining butun qismi 5 maxsus moslama (yumshoq tog‘ jinslari uchun diskli pichoq, o‘rtacha qattiqlikdagilar uchun ponasimon va rolikli qula- tuvchi moslama) bilan buzib tushiriladi. Ishchi organ bilan tog‘ jinsining bir qismi qirqilib, qolgan qismi qulatilishi ish jarayonida energiyani ma’lum darajada tejab qolishga sabab bo‘ladi. Rotorli ishghi organlari bitta planshayba bilan jihozlangan bitta o‘qli, bitta o‘qda o‘rnatilgan ikkita bir-biriga qarshi aylanuvchi planshaybali, o‘zaro parallel o‘qli, ikkita va undan ko‘p bir-biriga yaqin joylashtirilgan planshaybali bo‘lishi mumkin. Bitta o‘qli ishchi organlari bitta planshaybaga 1 ega bo‘lib, aylanish tez- ligi 5—l0 ayl/min (34-rasm, a). ko‘proq uch nurli planshaybali ishchi organi qo‘llanib, bunday kombaynlar zaboyga qadamlab uzatiladi, o‘tilayotgan lahimga ko‘ndalang kesim shaklini berish burmali frez yordamida amalga oshiriladi. O‘qlari moslashtirilgan planshaybali ishchi organlari tashqi 1 va ichki 3 bir-biriga qarshi aylanuvchi planshaybadan tashkil topgan (34-rasm, b). Planshaybalarning o‘qqa 2 nisbatan o‘zaro qarama-qarshi aylanishi ularning reaktiv momentlarini muvo- zanatlashtirib, mashinaning ko‘ndalang yuza bo‘yicha mustah- kamligini ta’minlaydi. Parallel o‘qli ishchi organlarga ikkita planshaybali 1 va 3 ishchi organlar kiradi Ular 2 ta alohida o‘qda joylashtiril- gan, qarama-qarshi yo‘nalishda aylanadi, bu ularning ish jarayoni- ga ta’sir etuvchi reaktiv momentlarini muvozanatlashtiradi. Uchta planshaybali kombaynlar ham ma’lum, ulardan ikkitasi chetida 1 va 3 bitta tekislikda, uchinchisi 4 oldinga chiqarib o‘rnatilgan. 1-rasm. Burg‘ilab ta’sir eturchi kombaynlar ishchi organlarining sxemasi: a — bir o‘qli bitta planshayba; b — bir o‘qli ichki va tashqi planshayba; d — alo- hida uchta o‘qda joylashgan planshayba; e — ikkita o‘qda aylanuvchi planetar ishchi organi; f — ikkita tekislik va o‘qda aylanuvchi planetar ishchi organ. Download 51.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling