Ma’ruza №3 Mavzu: Kon mustahkamlash inshooti, mustahkamlash materiallari. Dars maqsadi


Download 114 Kb.
bet1/5
Sana08.01.2022
Hajmi114 Kb.
#245167
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kon mustahkamlash inshooti mustahkaml


Ma’ruza №3
Mavzu: Kon mustahkamlash inshooti, mustahkamlash materiallari.
Dars maqsadi: Mustahkamlash inshooti haqida va mustahkamlash materiallari bo‘yicha talabalar bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirish.

Reja:

1.Mustahkamlash inshooti haqida tushuncha va mustahkamlash materiallari.

2.YOg‘och materiallar.

3.Bog‘lovchi (biriktiruvchi) moddalar va eritmalar.

4.Beton va temirbeton.

5.Metall.



Asosiy tushunchalar: kon mustahkamlash inshooti (krepi), yog‘och materiallar, taxtalar. antiseptika, bog‘lovchi moddalar, beton, temir beton, qatlamli beton, torkret-beton, sachratma beton, metall.

Mustahkamlash inshooti haqida tushuncha va mustahkamlash materiallari.

Mustahkamlovchi materiallar deganda kon mustahkamlash inshootini tayyorlashda ishlatiladigan, lahimda bo‘sh jinslar o‘pirilishining oldini olish uchun va foydalanish davrida zaruriy ko‘ndalang kesim maydonini saqlash uchun tiklanadigan sun’iy inshootlar tushuniladi. Mustahkamlovchi materiallar krep tuzilishida ishlatilishiga ko‘ra, tuzilishning tutib turuvchi elementlarida qo‘llaniladigan–asosiy (metall, beton, yog‘och va b.), eritmalar tayyorlashga xizmat qiladigan –bog‘lovchi va yordamchi (suv himoyalovchi materiallar, kimyo reagentlari va b.) ga bo‘linadi.



  • lahimlarda ishlatilish muddatiga ko‘ra - uzoq chidaydigan (beton metall va b.) va uzoq chidamaydigan (yog‘och).

Mustahkamlovchi materiallar yuqori solishtirma mustahkamlikka ega bo‘lishi lozim va bu materialning uning zichligiga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi munosabati (vaqtinchalik qarshilik) bilan aniqlanadi va tuzilish sifati koeffitsienti deb ataladi. Bu koeffitsient po‘latda 30XGS, masalan, 140 tashkil etadi, sos­nada— 200 (cho‘zilishi bo‘yicha) va 67 (qisilishi bo‘yicha). Bundan tashqari, mustahkamlovchi material yuqori bo‘lmagan qiymatga ega bo‘lishi, tez yonuvchi bo‘lmasligi, zanglash va chirishga chidamli bo‘lishi lozim.


Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling