Ma’ruza №3 Mavzu: Kon mustahkamlash inshooti, mustahkamlash materiallari. Dars maqsadi
Download 114 Kb.
|
kon mustahkamlash inshooti mustahkaml
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Jadval 2.1
Temirbeton – metall bilan armaturlangan beton. Geolog qidiruv lahimlarini mustahkamlash uchun tayyorlashda katta mehnat talab qilinishi va yuqori narxda bo‘lishi bilan bog‘liq holda chegaralangan qo‘llanish kasb etadi. Keyingi vaqtda temirbetondan ramali yoki yaxlit kreplar elementlari tayyorlanadi (ustunlar, yuqori to‘sinlar, tortib bog‘lovchilar, plitalar va boshqalar) Ko‘mir shaxtalarida temirbeton quvurli ustunlaridan va metalli yuqori to‘sinlardan tuzilgan aralash ramali kreplar qo‘llaniladi. Maxsus og‘ir kon geologik sharoitlarda elementlari aylana va taqasimon lahimlarni biriktirish qobiliyatiga ega bo‘lgan, egri chiziqli bloklardan tuzilgan yig‘ma, yaxlit temir betonli kreplar qo‘llaniladi. Metall. YUqori qattiqlik va ko‘p marta ishlatilish imkoniyati bilan bog‘liq holda, metall eng mukammal mustahkamlovchi material hisoblanadi. Po‘lat prokat o‘z xossalarini yo‘qotmasdan sezilarli darajada deformatsiyaga va yuqori tuzilish sifati koeffitsientiga ega bo‘lgani uchun kon kreplarining barcha elementlarini tayyorlash uchun yaroqli. Krep elementlari deformatsiyadan so‘ng to‘g‘rilanishi mumkin, qaytadan qo‘llanilishi mumkin. Metalli kreplarning nuqsoni er osti sharoitlarida korroziyaga moyilligidir. Krep elementlarini tayyorlash uchun SVPning maxsus (shaxtali) novli ko‘rinishi qo‘llaniladi. SVP ko‘rinishidan arkli metalli moslanuvchi krep elementlari tayyorlanadi. SHaxtali kreplarning ayrim elementlari uchun eski kon relslari, kon relslari, qo‘shtavrli yoki shvellerli po‘lat prokat o‘z qo‘llanilishiga ega. SHuningdek, po‘lat chiviq – A-I, A-II, A-III sinfli armaturli issiqlayin jo‘valangan po‘lat qo‘llaniladi. A-I sinfli armaturli po‘lat sterjenlari – aylana, silliq, A-II, A-III va A-IV sinf sterjenlari – davriy ko‘rinishli. Bunday sterjenlar ankerli kreplar tayyorlash uchun va temirbeton tiklash uchun ishlatiladi. Og‘ir kon geologik sharoitlarda metalli ramali kreplar tayyorlash uchun 850 MPa qattiqlik chegarasidagi va 600 MPa oquvchanlik chegarasidagi prokatli po‘latdan foydalanish tavsiya etiladi. Nazorat savollari: 1. Kon mustahkamlash inshooti deb nimaga aytiladi? 2.Mustahkamlash materiallari qanday bo‘linadi? 3.Mustahkamlash materiallarini sanang. 4.Beton deb nimaga aytiladi? 5.Plastbeton deb nimaga aytiladi? 6.Torkret – beton deb nimaga aytiladi? 7.Sachratma beton deb nimaga aytiladi? 8.Temir beton deb nimaga aytiladi? Download 114 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling