Zilzilaning manbasi, energiyasi va magnitudasi haqida tushuncha
Download 494.97 Kb. Pdf ko'rish
|
kG1oHZbLvtiF76frK2g7MuNh3D14ojeMlzBujybp
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.9-rasm. Manba, gipotsentr, epitsentr va izoseystalar sxemasi
- 1.10-rasm. Chilidagi zilzila epitsentrining Er shari aylanish o‘qiga nisbatan joylashishi
- 1.11 - rasm. Sunamining qirg‘oq yaqinidagi ko‘rinishi
- 1.13- rasm. Sunami to‘lqinining qirg‘oqqa yaqinlashgan sari o‘zgarib borishi
- 1.15- rasm. 11-mart 2011 yilda YAponiyada sodir bo‘lgan zilzilaning er sirtida hosil qilgan cho‘kish-ko‘tarilishlari va paydo bo‘lgan yoriqlar
Zilzilaning manbasi, energiyasi va magnitudasi haqida tushuncha Zilzilaning magnitudasiga va zilzila vaqtida ajralib chiqadigan energiyaning miqdoriga to‘liqroq baho berish uchun ro‘y beradigan jarayonni sxematik ravishda tasvirlab (1.9-rasm), ba’zi yuqorida ko‘rib o‘tgan tushunchalarimizni yana bir bor qaytarishimizga to‘g‘ri keladi. Ro‘y bergan zilzilaning kuchi (intensivligi) er sirtining har xil joylarida turlicha bo‘ladi. Bu asosan plitaning manbada uzilgan o‘lchamlariga, u erdagi materialning xossalariga, ajralib chiqqan energiyaning miqdoriga va gipotsentrdan er sirtigacha bo‘lgan masofaga bog‘liqdir. Manba deganda plitaning uzilgan joyi (hajmi), ya’ni energiya ajralib chiqqan joy - atrof muhit tushuniladi (1.9-rasmda shtrixlangan joy manbadir). Gipotsentr (fokus)—manbaning shartli markazi bo‘lib, uzilish ro‘y bergan joyning markazi hisoblanadi. Er sirtida, ya’ni epitsentr atrofida bir xil kuch bilan silkingan nuqtalarni tutashtiruvchi yopiq egri chiziq izoseysta deb ataladi (1.9-rasm). 1.9-rasm. Manba, gipotsentr, epitsentr va izoseystalar sxemasi Misol tariqasida, bo‘lib o‘tgan zilzilalarning magnitudala- ri bilan tanishamiz: Nobida (1891y.) -M=8,4; Janubiy Amerika- Kolumbiyada (1906y.) - M=8,6; Sanrikuda (1933y.) - M=8,5; CHilida (1960) - M=9.3-9.5; Xitoy-Tyanshanda (28 iyul 1976y.) - M=7.8; Meksika – Mexikoda (18-19 sentyabr 1985y.)- M=8.1 va M=7.9; Arme- niya- Spitakda (7 dekabr 1988y.) - M=7.2; Rossiya-Neftogorskda (27 may 1995y.) - M=9.0; Indoneziya-Sumatrada (26 dekabr 2004y.) -M=9.1; Gaitida (12 yanvar 2010y.) - M=7.0; CHilida (27 fevral 2010y.) - M=8,8; YAponiyada (11 mart 2011y.) – M=9.0-9.1 bo‘lgan. Zilzila vaqtida ajralib chiqkqan energiyaning katta qismi seys- mik to‘lqinlar shaklida har tarafga tarqaladi. Seysmik to‘lqinlar tarqalib turgan (davom etgan) vaqtni hisobga olgan holda zilzila jarayonida hosil bo‘lgan to‘liq energiya aniqlanadi. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda ba’zi kuchli zilzilalar vaqtida ajralgan energiyalarning taqribiy qiymati quyidagicha: YAponiya-Kantoda (1923y.) - 10 23 erg, Santamada (1931y.)-10 21 erg, Sanrikuda (1933y.) - 10 25 erg, Tonankoyda (1944y.) - 10 24 erg, Mikovada (1945y.) - 10 22 erg, Ashxabodda (1948y.) - 10 23 erg, Hait - Tojikstonda (1949y.) - 10 24 erg, CHilida (1960y.) - 10 25 erg bo‘lgan. 1.10-rasm. Chilidagi zilzila epitsentrining Er shari aylanish o‘qiga nisbatan joylashishi Sunami haqida tushuncha Hozirda ishlatiladigan sunami so‘zi aslida yaponcha bo‘lib, u «su- na-mi» degan bo‘g‘inlarni birlashishi natijasida paydo bo‘lgan so‘zdir. Uning so‘zma – so‘z tarjimasi «ko‘rfozdagi katta to‘lqin» ma’nosini bildiradi. Okean tubida sodir bo‘ladigan zilzila yoki vulqon otilishi katta uzunlikdagi o‘ta kuchli dengiz to‘lqinlarini, ya’ni sunamini vujudga keltiradi. Ba’zi hollarda bu to‘lqinlar quruqlikka 30-40 m balandlikdagi to‘lqin bo‘lib, quruqlik bo‘yicha 10 km gacha bo‘lgan masofaga kirib borishi mumkin (1.11-rasm). Sunami keltirgan ofat zilzila hosil qilgan ofatlardan ham ayanchli bo‘lgan hollar mavjud. 1.11 - rasm. Sunamining qirg‘oq yaqinidagi ko‘rinishi 1.12-rasm. 11 mart 2011y. YAponiyada sodir bo‘lgan zilzila hosil qilgan sunami to‘lqinlarining okeanda tarqalishi 1.13- rasm. Sunami to‘lqinining qirg‘oqqa yaqinlashgan sari o‘zgarib borishi Zilzilalar va sunamilarning keltirgan ofatlari haqida qisqacha ma’lumot Kuchli zilzilalar misli ko‘rilmagan vayronagarchiliklar va halokatlarni olib keladi. Zilzilalar keltirib chiqaradigan halokatlar geologik halokatlarning ichida eng ashaddiysi hisoblanadi. XX asrda vulqon otilishi natijasida 100 000 yaqin insonlar hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, zilzilalar natijasida halok bo‘lganlarning soni bundan 25 barobar ko‘pdir. Bundan tashqari kuchli zilzilalar er sirti relefini o‘zgartiradi, er qobig‘ida joylashgan plitalarning ko‘chishiga olib keladi, katta-katta yoriqlar paydo qiladi, er sirtida ko‘tarilish va cho‘kishlarni hosil qiladi, daryo o‘zanlarini o‘zgartiradi va borliq sun’iy qurilgan bino-inshootlarni vayron qiladi (1.15-rasm). 1.15- rasm. 11-mart 2011 yilda YAponiyada sodir bo‘lgan zilzilaning er sirtida hosil qilgan cho‘kish-ko‘tarilishlari va paydo bo‘lgan yoriqlar Download 494.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling