Mavzu: Limfotsitlarni qon yaratuvchi o’zak hujayralar bilan hamkorligi


Download 52.96 Kb.
bet1/3
Sana01.05.2023
Hajmi52.96 Kb.
#1419298
  1   2   3
Bog'liq
OPA


Mavzu:Limfotsitlarni qon yaratuvchi o’zak hujayralar bilan hamkorligi
Organizm ichki muhitini to’qima (intersitsial) suyuqlik, qon va limfa tashkil etadi, bu suyuqliklar tarkibi va xossalari o’zaro uzviy bog`liqdir. Ammo organizmning haqiqiy ichki muhiti to’qima suyuqligidir, chunki organizm hujayralari faqatgina to’qima suyuqligi bilan bevosita aloqada bo’ladi. Qon esa yurak endokardi va tomirlar endoteliysiga tegib oqadi va to’qima suyuqligi orqali barcha a`zolar va to’qimalar faoliyatiga ta`sir etib turadi. Tomirlar devori orqali gormonlar va turli biologik faol moddalar qon oqimiga o’tib turadi.
To’qima suyuqligi, qon va limfaning asosiy tarkibiy qismi suvdir. Odam organizmida tana massasining 75% ni suv tashkil etgan. Tana massasi 70 kg bo’lgan odamda to’qima suyuqligi va limfa 30% (20-21l) ni, hujayra ichidagi suyuqlik 40%(27-29l) ni va qon plazmasi 5%ga yaqin (2,8-3,0l)ni tashkil etadi.
Qon va to’qima suyuqligi orasida uzluksiz ravishda moddalar almashinuvi va suv tashilishi sodir bo’lib turadi. Suv bilan birga unda erigan almashinuv mahsulotlari, gormonlar, gazlar, biologik faol moddalar ham o’tib turadi. Demak, organizm ichki muhiti harakatdagi suyuqliklar bir butun tizimidan iborat bo’lib, umumiy qon aylanishi va quyidagi tartibdagi harakatni o’z ichiga oladi: qon --to’qima suyuqligi-- to’qima (hujayra)-- to’qima suyuqligi-- limfa --qon.
Shuni ham aytish kerakki, hujayra ichidagi suyuqlik, qon plazmasi, to’qima suyuqligi tarkibi turlicha bo’lganligi sababli qon, to’qima suyuqligi va hujayralar orasida jadallik bilan katta hajmda suv, ionlar, elektrolitlar, kationlar, anionlar,metabolizm mahsulotlari almashinuvi sodir bo’lib turadi. Ichki muhit suyuqliklariga bundan tashqari endolimfa, perilimfa, orqa miya, bo’g`inlar va plevra suyuqliklari ham kiradi. Bu suyuqliklar tarkibidagi tafovutni organizmning ichki to’siqlari saqlab turadi. Bularga gistogematik, gematoensefalik va gematokoxlear to’siqlar kiradi.
Evolyutsiya jarayonida ko’p hujayrali organizmlarda (jumladan,odam organizmida) ko’pchilik hujayralar tashqi muhit bilan bevosita aloqa qilishdan mahrum bo’lgan organizm hujayralari ichki muhit- hujayralararo suyuqlik bilan o’ralgan holda yashaydilar. Alohida hujayralar va hujayra guruhlari ularni o’rab olgan muhit Sharoiti o’zgarishlariga haddan ortiq sezuvchandirlar.Shuning uchun ichki muhit tarkibi va xossalari doimiyligining saqlanilishi organizm hujayra, a`zo va tizimlarining normal yashashi uchun zarurdir.
Ichki muhit doimiyligining saqlanishi qon va limfa aylanishi tizimlari, nafas va ovqat hazm qilish hamda ayiruv a`zolari tomonidan ta`minlanadi. Ma`lumki, nafas va hazm tizimlari xilma-xil moddalarning tashqi muhitdan organizm ichki muhitiga o’tishini, ayiruv a`zolari esa moddalar almashinuvi mahsulotlarini tashqi muhitga chiqarilishini amalga oshiradi.
Mana shu jarayonlar tufayli muhitning har qanday o’zgarishlari , ya`ni harorat, bosim, namlik, yoritilish keskin o’zgarganda yoki oziqlanish vaqtincha to’xtab qolganda ham organizm hujayralari nisbatan doimiy sharoitda yashaydi va o’z funksiyalarini bajaradi. Ichki muhit doimiyligi qanchalik aniq va ishonchli boshqarilsa , tashqi muhit o’zgarishlariga organizm shunchalik kamroq bog`liq bo’ladi va Shunchalik erkinroq bo’ladi.
Yirik fransuz fiziologi va patologi Klod Bernar bu holatni shunday ifodalagan : ”Ichki muhit doimiyligi -- erkin hayot sharoiti” . Ichki muhitda hayot sharoitlari doimiyligini saqlash qobiliyatiga gomeostaz (yun.gomoes-bir xil,stasis-turish) deyiladi. Bu atama fanga amerikalik olim Kennon tomonidan kiritilgan. Organizmda qon bosimi, tana harorati, qon va to’qima suyuqligining osmotik bosimi, ularda oqsillar, qand, natriy, kaliy, kalsiy, xlor, fosfor, vodorod va boshqa ionlar miqdori kabi ko’rsatkichlar nisbatan doimiy darajada saqlanadi.
Gomeostatik konstantalarni plastik va mutloq barqaror konstantalarga bo’ladilar. Plastik konstantalar bir muncha kengroq chegaralarda o’zgarganda ham hayotiy faoliyatga katta zarar yetkazmaydi. Ularga tomirlarda oqayotgan qon miqdori, qondagi Shaklli elementlar miqdori, qon plazmasi bilan shaklli elementlar nisbati , Hb miqdori, qonning solishtirma og`irligi, yopishqoqligi va ECHT kiradi. Mutloq barqaror konstantalar hatto oz miqdorda o’zgarganda ham hayotiy jarayonlarga katta zarar etkazadi. Bu konstantalarga qon plazmasi ion tarkibi, H+, osmotik bosim, plazmadagi oqsillar, O2 va SO2 ning parsial bosimi, glyukoza miqdori v.b. kiradi. Gomeostaz zaminida statik emas, balki dinamik jarayonlar yotadi, chunki muhit doimiyligi muntazam buziladi va muntazam qayta tiklanadi. Shuning uchun ichki muhit doimiyligini saqlashga qaratilgan jarayonlar butun kompleksini gomeokinez deyish to’g`riroqdir. Gomeostazni ta`minlovchi, moslashtiruvchi mexanizmlar murakkab tizimida asab va endokrin tizimlar hal qiluvchi mohiyatga ega.
Qon tizimi to’g`risidagi tushunchani 1939 yilda rus olimi G.F.Lang yaratdi. Bu tizimga 4 qism kiradi:
Mavzu: Immunologik tolerantlik.
Reja:
1.Immunologik tolerantlikning ochilish tarixi.
2.Tolerantlikka sababchi omillar.
3.Tolerantlikning hujayraviy asoslari.
Tolerantlik yoki immunologik tolerantlik – barcha antigenlarga immunoreaktivlik xususyatini saqlagan
holda organizmning muayyan antigenligiga nisbatan immunologic javobini yo'qolishi yoki susayishi.
«Tolerantlik» terminini ingliz olimi P.Medavar (1953) tomonidan ko'chirib o'tqazilgan begona to'qimaga nisbatan organizm immuno sistamasi «chidamliligini» ko'rsatish maqsadida taklif etilgan.
«Immunologik falajlik» , «areaktivlik» ,
«antigen og'irligi» kabi teminlar tolerantlikning
Har xil shakillariga mos keladi.
Sog'lom organizmning immun tizimi o'zining antigenlariga nisbatan tolerant bo'lishi tufayli organism to'qima va hujayralariga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan antitelolarni ishlab chiqarmaydi. Homilaning alloantigenlarga nisbatan tolerantlikning fiziologik holati homiladorlik paytida vujudga keladi, degan taxminlar mavjud. Qon hosil qiluvchi (plazmatik) hujayralarnimg ona qornida bo'ladigan almashinuvlari natijasida har xil tuxumli egizaklarda ham qonning guruhlangan antigenlariga nisbatan o’zaro fiziologik Tolerantlik paydo bo'lishi mumkin.
Bakterya va viruslarga nisbatan Tolerantlik latent, ya'ni yashirin infeksiya yuqqanida (masalan odamda zardobida gepatit virusi tushganda) kuzatiladi. Organ va toʻqimalar transplantatsiyasi (koʻchirib oʻtqazish) da transplantantning taqdiri retsipiyentda donorning gistooʻrindosh antigenlariga nisbatan hosil qilinayotgan Tolerantlikning qanchalik toʻliq va uzoq boʻlishi bilan aniqlanadi. Xususiy antigenlarga nisbatan Tolerantlikning buzilishi avtoimmun kasalliklarni keltirib chiqaradi.Tolerantlik toʻliq yoki immun javobning biron shakliga taalluqli boʻlishi mumkin (masalan antigenlar hosil qilish qobiliyatini yoʻqotganda hujayra immunitetini saqlab qolish) Tolerantlikning murakkab tabiati, bu holatni oʻrganish uchun tajribalar oʻtkazish vaqtida ochiladi. Immunokomponent hujayralar maʼlum klonlari hayot faoliyatining pasayishi yoki butunlay toʻxtashi natijasida qaytmas Tolerantlik vujudga kelishi kuzatilgan. Bunday holat immune sistema pishib yetilmagan davrda, ayniqsa, organizmga koʻp miqdorda antigenlar kiritilganda paydo boʻladi (homilaning ona qornida rivojlanishi davrida yoki bola tugʻilgandan keyingi dastlabki kunlarda).
Voyaga yetgan organizmlarda Tolerantlikni, ionlovchi nurlar yoki immunodepressantlar yordamida immunokomponent hujayralarni toʻliq boʻgʻish bilan vujudga keltirish mumkin. Organizmga kichik dozadagi eruvchan antigenlar kiritib, qaytar Tolerantlik hosil qilsa boʻladi. Bunday antigenlarning molekulalari limfotsitlar membranasiga joylashgan immunoglobulinlarning molekulalari bilan birikib, ularni toʻsib qoʻyadi, deb taxmin qilinadi.
Qaytar Tolerantlikni antigen-antitelo kompleksi ham hosil qiladi. Tolerantlik V limfotsitlar hamda fagotsitlarning immun javobini toʻxtatib turuvchi maxsus T-limfotsitlar mavjud. Bunday T-limfotsitlar (supressorlar) xususiy antigenlarga nisbatan fiziologik Tolerantlikni saqlab turishi mumkin. Antitelolarning bir meʼyorda hosil boʻlishini amalga oshiruvchi Tolerantlik shakli ham mavjud; bu jarayonda vujudga kelgan barcha antitelolar toʻqimalardagi antigenlar bilan bogʻlanadi. Tolerantlikni organizmga koʻp miqdorda antitelolar kiritish orqali ham hosil qilish mumkin. Bu antitelolar antigen molekulalarini limfotsitlarga yetkazmasdan ushlab qoladi yoki antigenni immunokomponent hujayralardan toʻsib turadi. Organizmning tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidashi ham Tolerantlik deb ataladi.
Oʻsimliklarda Tolerantlik himoya reaksiyasining bir turi, yuqtirilgan kasallikka javoban oʻziga xos chidamlilikning namoyon boʻlishi. Turda Tolerantlikning paydo boʻlishi tanlash natijasi bilan bogʻliq boʻlib, tabiiy populyatsiyalardagi evolyutsion jarayonda oʻsimlik bilan patogen oʻrtasida uzoq vaqt davom etgan oʻzaro taʼsirlar natijasida vujudga keladi. Madaniy oʻsimliklar Tolerantlik tufayli epifitotiya (yoppasiga zararlanish) sharoitida qam qoniqarli hosil beradi.

Download 52.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling