Mavzu: “Lison ut-tayr” dostonida obrazlar tasnifi Mundarija: Kirish


Download 115.2 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi115.2 Kb.
#1471241
  1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi


Mavzu: “Lison ut-tayr” dostonida obrazlar tasnifi
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………......
“Lison ut-tayr” dostoni haqida……………………………………………
Asosiy qisim……………………………………………………………...

  1. “Lison ut-tayr dostonida xudxud obrazi tasnifi……………………..

  2. Hikoyatlardagi ramziy timsollar talqini……………………………..

Umumiy xulosalar……………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………...


KIRISH
Lison ut-tayr (arab. — "Qushlar tili") — Alisher Navoiyning dostoni, oʻzbek mumtoz adabiyoti va oʻzbek adabiy tilining muhim yodgorliklaridan. 1498—99 yilda fors shoiri Farididdin Attornnt "Mantiq ut-tayr" asari taʼsirida yozilgan. Asar syujeti va bosh gʻoya xususida Attorga izdoshlik qilgan. "Lison ut-tayr" falsafiy doston boʻlib, shoir unda majoziy obrazlar, qahramonlarning sarguzashtlari orqali tasavvufiy gʻoyalarini ifodalagan. Navoiy asarda Xudo tashqarida emas, sening oʻzingda, degan fikrni olg’a suradi. Shu yoʻsinda insonni ulugʻlaydi, uning kamolotga erishish yoʻlini yuksak sheʼriy mahorat bilan bayon etadi.Asarning barcha gʻoyasi odamning tarbiyasini koʻrsatishga qaratilgan.
"Lison ut-tayr" 3598 baytdan (176 kichik bobdan) iborat boʻlib, aruz vaznining ramali musaddasi maqsur (foilotun — foilotun — foilon) vaznida yozilgan. Asardagi boblar alohida epizodlardan, savol-javoblardan, kichik hajmli hikoya va masallardan tashkil topgan. Asardagi hikoyalarda Navoiy buyuk hikoyanavis sifatida koʻzga tashlanadi. "Lison ut-tayr" Alisher Navoiyning 20 jildli Mukammal asarlar toʻplami 12-j. (T., 1996)dan oʻrin olgan. Doston an’ anaga muvofiq muqaddimaviy boblar bilan boshlanadi. Muqaddima 13 bobdan iborat bo‘lib, uning dastlabki bobi Alloh hamdiga bag'ishlangan. Navoiy bu olamni Alloh aniq bir reja asosida bunyod qilganligi haqida yozar ekan, unda hech bir narsa tasodifiy yaratilmaganligini aytadi.
Shoirning fikricha, Yaratuvchi koinotdagi barcha narsa va hodisalarni o'zaro aloqador holda vujudga keltirgan, shu jihatdan olib qaraganda, tabiat son-sanoqsiz uyg‘unliklarning bir butun majmuidan iborat. Allohning mo‘jizasi sifatida bir-biriga zid bo‘lgan to‘rt unsur (suv, olov, tuproq va havo) inson vujudida bir butun holda birlashtirilgan, zero, butun olamni yaratishdan maqsad insondir:

Uylakim dushman yarotib o 'tqa suv,


Yelni ham tufroqqa aylab aduv.

Sun ’idin ko'rgilki mundoq to'rt zid


Bo'lub inson xilqatida muttahid.

Ofarinishdin qilib insong'a raz ,


Oni aylab xalq ichinda beevaz.

Dostonning 2-bobi munojotni o‘z ichiga oladi. Bobda o‘tgan umrini sarhisob qilgan buyuk mutafakkirning o‘z-o‘zini taftish etishi, Yaratgan qoshida o‘zini behad gunohkor deb hisoblashi bilan bog‘liq fikrlar keltirib o‘tilgan.

Alloh , Alloh , o'lturur sharmandaliq,
Yodima kelsa bu yanglig‘ bandaliq.

Yuz qarolig‘ oncha bo'lmish jahl aro,


Kim ko‘zimga qildi olamni qaro.

Qilmadim umrumda bir rak’at namoz,


Sar-basar mahzi niyoz, ey beniyoz.

“Lison ut-tayr”ning 3—4-boblari payg‘ambar Rasuli akram madhi va me’roj tuni ta’rifini o‘z ichiga oladi. Navoiy dastlab “Nuri Muhammadiya” haqida fikr yuritar ekan, bu nur olam yaratilishidan ham ilgari mavjud bo‘lganligini, Odam Atodan Shis payg‘ambarga va shu orqali ko'plab nasllarga o'tib, Rasuli akramning otalari Abdullohga yetib kelganligi va nihoyat uning farzandi chehrasida payg'ambarlik nuri sifatida zohir bo'lganligini yozadi. 


Bobda shuningdek, Rasuli akramning payg'ambarlik davrlaridagi faoliyatlari: kofirlarga qarshi kurashganlari, Lot butining holini xarob qilganlari, xalqqa Allohdan boshqa iloh yo'qligi haqidagi haqiqatni yetkazganliklariga to‘xtalib o‘tiladi. Me’roj tuni ta’rifiga bag'ishlangan bobda esa payg'ambarimizning huzurlariga farishta Jabroil kelib, Yaratganning xabarini yetkazgani va Rasuli akramning Buroq otini minib, Alloh huzuriga ко ‘ tarilganliklari, oradagi yetmish qavat parda ko'tarilib, bor-yo‘q to‘siqlar bartaraf bo‘lganligi, payg'ambarimiz Allohdan ummatlariningf gunohini so‘raganliklari va Alloh o‘z habibining barcha istaklarini qabul qilgani haqida fikr yuritiladi
Dostonning 5—12-boblari to‘rt xalifa - chahoryorlar tavsifiga bag'ishlangan. Navoiy dastlab har bir xalifaga ta’rif beradi, ular sajiyasiga xos eng muhim nuqtalar bilan kitobxonni tanishtiradi, so'ngra chahoryorlar hayotidan muayyan voqea aks etgan hikoyatni keltiradi. Hazrat Abu Bakr Siddiqning sadoqati, Umar Foruqning adolati, Usmon Zinnuraynning halimligi va hayosi, Ali Murtazoning shijoati go'zal badiiy vositalar bilan ko'tarinki ruhda vasf etiladi, bu xalifalar islom olamining dastlabki arkoni davlati yoki oxirzamon payg‘ambarining yaqin kishilari bo‘lganliklari uchungina emas, balki axloq, ilm, dunyoqarash va e’tiqodi bilan barchaga o‘rnak va namuna, payg‘ambarimiz ishining haqiqiy davomchilari ekanliklari bilan yuksak sharafga erishganliklari alohida ta’kidlanadi.
5- bob Hazrat Abu Bakr Siddiq
6- bob Abu Bakr Siddiq haqidagi hikoyat
7-bobi Hazrat Umar Foruq vasfi
8- bob Hazrat Umar Foruqqa bag'ishlangan hikoyat
9- bob Hazrat Usmon (r.a.) vasfi
10- bob Hazrat Usmon haqidagi hikoyat
11- bob Hazrat Ali (r.a.) vasfi
12- bob Hazrat Ali (r.a.) haqida hikoyat
13- bobi buyuk forsigo'y adib Farididdin Attor madhi
15-20- bob Simurg‘ ta’rifi
21-31- bob qushlarning suhbat va targ‘iboti
32-73-bob hikoyatlar
74-76-bob Hudhudning tanqidlari tufayli o‘z qusurlaridan ogoh bo'lgan qushlar buncha kamchilik va ojizliklar bilan qanday qilib Simurg‘ga yetishish mumkinligi haqida so'raydilar
79- bob Shayx San’on haqidagi hikoyat
Hikoyatda keltirilishicha, Shayx San’on ismli avliyo Ka’badagi barcha shayxlarga murshid - ustoz darajasida edi. Uning 400 ga yaqin muridi bo‘lib, ularning har biri Junayd22 va Boyazid23larga teng edi. Shayx San’on tushida biror narsani ko‘rsa, bu voqea o‘ngida ham yuz berardi. Bir kuni u tushida Rum mamlakatida butxona ichida mast holda sayr qilib yurganligini ko'radi. Uyg‘onib, bu holiga tavba qiladi.
Lekin bu tush bir necha bor takrorlangach, uning ta’biri taqdiri bilan aloqador ekanligini his qilib, o‘z muridlari bilan Rum sari yo‘lga tushadi. Nihoyat, Rum o'lkasiga yetib kelishadi. U yerda g'aroyib bir butxonani ko'radilar. Shayx tushida ayon bo'lgan butxonaga kirgach, holatida o'zgarish sodir bo'ladi, ko'ngli iztirobdan betoqat bo‘la boshlaydi. Shunda uning qarshisida yuziga parda tortgan tarso (xristian diniga mansub) qiz paydo bo‘ladi. Shamol ko'tarilib, go‘zalning yuzidagi parda ochilgach, Shayx o'zidan ketib, tuproqqa yiqiladi. Shu tariqa Shayx ishq dardiga mubtalo bo'ladi. Navoiy uning iztirobli holatini shayx tilidan shunday tasvirlaydi:
Kim : - “Вoʻlur har lahza ranj afzun manga,
Ne edikim qilding, ey gardun , manga !
Ofiyatdin ishq sori boshlading,
Yuz yonar o ‘t ichra olib toshlading...
Alloh ! Alloh ! Ne kechadur bu kecha!
Sa’b mundog ‘, yo Rab, o‘lg‘aymu kecha!
O'tkaribmen ko‘p suubat kechalar,
Ko‘rmadim mundog‘ uqubat kechalar!..
Do'stlar , netti madad yetkursangiz,
Jam ’ olub men zorni oltursangiz.
To qutulsa dahr orimdin mening,
Dahr eli afg'on-u zorimdin mening.
Jonima , as’hob, tigʼ qatl urung.
Kuydurub , haryon kulumni sovurung.
To jahonda bo'yla rasvo bo’lmayin ,
Bir оlау, yuz qatla hardam olmayin !»
Shayxning bu musibatli holatini ko‘rib, muridlari nasihat qila boshlaydilar. Ular shayxga aql mezoni bilan murojaat etadilar, shayx esa ishq yo‘sinida javob qaytaradi. Muridlar unga tahorat olib, ibodat qilmoqni maslahat berganlarida shayx ularga shunday javob qaytaradi:
Shayx deb: - “Yoʼq ko‘z yoshimdin o 'zga suv,
Qon kelur hardam bog'irdin ko‘zga suv ” .
Mazkur hikoyatdan so‘ng tolib qushlar ruhiyatida keskin o'zgarish sodir bo'ladi. Endi ular yo‘ldan qaytish haqida emas, Simurg‘ga qanday qilib tezroq yetib borish to‘g‘risida savollar bera boshlaydilar. Dostondagi shu o'rindan boshlab, muallif qushlarning nomini aytmaydi, balki, hammasini “bir qush” tarzida nomlaydi. Dostondagi falsafiy hamda tarixiy shaxslar hayotidan olingan ibratli hikoyatlar tasviri shu o'rindan boshla nadi. Bu savol-javoblar 68 bobni (80—148-boblar) tashkil etadi.
Qushlar va Hudhud o'rtasidagi savol-javoblar tasawuf ta’limoti bilan bog‘liq ayrim nazariy va amaliy masalalar (pir va murid munosabatlari, tariqat va uni ado etish, tavba va gunoh va b.) muhokamasiga bag'ishlanish bilan birga ularda axloqiy illat va insoniy fazilatlar haqidagi qarashlar ham aks etadi. Xususan, nafsni tiyish, mol-dunyo va siym-u zarga hirs qo‘ymaslik, himmat, insof kabi inson ma’naviy takomilida muhim o‘rin tutuvchi axloqiy xislatlarning Hudhud tilidan qilingan bayoni mazmun jihatidan shoirning “Hayrat ul-abror” , “Saddi Iskandariy”, “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlarida shu xususda keltirgan fikrlariga hamohangdir. Bu hikoyatlarning ayrimlari Attor dostonida mavjud bo‘lsa-da, asosiy qismi arab ishqnomalari, xalq og‘zaki ijodi, tasavvufiy va diniy manbalar asosida yaratilgan. Dostondagi voqealar davomida Hudhud asl manzilga yetish uchun yetti vodiyni bosib o‘tish kerakligini aytadi.
Dostonda qushlar bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan ushbu vodiylar (Talab, Ishq , Ma ’rifat, Istig ‘no, Tavhid , Hayrat, Faqr-u Fano vodiylari) tasavvuf yo'liga kirgan solik riyozat chekib bosib o'tishi lozim bo'lgan tariqat maqomining yetti bosqichidir. Hudhud ta’rifiga ko‘ra, Simurg‘ga yetishish yo‘lida dastlab Talab vodiysini kezmog'i shart. Talab vodiysidagi yo‘lovchi dastawal kimni izlayotgani, nima xohlayotganini aniq bilmay qiynaladi, mavhumlik, nomuayyanlik uni iztirobga soladi. Dunyoviy orzu-istaklar, hoyu havaslar ma’naviy kamolot yo‘lida xalal bera boshlaydi. Shunday holga tushgan kishida tark tuyg'usi g‘olib kelib, dunyoviy maqsadlarga boshlovchi narsalardan butkul voz kechsa ( Har nekim g'ayri talabdur, tashlamoq, o‘zni maqsad manziliga boshlamoq), talab vodiysidagi azob-u iztiroblar endi unga rohat va farog‘at bag'ishlaydi.
Maqsadning ulug'ligini jondan his etgan kishining nazarida tog‘ - ravon yo‘l, fil - pashsha, sher - cho‘loq chumoliday ko‘rinadi. Hattoki, oldidan ajdaho chiqsa ham xazinaga duch keldim, deb quvonadi. Chunki ulug‘ maqsadlarga yetishmoqning sinovlari ham shunga yarasha bo‘ladi.Dostonda vodiy mohiyatini ochib berish uchun shahzoda va uning oshiqlari haqidagi hikoyat keltirilgan.
Talab vodiysi nihoyaga yetgach, Ishq vodiysiga qadam qo‘yiladi. Agar talab vodiysidagi asosiy shart - dunyoviy istaklar va bog‘lanishlardan uzilish bo‘lsa, Ishq vodiysid jonfidolik va poklik talab qilinadi:

Ishq aro poku qalandarliq kerak,


Shu’la bahrida samandarliq kerak.

“Kimki oshiq bo‘lsa va ishqini pinhon tutib, shu yo‘lda jonini qurbon qilsa, darhaqiqat, shahid ketibdir”, mazmunidagi hadisga muvofiq, ushbu vodiy tavsifi uchun Navoiy arab tilshunos olimi, johiliyat davridagi xalq dostonlari va she’rlarning to‘plovchisi Asma’iy bilan bog'liq hikoyatni keltiradi.


Uchinchi vodiy Ma’rifat deb nomlanadi:
Vodiyedur, yuz tuman m ing onda yo‘l,
Ul bu bir kelmay, oningdekkim bu ul.
Bu vodiyda kufr ahli ham, iymon ahli ham haqiqatni tanish va anglashda o'zining yo'liga ega degan qarash ustuvorlik qiladi. Har kishi bu dunyoda o‘z yo‘li, o‘z holi va e’tiqodiga yarasha mutlaq Haqiqatdan bahramand bo‘ladi. Yaxshining ham, yomonning ham o‘z haqiqati bor va inson umr bo‘yi o‘zi bilgan haqiqatga tayanib yashaydi. Navoiy tarjima qilib keltirgan hadisi sharifga ko‘ra, olamda necha odam bo‘lsa, Haq taolo sari boruvchi yo‘l miqdori ham shunchadir ilova tarzida Koʻrlar haqidagi hikoyat keltiriladi...
Vodiyi Tavhid ondin so'ngra bil,
Fard o'lub tajrid ondin so'ngra bil.
Barchag'a kom-u havo ta jrid o'lur,
Barchag 'a lahn-u navo tafrid o'lur.
Tajrid va tafrid - tariqatdagi maqomlardan hisoblanadi. Zohir olamida dunyoning barcha bog'liqliklaridan qutulmoq va botinda buning evaziga hech narsa talab qilmaslik tajrid bo‘lsa, tafrid maqomida solik bu dunyoning hoyu havaslariga berilganlardan ham uzoqlashib, o'zining vujudini - menligini inkor etish hamda Allohga vosil bo'lishni kasb etadi. Vodiy mohiyatini panada aniq ifodalash uchun Alisher Navoiy Mansur Halloj bilan bog'liq voqeani keltiradi. Tavhid vodiysidan keyin Hayrat vodiysiga ta’rif beriladi:
Vodiyi Tavhid qat’ olg‘on zamon,
Vodiyi Hayrat ko'runur begumon...
Hayrat aylar tilni gungu lol ham,
Aql zoyil, hushni pomol ham.
Alisher Navoiy mazkur vodiy bilan bog‘liq qarashlarini ifodalash uchun bir bora vasl sharobidan mast bo‘lib, o'zini yo‘qotgan va hajrda qolgan yigit haqidagi hikoyatni ilova qiladi.
So'nggi vodiy Faqr-u Fano vodiysi deb ataladi. Bu vodiy ta’rifida shoir dengiz timsolidan foydalanadi. Uning talqiniga ko‘ra, odamlar, tabiat, voqea va hodisalar - borliqdan nishon beruvchi jamiyki narsalar dengizning to‘lqini kabidir.
Ushbu vodiy sharhida Navoiy bir emas, to‘rt hikoyat keltiradi.

LISON UT-TAYR” DOSTONIDA HUDHUD OBRAZI TASNIFI



Download 115.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling