Mavzu: ljodkor shaxsiyati va iiodiy individuallik masalasi

Download 0.65 Mb.
Sana21.11.2020
Hajmi0.65 Mb.
#149711
Bog'liq
qiyosiy tarixiy

Farg’ona davlat universiteti o’zbek tili yo’nalishi 17.55-guruh talabasi Mannonova Zeboxonning Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti.

MAVZU: ljodkor shaxsiyati va iiodiy individuallik masalasi

XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi oʻzbek adabiyoti ushbu davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi oʻzgarishlarni aks ettiradi. Bugungi kun adabiyotshunos olimlari va tanqidchilari oʻzbek adabiyoti rivojida yuz berayotgan oʻzgarishlarni anglab yetishga va ularga munosib baho berishga urinmoqdalar. “Sharq Yulduzi”, “Yoshlik”, “Tafakkur”, “Guliston”, “Oʻzbek tili va adabiyoti” kabi adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy ruhdagi yetakchi jurnallar, “Kitob dunyosi” gazetasi sahifalarida eʼlon qilinayotgan zamonaviy adabiy jarayonga bagʻishlangan bahs va munozaralar, chop etilayotgan qator maqolalar shundan dalolat beradi.

Lekin shuni qayd etish kerakki, oʻzbek adabiy tanqidchiligida adabiyotning oʻz-oʻzini shakllantirishga urinishi borasida yakdil fikrlar yoʻq. Masalan, Hakimjon Karimov ilgari surgan paradigma inʼikosi nazariyasiga va ijtimoiy-madaniy hamda adabiy tafakkurning rivojlanishida ong kategoriyasining roliga asoslanadi. Tadqiqotchi yozish uslubi rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini nasrning janr prinsipiga asosan boʻlinishidan kelib chiqqan holda koʻrsatib oʻtadi:

1) adabiyotda gʻoya va mavzu maydonining kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy, maʼnaviy, oilaviy masalalarga eʼtiborning kuchayishi; 3) insonparvarlik mazmuni va psixologizmning chuqurlashuvi; 4) oʻzbek xalqining oʻzligini tanishi va mentaliteti masalalariga murojaat etilishi; 5) hayot mazmunini falsafiy mushohada etish.

Adabiyotshunos olim “Zamonaviy oʻzbek adabiyoti uchun muallifning dunyoni his etish konsepsiyalaridagi xilma-xillik, voqelikni anglashning yangicha shakllari paydo boʻlishi hamda adabiy obrazlarni milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan qayta anglash xosdir”, deya xulosa qiladi. Yoʻldosh Solijonov ham oʻzining zamonaviy adabiy jarayonlar konsepsiyasini adabiy janrlarning boʻlinish prinsipiga asoslangan holda tuzadi. Olimning taʼkidlashicha, zamonaviy oʻzbek adabiyoti “… Sharq adabiy anʼanalarini boyitgan holda jahon adabiyoti tendensiyalarini oʻzlashtira boshladi”2. Lekin, deya taʼkidlaydi Y. Solijonov, jahon adabiyoti anʼanalari oʻzbek badiiy asarlarini yaratishda mustahkam poydevorga aylanib ulgurmadi.

Qator adiblar ijodida “bozor sharoitidagi inson taqdiri” mavzusi ustuvor muammo sifatida ajralib koʻrinadi.

Ularning asarlaridagi bosh qahramon bozor munosabatlariga moslashib olgan yoki “ortiqcha odam”ga aylangan kishidir. Y. Solijonovning fikricha, “har bir adib yolgʻizlik fojiasini oʻzicha ochib beradi”. Olim Tohir Malik, Xurshid Doʻstmuhammad, Zulfiya Qurolboy qizi va boshqa bir qator adiblarni sanab oʻtar ekan, quyidagi belgilariga koʻra, zamonaviy badiiy asar yaratishda oʻzbek adabiyoti uchun yangilik boʻlgan oʻziga xos tendensiyalarni keltirib oʻtadi.

Bular: 1) nasihatgoʻylikdan qochish; 2) zamonaviy jamiyatda ayol rolining oʻzgarganligiga urgʻu berish, ikki yoʻl oʻrtasida turgan ayolning ruhiy kechinmalarini yaratish; 3) ijtimoiy-madaniy, gʻoyaviy-axloqiy tiplarning yonma-yon, bir-birlariga ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatib yashashi; 4) oʻzbek xalqining sobiq shoʻrolar davridagi hayotini mushohada qilishga urinish; 5) joʻshqin syujetlarga intilish (“bozor adiblari” va “bozor adabiyoti”ni yaratgan salbiy tendensiya sifatida); 6) tasviriylik va publitsistikaga moyillik.

Albatta, mazkur ikki nuqtai nazar zamonaviy oʻzbek adabiy jarayonini toʻla qamrab ololmaydi. Biroq zamonaviy adabiyot rivojlanishiga doir ushbu yangilik va tendensiyalar oʻzbek adabiyoti taraqqiy etib borayotganini koʻrsatadi.
  • Tadqiqotchi XX asr oxiri – XXI asr boshi oʻzbek adabiy jarayoni rivojlanishining quyidagi tendensiyalarini koʻrsatib oʻtadi:

1) realistik va modernistik poetikaning yagona badiiy maydonga birlashishi;

2) ijtimoiy-shaxsiy muammolardan shaxsiy-maishiy muammolarga koʻchish;

3) yangicha mifologik yozish uslubini yaratgan ramzlardan foydalanish (bu ramzlar Sharqning oʻziga xos xususiyatlari va milliy anʼanalariga (masalan, zardushtiylik obrazlari, xalq asotirlari va shu kabilar) asoslangan);

4) “moʻjizaviy realizm” tendensiyalariga moyillik;

5) real voqelikning sunʼiy inʼikosi boʻlgan, “abadiy olam” yaralishi haqidagi diniy-afsonaviy model elementlari syujetdan tashqari unsurlar sifatida “purkab qoʻyilgan” asarlar, shuningdek, reallik va afsonaviylik oʻrtasidagi syujet chegaralari boʻlmagan, syujet liniyasi turli xil afsonaviy tuzilmalar (afsona, rivoyat, hikoyat) bilan uygʻunlashgan asarlarning yaratilishi;

6) “… oʻzgacha koʻrinishdagi tahliliy psixologizm”ni vujudga keltirgan chuqur majozlashtirish tendensiyasi.

G. Garipova xulosa oʻrnida “oʻzbek ijodkorlari oʻz asarlariga modernizm va neorealizm elementlarini olib kirishdi” va “adabiy jarayon rivojlanishidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri realizm oqimidir” degan ikki gʻoyani ilgari suradi.

Zamonaviy adabiy jarayonda turlicha uslublar, janrlar va bugungi voqelikni haqqoniy aks ettira oladigan tasviriy-ifoda vositalarining yangilanishi bilan ifodalanuvchi gʻoyaviy-estetik tendensiyalarning paydo boʻlishi shu bilan izohlanadi. Mazkur tendensiya oʻzining axloqiy-gʻoyaviy tayanchlarini oʻzbek xalqining shonli oʻtmishidan izlaydi.

Taʼkidlash kerakki, oʻzbek ijodkorlari Gʻarb adabiyotidagi hodisalardan nusxa koʻchirmay yoki ularga taqlid qilmay, milliy anʼanalar va zamonaviy oʻzbek adabiy jarayoni taraqqiyotining ichki qonuniyatlariga tayangan holda ularni oʻzlashtirmoqdalar. Masalan, Nazar Eshonqul oʻzining “Muolaja”, “Bevaqt chalingan bong”, “Istilo”, “Tobut” kabi asarlarida arxitiplarga, motiv-obrazlar, topos-obrazlarga murojaat etadi, oʻzbek millatining oʻziga xos xususiyatlari va Sharq psixologiyasini aks ettirarkan, montaj usulidan foydalanib, alohida mavjud boʻlgan hodisalarni yaxlit voqelikka aylantiradi; Omon Muxtor “Maydon” romanida adabiy uslub va tasvir predmeti sifatida “dialog oʻyini”dan va muallif majozlaridan foydalanadi; Erkin Aʼzam oʻzining “Chapaklar va chalpaklar mamlakati” qissasida shartli-fantastik usulni, asarni rivoyat janriga yaqinlashtiruvchi ramz va majozlarni tanlaydi; Xurshid Doʻstmuhammad “Bozor” romanida inson ongining turfa shakli – falsafiy mushohadaga, xalq donishmandligiga murojaat qiladi.

E’TIBORINGIZDAN XURSANDMIZ!

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling