Mavzu: makroiqtisodiy indikatorlarni ishlab chiqarish funksiyalari yordamida tadbiq qiilish


Download 57 Kb.
bet1/6
Sana23.11.2023
Hajmi57 Kb.
#1794880
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu makroiqtisodiy indikatorlarni ishlab chiqarish funksiyala


MAVZU: MAKROIQTISODIY INDIKATORLARNI ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYALARI YORDAMIDA TADBIQ QIILISH
REJA:
Kirish.

  1. Makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va yuritish.

  2. Makroiqtisodiy indikatorlarni va milliy hisoblar tizimida xodimlar malakasini oshirish.

  3. Makroiqtisodiy indikatorlar.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida ro`y berayotgan jiddiy tarkibiy o`zgarishlar tashqi iqtisodiy ko`rsatkichlarda o`zining aniq ifodasini topmoqda. Bunday iqtisodiy o`sishga erishishda, avvalambor, keng ko`lamli tizimli bozor islohotlarini joriy etish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash, biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilganligi katta ahamiyatga egadir.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o`zgarib turuvchi raqobat muhiti va bozor sharoitlarini ilg`ab olish, ularning mohiyati hamda qonuniyatlarini chuqur tahlil qilishda ekonometrik usullar va modellardan foydalanish yordamida makroiqtisodiy indikatorlarni prognozlash, ko`p variantli yechimlardan muqobil yechimni tanlash, tavakkalchilik va noaniqlik sharoitida optimal iqtisodiy qarorlar qabul qilish, keyinchalik, bu qarorlar bajarilishini kompyuter orqali monitoring qilish masalalarining nazariy va amaliy tomonlarini o`rganishda “Ekonometrikaga
kirish” fani muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi paytda iqtisodiy fan va amaliyot murakkab iqtisodiy, xo'jalik va nazariy masalalarni hal qilishda amaliy matematika yutuqlaridan keng foydalanmoqda. Mamalakatimizda qabul qilingan “Ta'lim to'g'risida”gi, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” Qonunlariga asosan ta'lim olayotgan barcha talabalarni raqobatbardoshligini oshirish maqsadida bugungi kunda ta'lim jarayonlari tubdan o'zgartirilmoqda. Ta'lim sohasida o'qitishning yangi shakllari: yangi pedagogik texnologiyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ta'lim berish usullari keng qo'llanilmoqda. Bu esa ta'lim oluvchilarning har tomonlama yetuk, bilimdon va raqobatbardoshligini ta'minlashga imkon beradi.

Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling