Mavzu: Maqollar va matallar dono fikrlarning ixcham ifodasi


Download 24.1 Kb.
bet1/4
Sana26.09.2023
Hajmi24.1 Kb.
#1688269
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Maqollar va matallar dono fikrlarning ixcham ifodasi-fayllar.org (1)


Mavzu: Maqollar va matallar dono fikrlarning ixcham ifodasi

Mavzu: Maqollar va matallar dono fikrlarning ixcham ifodasi
Reja
1. Xalq maqollarida tugal mazmun ifodasi
2. Xalq iboralarida majoziy fikr
3. Xalq matallari nutq bezagi
Maqollar o’zbek xalq og’zaki ijodining ommaviy janrlaridan biridir. Asrlar davomida og’izdan og’izga o’tib kelgan maqollar xalqimizning dunyoqarashi, jamiyatga bo’lgan munosabati, axloqiy normasini, tarixi va ruhiy holatini ifodalaydi.

Maqollar o’zining tuzilishi jihatidan qisqa, lo’nda, puxta, mantiqli, fikran tugallangan va siqiq ishlangan bo’ladi.


Maqollarda hayotiy tajribalar natijasida kelib chiqqan qimmatli fikrlarning xulosasi ifodalanadi. Maqollar ko’pincha poetik formaga ega bo’ladi. Ular o’zining ixcham, pishiq va puxta ishlanganligi bilan ham XOI ning boshqa turlaridan farq qiladi.
Maqollar chuqur va mukammal mazmunga ega bo’lib, ularda mehnatkash xalqning donoligi, milliy an’analari, uzoq asrlik hayotiy tajribalari hamda mehnat yakunlari mujassamlanadi.
Folklor asarlarining boshqa hamma janrlari kabi maqollarda ham mehnatkash xalqning orzu-umidlari, vatanparvarlik, insonparvarlik xislatlari, qisqasi barcha ijobiy fazilatlari aks etgan bo’ladi. Shu sababdan ham ularning tarbiyaviy ahamiyati g’oyat kattadir.
O’zbek xalq maqollarining tematikasi boy va badiiy jihatdan rang-barangdir.
Turmushning hamma sohalarida: mehnat jarayonida, jonli suhbatlarda, yozma adabiyotlarimizda maqol va hikmatli iboralar juda ko’p ishlatiladi. Anglatilmoqchi bo’lgan fikrlar obrazli qilib ifodalanadi. Shuning uchun ham xalqimiz “So’zning ko’rki - maqol”, “Yaxshi naql – tomiri aql”, “Otalar so’zi – aqlning ko’zi” deb bekorga aytmaganlar.
Maqollar folklorning boshqa janrlari, jumladan, dostonlarda, ertaklarda, qo’shiqlarda ham ko’p uchraydi.
Shuningdek, ko’pchilk xalq ertaklarining oxiri ham, qissadan hissa tarzida, maqol yoki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan biron bir pand-nasihat bilan tugaydi.(“O’zbek xalq maqollari, T, 1978, ”)
Bahodir Sarimsoqov maqollardagi keng mazmun haqida gapirar ekan, o’zining “Badiiylik asoslari va mezonlari” asarida buni bir maqol misolida izohlab shunday deydi: - “”Bug’doy noning bo’lmasin, bug’doy so’zing bo’lsin” maqolini oling. Birgina shu maqolda shirin so’zlik, odamiylik, lutf-ehson, mehmondo’stlik haqidagi xalqning ko’p asrlik tajribalarida jamlangan xulosalari mujassamlashgan. Agar birgina shu maqol mavzuida, unda ifodalangan g’oyani ifodalovchi epik, lirik va dramatik asarlar yaratilmoqchi bo’lsa, o’nlab roman, yuzlab hikoya, yuzlab she’r yoki doston , ko’plab dramalar yozish mumkin. Shunda ham mavzu va g’oya maqoldagidek aniq, lo’nda va yorqin ifodalanmaydi.” Bu fikr ixcham shakl, keng mazmun uchun bildirilgan eng aniq xulosadir. (Bahodir Sarimsoqov, Badiiylik asoslari va mezonlari, T, 2004, 89-bet).
Maqol mustaqil folklor janri sifatida qator o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu xususiyatlar uni boshqa aforistik janrlardan keskin farqlab turadi.
1.Maqol hamma vaqt aniq, tugal fikr anglatadi. Bu fikr esa qat’iy, lo’nda xulosa sifatida ifodalanadi. Fikriy lo’ndalik esa fikrni ixcham ifodalashga imkon beruvchi ikki mantiqiy markazdan tashkil topgan yaxlit kompozitsiya asosida yuzaga keladi. Shuning uchun ham maqolda biror ortiqcha so’z, ortiqcha tasviriylik va tavsifiylik uchramaydi.chunki maqoldagi ixcham fikrning o’zi estetik jihatdan katta mohiyat kasb etadi. Bu mohiyatning yuzaga chiqishi hamma vaqt ixcham badiiy shakl vositasida amalga oshadi.
2. Maqol uchun ma’lum bir fikrni mantiqiy izchillikda va qat’iy qutbiylikda ifodalash xarakterlidir. Qaysi bir maqolni olmang, u voqelikni mudom yo keskin salbiy nuqtayi nazardan baholaydi. Mana shuning uchun ham izchil mantiqiy qutbiylikni ifodalashda ikki qismdan iborat tuzilishga ega bo’lgan badiiy shakl yetakchi rol o’ynaydi.
3. Maqol asosida ibratomuz tugal fikr yotadi.
4. Maqollar o’z ham ko’chma ma’nolarda qo’llanish imkoniyatiga egadir. Bu xususiyat maqollarning tematik doirasini, qo’llanish chegarasini kengaytiradi. Shuning uchun ham maqol bir yoki bir necha xalqlar orasida keng tarqalgan bo’ladi.
5. Maqol nutqda dalillash, isbotlash vositasi sifatida qo’llaniladi.
Bulardan tashqari maqollar folklorning boshqa janrlari uchun taalluqli bo’lgan umumiy xususiyatlarga ham ega. Shunday xususiyatlardan biri maqolning juda sekinlik bilan yaratilishi va yo’qolish xususiyati, tilda g’oyatda turg’unligi hisoblanadi. Bu xususiyat bevosita maqol mazmuning shakliy jihatiga uzviy bog’liqligi bilan izohlanadi.
Ma’lumki, har qanday fikr ibratli bo’la olmaydi va har qanday ibratli fikr maqol bo’la olmaydi. Shunday ekan, ibratli fikrning maqolga aylanishi uchun ayrim shartlar mavjud.
Birnchidan, maqolga aylanuvchi fikr xalqning ko’p yillik ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, hayotiy tajribasida sinalgan bo’lishi lozim. O’shanda u fikr ibratlilik kasb etadi, kishilarni ishontira oladi.
Ikkinchidan, maqolda ifodalangan fikr umuminsoniy xarakter kasb etishi lozim.
Uchinchidan, har ikki shartga javob beruvchi ibratli fikr ixchan, mukammal, badiiy jihatdan puxta kristall shaklga ega bo’lishi kerak. Ko’rsatilgan ana shu uch shart to’liq yuzaga chiqqandagina, ibratomuz fikr maqolga aylanadi.
Xalq maqollarining xalq hayoti bilan chambarchas bog’liqligi ularning milliy o’ziga xosligini, ayni paytda, umumbashariy xarakterini belgilab beradi. Bu ikki jihat o’zbek xalq maqollarining tematikasida, voqelikni aks ettirish tarzida, badiiy-tasviriy vasitalarida va, nihoyat, tilida o’z ifodasini topgan. Mana shu jihatdan qaralsa, o’zbek xalq maqollarining ikki katta qismdan iboratligini ko’rish qiyin emas.
1.O’zbek va boshqa xalqlar aforistik ijodida mavjud bo’lgan maqollar, boshqacha aytganda, o’zbek xalq maqollari sirasida mavjud bo’lgan va boshqa xalqlarda ham uchrovchi paremiologik qatlam. Bu qtalamga mansub maqollar o’zlarida umuminsoniy jihatlarni ulug’lashi va ibrat qilib ko’rsatishi kabi xususiyatlari bilan milliy paremiologik materialga singishib ketgan. O’zbek xalq maqollari doirasidagi bu qatlam, bir tomondan, bevosita shu xalq hayoti, taraqqiyot darajasining mahsuli sifatida vujudga kelgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, o’zga xalqlar paremiologik boyligi ta’sirida payda bo’lgan.
2. Faqat o’zbek xalqi hayotini, dunyoqarashi va turmush tarzini, etik va estetik normalarini, urf-odatlarini ifodalovchi maqollar, boshqacha aytganda, o’zbek xalq maqollari orasidagi milliy paremiologik qatlam. Bu qatlamga mansub paremik materialning milliy o’ziga xosligi quyidagi jihatlarda yorqinroq namoyon bo’ladi:
a) bevosita o’zbek xalqining ijtimoiy -siyosiy, iqtisodiy- madaniy va maishiy hayotini aks ettirishda;
b) o’zbek xalqiga xos xarakter-xislatlarning ishonarli ifodalanishida;
c) o’zbeklarga xos toponimika, flora., faunaning ishtirok etishida;
d) o’zbeklarga xos urf-odat, hamda ,marosimlarning mavjudligida;
e) badiiy tilida.
Xalq maqollarining tematikasini, g’oyaviy tematikasini aniqlamoq natijasida turmushning muayyan tomonlari xususida qanday xulosalarga kelinganligi to’g’risida fikr yuritmoq va shu asosda tegishli xulosalar chiqarmoq uchun maqollarni tasnif qilish kerak bo’lgan. Bu narsaning zarurligiga folklorshunos olimlar va maqollarni nashrga tayyorlovchilar qariyb bir yarim asrdan buyon ahamiyat berib kelganlar. Ana shu davr ichida maqollarni to’plab, nashr ettirganlarning har biri ularni o’zicha tasnif qilgan. Natijada tasnifning bir necha turi vujudga kelgan. Bu turlarning asosiylarti quyidagilar: alifbo tartibi; maqoldagi asosiy so’zga qarab tasnif etish tartibi (bu ayni paytda leksik yohud qomusiy tasnif deb ham yuritiladi); monografik tasnif; genetic tasnif; tematik tasnif. Maqollarning bir muncha to’plami tasnif qilinmay, duch kelgan maqol tartibsiz ravishda qog’ozga tushirilib, nashr etilaverilgan
“Maqollar ulardan anglashiladigan tushunchalarga qarab joylashtirilsa, xalq ruhiyatining chinakam ocherki vujudga keladi”, deb yozgan edi taniqli rus tilshunosi va paremiologi V. I. Dal.
Bu tasniflarga tayanilgan holda o’zbek xalq maqollari, asosan, alifba va tematik jihatdan tasnif qilingan. Xususan, 1960-yilda nashr etilgan “O’zbek xalq maqollari to’plami” 32 mavzuga, 1978-yilda nashr ettirilgan “O’zbek xalq maqollari” esa 34 mavzuga ajratilgan.
Bu mavzular quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. El-yurt, vatan va vatanparvarlik haqida;
2. Tinchlik-omonlik va osoyishtalik haqida;
3. Yer-suv, dehqonchilik, chorvachilik va mehnat, mehnatsevarlik haqida;
4. Do’stlik, ahillik, ittifoqlik va noittifoqlik haqida;
5. Ilm-fan, hunar, madaniyat va san’at haqida;
6. Donolik va nodonlik haqida;
7. Mardlik, nomardlik, insoniylik va saxiylik haqida;
8. Botirlik va qo’rqoqlik haqida;
9. Xushyorlik va ehtiyotkorlik haqida;
10. Ishq-muhabbat, go’zllik va vafo haqida;
11. Oila va qarindosh-urug’chilik hamda qo’ni-qo’shnichilk haqida;
12. Or-nomus, odob, tarbiya, kamtarlik, tanqid, kattalarga hurmat-izzat va kichiklarga mehribonchilk haqida;
13. Qadr-qimmat haqida;
14. Mehman va mehmondo’stlik haqida;
15. Til, yaxshi so’z, yomon so’z, yaxshilk va yomonlik haqida;
16. To’g’rilik va egrilik haqida;
17. Tadbirkorlik va epsizlik haqida;
18. Borlik-yo’qlik, iqtisod va tejamlilik haqida;
19. Qanoat va sabr-toqat haqida;
20. Tozalik va sog’liq haqida;
21. Orau-havas, ishonch, umid va umidsizlik hamda tavakkalchilik haqida;
22. Maqtanchoqlik vamanmanlik haqida;
23. Yomonlik, yolg’onchilik, ayyorlik, ishyoqmaslik, tekinxo’rlik, o’g’rilik va muttahamlik haqida;
24. Baxillik, ochko’zlik, ta’magirlik, xasislik va qizganchiqlik haqida;
25. Hayvonlar va boshqa jon-jonivorlar haqida;
26. Tabiat va tabiiiy hodisalar haqida;
27. Majoziy ma’nodagi maqollar;
28. Ibratli maqollar.
Bundan tashqari1988-yilda Shotursun Shomaqsudov hamda Shuhrat Shorahmedovlar tomonidan tartib berilgan “Nega shunday deymiz” maqollar to’plami alifbo tartibida keltirilgan.
Xullas, xalq maqollarida qaysi mavzu, hayotning qaysi sohasi haqida fikr yuritilmasin, tanlangan muammo har tomonlama, atroflicha yoritiladi. Bularning hammasi o’zbek xalqining asrlar davomida naqadar dono va aqlli ijodkor farzandlarga ega ekanini dalillaydi.

Download 24.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling