Mavzu: matnli fayllar bilan ishlash operatorlari


Download 111.38 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi111.38 Kb.
#214166
  1   2
Bog'liq
11- Amaliyot


11- AMALIY MASHG’ULOT

MAVZU: MATNLI FAYLLAR BILAN ISHLASH OPERATORLARI.

Ishning maqsadi: C++ dasturlash tilida matnli fayllar yaratishni va ularni qayta ishlashni o’rganish. Fayllar bilan ishlash ko’nikmalarini oshirish.

Masalaning qo’yilishi. Har bir talaba guruh ro’yxatidagi tartib raqami bo’yicha quyidagi jadvallarda berilgan topshiriqlarni bajaradi. Dastur matni va dastur natijasini hisobot shaklida topshiradi.

Masala: Berilgan nomdagi matnli faylni yaratish va unga ixtiyoriy so’z kiritish dasturini tuzing. So’zdagi harflarni alifbo tartibida saralang.

Masalani yechish goyasi: Xotiradan char tipli fayl nomi uchun sig’imi 50ta simvol bo’lgan fayl_nomi nomli o’zgaruvchi e’lon qilamiz. String tipli 2 ta suz va suz1 o’zgaruvchilarini e’lon qilamiz, bular so’z kiritishimiz va kiritgan so’zimizni alifbo bo’yicha tartiblashimiz uchun zarur bo’ladi. Scanf operatori yordamida fayl_nomi nomli o’zgaruvchiga qiymat biriktiramiz. Keyingi qadamda ofstream oqim klasidan fayl nomli obyekt e’lon qilinadi. Yaratilgan fayl nomli obyekt yordamida standart open() funksiyasiga murojaat qilinadi. Bunda open() funksiyasiga parametr sifatida faylni nomi va kengaytmasini o’zida saqlagan fayl_nomi o’zgaruvchisini beramiz. Keyingi qadamda avvaldan e’lon qilingan suz o’zgaruvchisiga cin operatori yordamida ixtiyoriy biror so’zni qiymat qilib kiritiladi. suz1 o’zgaruvchiga uni nusxalab qo’yamiz. Int tipida biror o’zgaruvchi olamiz, masalan k. Unga suz1 ni uzunligini length() funksiyasi yordamida qiymat sifatida olamiz. Shundan so’ng kiritilgan so’zni alifbo bo’yicha saralaymiz. Bunda harflarning ASCII kodida turgan o’rni bo’yicha saralash bajariladi. Saralash tugatilgandan so’ng if shart operatori bilan is_open() funksiyasini qo’llab fayl ochilganligini tekshirib olinadi. Agar fayl ochilgan bo’lsa avval saralanmagan so’z va keyin saralangan so’z faylga yoziladi, aks holda “Fayl yaratishda xatolik sodir bo'ldi” yozuvini ekranda chop qilinadi. Keyingi qadam close() funksiyasini qo’llab faylni yopamiz. Oxirida shunchaki xabar sifatida “Dastur muvoffaqqiyatli bajarildi” xabarini ekranda chop qilamiz.


Download 111.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling