Mavzu: Mebel buyumlarini pardozlash


Download 1.15 Mb.
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1175976
  1   2
Bog'liq
26-Mavzu

Mavzu: Mebel buyumlarini pardozlash.

Reja:


1.Buyumlarning sirtini qayta pardozlash
2. Javonsozlik (mebel) ishlari
3.Shkaf konstruksiyasi


Buyumlarning sirtini qayta pardozlash
Ko‘pincha buyumlarning sirt qatlamining tirnalishi, shilinishi, temperaturaning o‘zgarishi, nam ta’sirida bo‘yoq lok qatlamlari buzilishi oqibatida qo‘shimcha pardozlash talab etiladi.
Bunday hollarda agar bo‘yoq qatlamlari buzilgan, shilingan, ko‘chgan bo‘lsa, shu joyning o‘zida buyok, qatlami qirib tozalanadi, qirralari tekislanib, talab etilishiga qarab surgich surtiladi yoki gruntovka qilinadi. So‘ngra jilvirlanib o‘sha rangdagi bo‘yoq bilan bir-ikki bor bo‘yaladi.
Yangi va eski bo‘yoqlarning bir-biridan ajralib sirtning sifatini buzib qo‘ymasligi uchun buyum sirti yoppasiga qayta bo‘ya­ladi.
Agar bo‘yoq qatlami buyum sirtining ko‘p qismida buzilgan bo‘lsa, u holda sirtni nashatir spirtining suvdagi eritmasi yoki boshqa ximiyaviy moddalar bilan yumshatib tozalanib sirt yoppasiga qayta bo‘yaladi.
Lok qatlamining ko‘chgan, shilingan joylarini bilinmaydigan qilib asliga keltirish qiyin. Shuning uchun buzilgan qism qirib tozalanadi, jilvirlab silliqlangandan keyin gruntovka qilinadi, loklanadi. Sungra butun sirt qayta lok-lanadi.
Javonsozlik (mebel) ishlari
Devorga o‘rnatiladigan shkaflar. Ular devor ichiga yoki xonalararo pardadevorga qurilishi mumkin.
Devorga o‘rnatilgan shkaflarga ko‘pgina suriladigan shkaf va tumbalarni almashtirish mumkin. Ular bilan yotoqxona, bolalar xonasi, dahliz, dars qilish kabinetlari, oshxonalar jihozlanadi.
Konstruksiyasiga ko‘ra devorga o‘rnatiladigan shkaflarni suriladigan seksiyali yoki universal yig‘ma va karkasli shkaflarga o‘xshatib tayyorlanadi. Karkasli devor ichiga o‘rnatiladigan shkaflar brasokli karkasdan iborat bo‘lib, ularning old (fasad) qismlariga eshik osilgan bo‘ladi (92-rasm).



92-rasm. Xona ichiga o‘rnatiladigan shkaflar.
O‘rnatiladigan shkaf konstruksiyalarini yaratishda shkafning optimal chuqurligini to‘g‘ri tanlash juda muhim. U shkafdan ko‘zda tutilgan fuknsional bo‘limlarga, xona sathiga, o‘rnatiladigan eshik turiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday shkafning chuqurligi kamida 560 mm bo‘ladi. Agar xona sathida bunday chuqurlikdagi shkaf yasash imkoni bo‘lmasa, unda shkaf chuqurligini 400-450 mm qilish va ilgichlar uchun shtangani uning sirt (fasad) tomoniga perpendikulyar joylashtirish lozim bo‘ladi (93-rasm).










93-rasm. Shkaflarning alohida seksiyalari.


Ustki kiyim-kechaklar uchun ilgich (veshalka)li shkaflarning chuqurligi, xo‘jalik asbob-anjomlari, oyoq kiyimlar, kitoblar va bolalar o‘yinchoqlari uchun shkaflarning chuqurligi 300-450 mm qilib olish tavsiya etiladi.
Devorga o‘rnatiladigan shkaflarning balandligi xona shipigacha yoki undan pastroq bo‘lishi mumkin.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling