Mavzu: Mebel konstruksiyalari Reja


Download 37.5 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi37.5 Kb.
#1175910
Bog'liq
25-Mavzu2

Mavzu: Mebel konstruksiyalari

Reja:


1. Oddiy duradgorlik mebellarini tuzatish
2. Qaynoq yelim eritmasi
3. Duradgorlik buyumlarini ta’mirlash

Oddiy duradgorlik mebellarini tuzatish


Kursi, stol, stul, parta kabi oddiy mebellarni tuzatishda quyidagi ishlar bajariladi:
1. Buyumlarning mixlangan, burama mix bilan qotirilgan, metall guniyalar bilan qoplangan, yelimlangan ayrim qismlari bo‘shab qolgan taqdirda ularni qismlarga ajratib qayta yig‘iladi.
Buyum turiga, uning qismlarining q.anday usul bilan biriktirilishiga qarab mixlash, burama mix bilan qotirish, metall guniya qoplash, yelimlash yo‘li bilan tuzatiladi. Tirnoqli birikmalarda bo‘shab ketgan qismlar chiqarilib, tirnoq. va quloqlar tozalanib, qayta yelimlab biriktiriladi.
2. Singan buyum qismlarini tuzatishda siniq detalning holatiga qarab uni yelimlash yo‘li bilan qayta tiklanadi yoki yangi detal bilan almashtiriladi.
Yelimlash yo‘li bilan tuzatiladigan qismlarning puxta birikishini ta’minlash uchun ular issiq holatdagi normal yelim eritmasi bilan yelimlanib, birikma strubsinalar yordamida qotiriladi va qurigunga qadar saqlanadi.
Singan qismlarni qayta tiklab, foydalanish mumkin bo‘lmasa, yangi detal tayyorlab almashtiriladi. Yangi tayyorlanadigan detal yog‘ochi buyum sirtining bo‘yalishiga yoki loklanishiga qarab tanlanadi. Loklanadigan buyum qismlarini yangilashda o‘sha jinsdagi yog‘och tanlanadi. Bo‘yaluvchi buyumlarda yangi detal yog‘ochining puxtaligini e’tiborga olinadi. Bo‘shab ketgan yoki yangi tayyorlangan detallarni yelimlab o‘rnatishda ularning puxta birikishini ta’minlash uchun buyumning turi, o‘lchami va sifatiga qarab qoplama metall guniyalar qoplanishi, metall lentalar bilan o‘ralishi, tortiq sterjenlar bi­lan qotirilishi, ichki tomondan qo‘shimcha chaspak qoqilib, kashaklanishi mumkin.
Qayta tiklangan yoki yangilangan buyum qismlari bo‘yaladi yoki loklanadi. Loklash yangi detalni buyumning qaysi qismiga o‘rnatilishiga qarab uni o‘rnatishdan oldin yoki keyin olib boriladi.
3. Mebellarning sirtiga qoplangan yelimlangan fanerlar ko‘chib ketgan vaqtda ularni issiq (50° past temperaturadagi) yelim eritmasi bilan yelimlanadi. Qaynoq yelim eritmasi lok,bo‘yoq qatlamining yumshashi va buzilishiga olib keladi. Ko‘chgan fanerni yelimlash vaqtida uni sirtdan ajratib olmasdan,yorib yoki sindirmasdan ohista ko‘tarib ostiga bir tekis yelim surtib yopishtiriladi. Yelim surtish va fanerni yopishtirish tez bajariladi.
Buyum sirtidagi fanera qisman buzilganda uning o‘rniga yopishtirilgan faner yog‘ochi va tabiiy gulining bir xil bo‘lishiga e’tibor beriladi.
Agar ouyum sirtidagi faner ko‘chib, sinib, sifatini yo‘qotib butunlay ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan bo‘lsa, unga mos ixtiyoriy bir turdagi yangi faner bilan qoplanadi.
Duradgorlik buyumlarini ta’mirlash.
Ma’lumki, o‘quv protsessida ko‘plab stul, stol, kursi, parta, kitob javoni va umuman yog‘ochdan tayyorlangan buyumlarning qismlarining bo‘shab ketishi, sinishi, buzilishi ro‘y berib, buning natijasida ko‘plab inventar ishdan chiqadi. Ko‘p hollarda bu xildagi ishga yaroqsiz buyumlarni inventarizatsiya vaqtida xatdan o‘chirib, buzib o‘tinga chiqarib yuboriladi va yangi inventar xarid qilinadi. Bu hol ko‘plab mablag‘ sarflanishiga, buyumlarning noo‘rin ishdan chiqarilishiga, ko‘plab yog‘ochlarning isrof bo‘lishiga olib keladi.
Bunday isrofgarchilikning oldini olish maqsadida durad­gorlik o‘quv ustaxonalarida buyumlarni tuzatish ishlarini tashkil etish mumkin.
Bu maqsadda o‘quvchilar biriktiruvchi va bog‘lovchi materiallar bilan tanishib, bog‘lash usullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazib, sodda birikmalar, oddiy mebellar tayyorlashni o‘rganganlaridan so‘ng ularga kursi, stul, parta va stol kabi o‘quv inventarlarini tuzatish ishlari topshiriladi. Bu hol ko‘plab buyum, mablag‘ va materiallarni tejash imkonini beradi. O‘quvchilar turli xil konstruksiyadagi buyumlarning tuzilishi, qismlarining o‘zaro biriktirilishi bilan tanishib, ularni tuzatish ishlari bilan shug‘ullanadilar. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilar mehnat madaniyatini, konstruktorlik qobiliyatlarini shakllantirishga va o‘stirishga yordam beradi.
O‘quvchilar joriy tuzatish ishlarini olib borish davrida buyumlarning buzuqlik darajasiga qarab ularning bo‘shab ketgan qismlarini qayta yig‘ish, singan qismlarini tiklash, yangi detallar tayyorlab o‘rnatish, buyumlarning qismlarini almashtirib yig‘ish, qayta tiklangan buyumlarni qisman yoki yoppasiga pardozlash ishlari bilan shug‘ullanadilar.
Buyum qismlarining yaroqlilarini almashtirish yo‘li bilan qayta tiklash ishlari olib borilishi natijasida ortiqcha yog‘och-taxta material sarflanmaydi. Buyumlarning singan, ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan qismlaridan dastlabki duradgorlik mashg‘ulotlarini (arralash, randalash, o‘yish, teshish mashqlarini o‘tkazishda, bog‘lash usullarini o‘rgatishda) o‘tqazishda, kichik o‘lchamli buyum, asbob-uskuna, ko‘rgazmali o‘quv qurollari, oddiy mebel, turli xil asboblar uchun dastalar va xakazolar tayyorlashda foydalaniladi.
Masalan, ishga yaroqsiz stol, parta qismlaridan, kursi, kitob tokchasi, duradgorlik shovini, guniya va boshqalar, stul oyoqlaridan bolg‘a, iskana, egov kabilar uchun dastalar, ko‘r­gazmali o‘quv qurollari uchun stoyka va hakozolar tayyorlash mumkin.
O‘quvchilar buyumlarni tuzatish vaqtida quyidagi ishlarni bajarishlari va o‘rganishlari mumkin.
Download 37.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling