2-Ma’ruza: Tombop va gidroizolatsiya materiallari. Reja: Asbosement buyumlarning turlari
Download 27.39 Kb.
|
2-Ma’ruza Tombop va gidroizolatsiya materiallari.
2-Ma’ruza: Tombop va gidroizolatsiya materiallari. Reja: Asbosement buyumlarning turlari O‘rama gidroizolatsiya materiallari Asbosement buyumlarning asosiy turlariga tombop, devorbop, bezak, pogonajli quvurlar va maxsus buyumlar kiradi. Тombop buyumlarga quyidagilar kiradi: turli profildagi to‘lqinsimon listlar va ular uchun fason qismlar, yirik o‘lchamdagi yopma yassi plitalar, armaturalangan konstruktiv yopma (nastil), ekstruziya usulida tayyorlangan panellar, kam qavatli binolar uchun tombop plitkalar va sh.k. lar. Тo‘lqinsimon profillangan listlar oddiy, o‘rtacha, yuqori va unifisirlangan profillarda tayyorlanadi. Ularning uzunligi 1200–3300 mm, to‘lqin qadami 115–350 mm. Buyumning massasi 9–98 kg, egilishdagi mustahkamlik chegarasi esa 16–24 MPa. Hozirgi vaqtda profillangan listlar 1750 mm uzunlikda, 40/ 150–6 va 54/200–6 (to‘lqin balandligi/ to‘lqin uzunligi-qalinligi) tiplarda turarjoy va qishloq xo‘jaligi binolari tomlarini yopish uchun; 54/200–7,5 tipi esa sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish bino va inshootlari tomlarini yopish uchun ishlab chiqariladi. Uzunligi 1250 mm, 30/130 va 40/150 tiplardagi to‘lqinsimon listlar kam qavatli va xususiy binolar qurilishida tombop material sifatida ishlatiladi. Sanoat binolarini yopish uchun uzunligi 3300 mm, 145/350 tipdagi VK listlari ishlab chiqariadi. Profillangan asbosement listlar asosida tomlarni yopishda butlash uchun fason detallari – to‘lqinsimon konkali, soddalashtirilgan konkali, o‘tuvchi va burchaklik ishlab chiqariladi. Yirik o‘lchamli yassi listlar uzunligi 2000–3600 mm, eni 1200–1500 mm, qalinligi 4–12 mm holda tayyorlanadi. Armaturalangan konstruktiv yopma (nastil) 9 m prolyotli ishlab chiqarish binolarini yopishda ishlatiladi. Po‘lat armatura konstruksiyaning cho‘ziluvchi zonasiga qo‘yiladi. Kuchaytirish uchun ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchakli polosalar yoki yirik po‘lat sterjenlar ishlatiladi. Ekstruziya usulida tayyorlangan asbosement panellar cherdaksiz sanoat binolari tomlarini yopish uchun ishlatiladi. Panellar ustidan tom o‘rama gidroizolatsiya materiallari bilan qoplanadi. Balandligi 120–180 mm bo‘lgan panellar tom qoplamalarida, balandligi 80 mm ligi esa osma shiftplar uchun ishlatiladi. Panellar eni 595 mm (asosiy) va 295 mm (yordamchi) qilib ishlab chiqariladi. Cherdaksiz yopmalar uchun panellar ikki turda tayyorlanadi: korobka tipida, ichiga issiqlik izolatsiyasi qatlami qo‘yilgan alohida yassi va to‘lqinsimon listlardan yig‘ilgan uch qatlamli panellar. Ishlatilish joyiga ko‘ra panellar ikki tipga bo‘linadi: oddiy qatorga teriladigan AP va burchaklarga teriladigan APK. Plitalarning uzunligi 1500–3000 mm, eni AP-700 mm, APK-347 mm, balandligi 120 mm bo‘ladi. Тombop asbosement yassi plitkalar kam qavatli qishloq xo‘jalik binolari va xususiy qurilish uchun mo‘ljallangan. O‘lchami 400x400 mm li plitka ko‘proq ishlatiladi. Plitkalar tomga yaxlit yoki oraliq masofa qoldirib o‘rnatilgan yog‘och obreshotka (panjara) ustiga zanglamaydigan mixlar bilan qoqiladi. Asbosement plitkaning egilishdagi mustahkamligi 24 MPa, sovuqqa chidamliligi bo‘yicha markasi F50 bo‘ladi. O‘rama gidroizolatsiya materiallar asosida tom bir necha qatlamlardan iborat bo‘lib, ostki qatlamlarga qoplamasiz, eng ustki qatlamiga esa qoplamali turlari ishlatiladi. Eng ustki qatlamga ishlatiladigan o‘rama material tashqi tomoniga yirik donali (K), mayda donali (M) va tangasimon kukunli (П) minerallar (qum, mayda tosh) sepiladi. Ular asosli va asossiz turlarga bo‘linadi. Asosli materiallar texnik karton, asbest karton, shisha to‘qima va noto‘qima matosi va sh.k. lar bitum yoki qatron bilan ishlov berib tayyorlanadi. Asossiz o‘rama materiallar mikrokompozit bo‘lib, bitum yoki qatron bog‘lovchilar, kukun to‘ldirgich va modifitsirlovchi qo‘shimchalar (antiseptik, plastifikator, stabilizator) aralashmasini muayyan qalinlikda prokatlab tayyorlanadi. Download 27.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling