2-Ma’ruza: Tombop va gidroizolatsiya materiallari. Reja: Asbosement buyumlarning turlari
O‘rama gidroizolatsiya materiallari
Download 27.39 Kb.
|
2-Ma’ruza Tombop va gidroizolatsiya materiallari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pergamin
2.O‘rama gidroizolatsiya materiallari
Ruberoid – texnik kartonni oson eriydigan bitumga shimdirib, ikki tomonidan kukun to‘ldirgichli qiyin eriydigan bitum va maydalangan minerallar sepib tayyorlangan o‘rama material. Ruberoid ishlatilish joyiga qarab tombop ostki (П) va ustki qatlam (K), qurilish konstruksiyalarini gidroizolatsiyalash turlarga bo‘linadi. Ruberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: RKK500 A, RKK-400 A, RKK-400 B, RKK-400 V, RKM-350 B, RKM-400 V, RPM-300 A, RPM-300 B, RPM-300 V, RPP350 B, RPP-350 V, RPP-300 A, RKK-300 B. Markalarda ko‘rsatilgan raqamlar 1 m2 ruberoidning massasini (g) bildiradi. Ruberoidning bakteriya va mikroorganizmlar ta’sirida chirishini bartaraf etish maqsadida bitumga antiseptik bilan ishlov beriladi. Ruberoid sovuq muhitda ham elastikligini saqlab qolishi uchun polimerlar bilan modifikatsiyalangan bitum asosida REM–350 markada tayyorlanadi. Bu markadagi ruberoid –50°C haroratda ham mo‘rt bo‘lmaydi, 1,5–2 marta xizmat vaqti uzayadi. Uning eni 1000, 1025, 1050 mm, yuzasi 5, 7, 10 va 15 m2 . Hozirgi vaqtda ruberoidning pastki tomoni qalin qoplamali xili tom gidroizolatsiyasida bevosita asosga bitumli mastikalarsiz moslama yordamida alanga hosil qilinadi va ruberoid pastki tomonidagi qoplama eritilib asosga yopishtiriladi. Bu usulda tom qoplanganda mehnat unumdorligi 50% ortadi, qoplamaning sifati oshadi. Ruberoid ustma-ust, qo‘shni polotnoni 7–10 sm qoplab yopishtiriladi. Pergamin texnik kartonni yumshash harorati 40°C gacha bo‘lgan bitum eritmasiga shimdirib olinadi. Pergamin tom yopishda ruberoidning quyi qatlamlariga qo‘yiladi. Shisha ruberoid shisha tolali matoga ikkala tomondan bitumli bog‘lovchi (bitum rezinali yoki bitum polimerli) va mineral kukunlar sepib tayyorlanadi. Sepiladigan material turi va ishlatilish sohasiga ko‘ra shisha ruberoid quyidagi markalarda ishlab chiqariladi: С-PK (yirik donali sepma), C-PЧ (tangasimon sepma) va С-РM (kukunli sepma). Shisha ruberoid tom yopmasida yuqori va pastki qatlamlarda hamda konstruksiyalarni gidroizolatsiyalashda ishlatiladi. Shisha tolali asoslarning kimyoviy va biologik muhitlarga chidamliligi ular asosida tayyorlanadigan o‘rama materiallar xizmat vaqtini 30 yilgacha uzaytiradi. Download 27.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling