2-Ma’ruza: Tombop va gidroizolatsiya materiallari. Reja: Asbosement buyumlarning turlari


Download 27.39 Kb.
bet3/3
Sana13.05.2023
Hajmi27.39 Kb.
#1457267
1   2   3
Bog'liq
2-Ma’ruza Tombop va gidroizolatsiya materiallari.

Gidroizol asbest kartonni bitumli bog‘lovchilarga shimdirib tayyorlanadi. U yerosti konstruksiyalari va gidrotexnik inshootlarni gidroizolatsiyalashda, korroziyaga bardoshli qoplamalar olishda ishlatiladi. Gidroizol GI-G va GI-K markada ishlab chiqariladi.
Folgaizol – yupqa aluminiy folgasi va unga qoplangan bitumrezinali himoya qatlamidan iborat o‘rama material. Uning eni 1m va uzunligi 10 m. Folgaizol tomlarni qoplashda, bino va inshootlar bug‘ va gidroizolatsiyasida, choklarni berkitishda ishlatiladi.
Metallizol aluminiy folgasini ikkala tomondan bitumli mastika qoplab tayyorlanadi. Aluminiy folgasi qalinligiga ko‘ra metallizol ikki markada bo‘ladi. U yuqori uzilishdagi mustahkamlikka, agressiv va obi-havo muhitiga bardoshli material. Metallizol yerosti va gidrotexnik inshootlarni gidroizolatsiyalashda ishlatiladi.
Brizolneft bitumi, rezina kukuni, asbest tolasi va plastifikator aralashmasi massasini prokatlash usulida olinadi. Brizol 40% konsentratsiyali sulfat kislotasiga va 20% xlorid kislotasiga 60°C haroratgacha bardoshli bo‘ladi. U yerosti metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Brizol asosga bitum-rezinali maxsus mastika yordamida yelimlanadi.
Izol – bitum, devulkanizatsiyalangan rezina, mineral kukun, antiseptik va plastifikator aralashmasi massasini prokatlash usulida tayyorlangan asossiz o‘rama gidroizolatsiya va tombop material. Izol ruberoidga nisbatan elastiklik, biologik muhitga chidamli va xizmat qilish muddati ikki marta ko‘proq. Izol eni 800 va 1000 mm, qalinligi 2 mm, umumiy polotno yuzasi 10–15 m2 holatda tayyorlanadi. U gidrotexnik inshootlarni, rezervuarlarni, basseynlarni, yerto‘lalarni, truboprovodlarni, qiyali va yassi tomlarni gidroizolatsiyalashda ishlatiladi. Izol asosga sovuq va issiq bitumli mastikalar yordamida yelimlanadi.
Tol – texnik kartonni qatronlarda shimdirib ikki tomonidan qatron va qum yoki mineral kukunlar sepilib olingan o‘rama material. Yirik mineral sepmali tol tekis tomlar gidroizolatsiya qatlamining yuqori qavatiga, qum sepmali tol esa bino va inshootlar poydevori hamda boshqa qismlari, vaqtincha inshootlarning tomi gidroizolatsiyasi uchun ishlatiladi.
Tombop va gidroizolatsiya o‘rama materiallari suv shimuvchanlik, suv o‘tkazmaslik, issiqqa bardoshlilik hamda mustahkamlik bo‘yicha texnik talablarga mos kelishi kerak. Masalan, shisha ruberoidning suv shimuvchanligi 5% gacha, 0,07 MPa gidrostatik bosimda 10 minut davomida namuna yuzasida suv tomchilari paydo bo‘lmasligi kerak. Ruberoid, shisha ruberoid kabi bitum bog‘lovchi asosidagi o‘rama materiallarning issiqqa bardoshliligi 80°C, tolniki 45°C. Eni 50 mm qilib o‘rama materialdan kesib olingan namunaning cho‘zilishdagi mustahkamligi ruberoid uchun 320– 340 N, shisha ruberoid uchun 300 N dan kam bo‘lmasligi kerak.
Donali gidroizolatsiya buyumlari. Fasonli bitumli listlar ЛБ-500 va ЛБ-600 markalarda ishlab chiqariladi. Shimdirilgan bitumli massaning yumshash harorati 60°C kam bo‘lmasligi kerak. Ular tom qoplamalarining yuza qismiga ishlatiladi. Armaturalangan plitalar bitumli issiq mastikani yoki issiq asfalt qorishmasini, metall to‘r yoki shisha mato bilan armaturalab, presslash usulida tayyorlanadi. Armaturasiz plitalar aynan shunday kompozitsiyalar asosida armaturasiz tayyorlanadi. Ushbu plitalar qurilish konstruksiyalarini, poydevorlarni gidroizolatsiyalashda va deformatsiyalanuvchi choklarni berkitishda ishlatiladi.
Download 27.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling