Mavzu: Meneral o’g’itlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo. Reja


Download 23.64 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi23.64 Kb.
#204794
  1   2   3
Bog'liq
mavzu apparat 2


Mavzu: Meneral o’g’itlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo.

Reja:

  1. Tabiatda hosil bo‘lishi va tarqalishi

  2. Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo.

  3. Kaliyli tuzlar xom ashyosi.

Tabiatda hosil bo‘lishi va tarqalishi. Apatitlar er qobigida ko‘p tarqalgandir, ularning er qobigidagi miqdori fosfatlar umumiy massasining 95% ni tashkil etadi. Apatitlar ichidan ftorapatit eng ko‘p tarqalgandir, gidroksilapatit kam va xlorapatit esa yanada kam uchraydi. Apatit otilib chiqadigan lavalar tarkibiga kiradi, ammo konsentrlangan shaklda nisbatan kam uchraydi.

Kalsiy fosfatlari kelib chiqishiga ko‘ra: magmatik va qoldiqli turlarga bo‘linadi. Magmatik yoki sof apatitli jinslar erigan magmaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovushi natijasida yoki magmatik suyuqlanmaning kristallanish jarayonida ayrim tomirlar (pegmatitli tomirlar) ko‘rinishida bo‘ladi, yoxud issiq suv eritmalaridan ajralib chiqish yo‘li bilan (gidrotermal) xosil buladi, yoxud magmaning to‘g‘ridan to‘g‘ri oxaktoshlar bilan uzaro ta’siridan (kontaktli) xosil buladi.

Apatitli jinslar xosil bulish sharoitiga muvofiq xolda donachali yirik kristalli tuzilishga ega bo‘ladi va polidispers emasligi va mikroyoriklarning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Ularning donachalari bilan birgalikda yoki ularga yo‘ldosh bo‘lgan boshqa turdagi magmatik nefelin (Na,K)A1Si04*nSiO2 piroksenlar [masalan. egirin NaFe(SiO3)2], titanomagnetit Fe304*FeTi03*TiO2, ilmenit FeTiO3 sfen SaTiSiO5 dala shpati, slyuda, evdialit va boshqa minerallar xam kritallik tuzilishi bilan tavsiflanadi.

Gidroksilapatit tabiatda keng tarqalgan bo‘lsada, ammo yirik to‘planish xosil qilmaydi. U inson va xayvon suyagi (tishi) ning (oz miqdorda kalsit va organik moddalar aralashgan) asosiy massasini tashkil qiladi. O‘lgan organizmdagi suyakning parchalanishi natijasida organik moddalarni yo‘qotadi va atrof-muxitdan ftorni yutishi orqali frankolit yoki kurskit, shuningdek ftorapatitga aylanadi.

Qoldiqli kalsiy fosfatlarga fosforitlar kiradi. Ular fosfatli jinslarning emirilishi, daryolarning dengizga oqizib olib chiqishi, boshqa jinslar bilan ta’sirlashishi natijasida va tarqoq cho‘kindilar xolatida xam, yirik to‘planish xosil qilish bilan xam xosil bo‘ladi. Barcha cho‘kindili kalsiy fosfatlarining ma’lum miqdori – chig‘anoq va suyaklarning er qobigining ko‘p joylarida geologik va kimyoviy jarayonlar ta’siri natijasida to‘plangan (organik kelib chiqqan) fosfor xissasiga to‘g‘ri keladi.

Hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq xolatda va cho‘kindili kalsiy fosfatlarining tuzilishiga ko‘ra fosforitli to‘planish uchta asosiy: organogen, donador toshsimon va katlamli turlarga bulinadi. Organogen (chig‘anoqli) to‘planish fosfatli chig‘anoq va suyaklardan, qatlamli va donador toshsimon fosforitlar esa organizmlarning bevosita ishtirokida kimyoviy yo‘l bilan xosil buladi. Donador toshsimon fosforitlarga fosfatli jinslarning murakkab ikkilamchi o‘zgarishi natijasida xosil buladigan ikkilamchi (cho‘kindili) fosforitlar xam kiradi.

Fosforitli rudalar tarkibida, asosiy fosfatli moddalardan tashqari, ko‘p miqdordagi boshqa minerallar: glaukonit (K20+KO)K2O3*4SiO2*2N2O (bu erda K2O – Na20 va K2O, RO - Mg0, SaO va FeO, R2O3 – Fe2O3 va Al2O3 limonit 2Fe(ON)6*Fe203, kalsit SaSOz, dolomit SaSO3*MgSO3, kaolin H2Al2Si2O8·H2O

pirit FeS2, dala shpatlari, kvars, granit va boshqalar, shuningdek oz miqdordagi organik moddalar xam bo‘ladi.




Download 23.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling