Mavzu: Minerallarning tasniflanishi. Reja


Download 31.81 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi31.81 Kb.
#1493231
  1   2
Bog'liq
Minerallarning tasnifi.


Mavzu: Minerallarning tasniflanishi.


Reja:

  1. Minerallarni tasniflash


Minerallarni tasniflash. Hozirga qadar minerallarni sinflarga ajratishning asosiy qonun-qoidalari juda ko’p marta o’zgargan. Buning asosiy sababi, minerallarga bo’lgan quyidagi qarashlar hisoblanadi:
a) insonlar ehtiyojiga kerak shakl va turlariga qarab;
b) ximiyaviy birikmalarining turlariga qarab;
v) assosiy foydali elementiga qarab;
g) xalq xo’jaligidagi ishlatilishiga qarab (noyob, zargarlik, optik va hokazo).
Ko’p yillar mobaynida keng qo’llanib kelinayotgan minerallarning ximiyaviy birikmalarining turlariga qarab sinflarga ajratishdir. Bu usulni birinchi bo’lib AmYerikalik olim D.Dena 1837 yilda qo’llagan edi. U quyidagi 8 sinfni ajratgan edi:
1. Sof tug’ma elementlar;
2. Sulfidlar;
3. Sulfotuzlar;
4. Galoidlar;
5. Oksidlar;
6. Kislorodli kislotalar tuzlari;
7. Organik kislotalar;
8. Uglevodorodlar.
V.I.VYernadskiy 1927 yilda Shu usulda minerallarni 14 xilga ajratdi. Umuman aytganda u, D.Dena usulini birmuncha kengaytirdi.
Angliyalik olim Retli ham mana Shu usulni qo’llab, elementlarni 2 ta katta toifaga ajratdi: metallmaslar va metallar.
Metallmaslar: C, B, S, Se, Na, K, Ca, Sr, Mg, Al, va Si minerallari.
Metallar: barcha qolgan elementlar.
D.Dena mineralogiyasining davomchilari ximiyaviy birikma asosida sinflashni davom ettirib unga kristalloximiyaviy belgilarni yoki fazoviy panjara tiplarini qo’shdilar.
Bu bilan minerallarni sinflashda qayta o’zgarish boshlandi, yoki ximiyaviy sinflashdan kristalloximiyaviyga o’tildi. Bu bilan kristall strukturasi asosiy rolni o’ynab, moddaning o’zi hisobga olinmay keyingi planga tushib qoldi.
Minerallarni sinflashga bu yo’l bilan yondoshganda modda va uning taraqqiyotini farqlash butunlay yo’qoldi. Bizga ma’lumki Yerning geologik tarixida ayrim elementlar yo’qolib, ayrimlari yuzaga keladi. Minerallar Yer qobig’ining turli termodinamik sharoitlarida yuzaga kelib, bir elementning o’zi turli minerallarda ishtirok etishi mumkin va turli fazoviy panjaralarda qatnashadi. Shuning uchun asosiy rolni ximiyaviy birikma va fazoviy panjara emas, balki ximiyaviy element egallaydi. Shuning uchun sinflashda asosiy nazarni tabiatdan ajralgan mineralga emas balki geoximiyaga asoslangan mineralga qaratish kerak.
1940 yili A.S.Uklonskiy tomonidan yozilgan «Mineralogiya» kitobida minerallar asosiy ximiyaviy element asosida sinflarga bo’lingan edi. Bunga quyidagi holatlar asos qilib olingan edi:
a) minerallar ximiyaviy element asosida bo’linib, Fe, S, C, Pb, Cu va boshqa elementlar minerallari gruppalariga ajratilgan;
b) minerallar iqtisod tomonidan muhim bo’lgan elementlar guruxida ko’rsatilgan edi. Masalan: galenit – PbS, qo’rg’oshin minerallarida yozilib, oltingugurt minerallarida eslatib o’tilgan;
v) ximiyaviy elementlar Yer qobig’ida hosil qilgan sanoatbop uyumlariga qarab (tarkibida ishtirok etuvchi elementlarga bog’liq ravishda) sinflarga bo’lingan.
Bu klassifikasiyani davom ettirib A.S.Uklonskiy asosiy e’tiborni geoximiyaviy prinsipga qaratdi. Bunda Yer sharining kuzatilishi mumkin bo’lgan qismlaridagi hamma ximiyaviy elementlarning minerallari ko’rib chiqiladi.
Bu tasniflashda A.S.Uklonskiy, Yer qobig’ida ximiyaviy elementlar taqsimlanishining V.I.VYernadskiy taklif etgan izomorf qatorlarini hisobga olib, Shu prinsip asosida, yangi tasniflashni taklif qildi. Bunda har bir mineralning bir-biri bilan geoximik bog’liqligi hisobga olindi.
S.T.Badalov rahbarligida mualliflar kollektivi tomonidan yozilgan «O’zbekiston minerallari» monografiyasi tuzilganda, mualliflar ko’rsatishicha, yig’ilgan matYeriallarning ko’pligi sababli A.S.Uklonskiy tasnifi asosida minerallarni tartibga solish juda qiyin bo’lgan. Shuning uchun, minerallar ximiyaviy birikma turi asosida tartibga solingan edi.
A.S.Uklonskiy O’zbekistonda mineralogiya fanining taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shganligi va ushbu qitobni yozayotgan muallif A.S.Uklonskiyning shogirdlaridan biri bo’lganligi sababli, muallif o’z oldiga O’zbekistonda uchraydigan minerallarni A.S.Uklonskiy tasnifi bo’yicha tartibga solish vazifasini qo’ydi va Shu tasnifdan foydalanib ushbu kitobni yozdi. Bu klassifikasiyaga geoximiya prinsipi asos qilib olingan. Bunda hamma ximiyaviy elementlarning, Yer sharini kuzatish mumkin bo’lgan qismidagi mavjud bo’lgan hamma minerallari ko’rsatib o’tiladi.
Bu konsentrik qavatlardan iborat bo’lib, uning ustki gazsimon qismi – atmosfera tarkibi jihatidan (og’irligiga nisbatan 80%) troposfYerani ostki qavati bo’gan azot-kislorodli qavatga to’g’ri keladi. Gazli qavat ostida, atmosferadan farqli ravishda, uzilmagan holda, suyuq qavat – gidrosfera joylashgan. Ximiyaviy nuqtai-nazaridan, bu kislorod-vodorodli qavat hisoblanadi (bu ikki element ko’p bo’lganligi uchun). Bundan tashqari xlor va natriy ham juda ko’p uchraydi. Bu to’rt element og’irligiga nisbatan olganda gidrosferani 99,7% ni tashkil qiladi. Bunda kislorod – 85,8%, vodorod – 10,7%, xlor – 2,1%, natriy – 1,1% ni tashkil qiladi.
Yer sharining qattiq qavati bo’lgan – litosferada, bizga ma’lum bo’lgan, hamma minerallar bo’lib, hamma ximiyaviy reaksiyalarni kuzatish mumkin bo’lgan qismi hisoblanadi. Bunga quruqlik va uning ustida joylashgan gidrosfera kiradi. Ximiyaviy tarkibiga ko’ra, bir necha mayda ximiyaviy qavatlarga ajratish mumkin.
Litosferani eng ustki qavatini, asosan organik, ximiyaviy va mexanik cho’kindilardan iborat suv ishtirokida hosil bo’lgan cho’kindi qavat deyish mumkin. Bu Yerda asosan kislorod, kremniy, alyuminiy, vodorod, kalsiy, uglYerod uchraydi. Atmosferani ma’lum qismini va gidrosferani hamma qismini tashkil qiluvchi yuqori qavat, tirik organizmlar joylashgan – biosferaga to’g’ri kelib, uglYerod moddasini juda keng taraqqiy qilishi bilan xarakterlanadi.
Litosferani ikkinchi oraliq qavati og’irligiga nisbatan Yer qobig’ini asosiy qismini tashkil qiladi. Shuning uchun uning tarkibiy qismi Yer qobig’ini o’rtacha tarkibiga to’g’ri keladi, buni granitli qavat deyiladi. Bu qavat asosan kislorod, kremniy, alyuminiy, temir, magniy, kalsiy, natriy, kaliy va vodorodni ko’pligi bilan xarakterlanadi. Buning ostki qismida magmatik qavat joylashgan bo’lib, bu qavatda magniy va temirni ko’payib, kremniy, alyuminiy va granit qavatga taaluqli bo’lgan boshqa elementlarni kamayishi bilan xarakterlanadi. Buni AmYerikalik olim Delini taklifi bilan bazaltli qavat deyiladi.
Elementlar bo’yicha minerallarni qo’yish tartibi atmosferadan boshlanib chuqurlikdagi litosferani quyi qismida joylashga asosli tog’ jinslarigacha davom etadi.
Konlarni xillari bo’yicha ximiyaviy elementlarni taqsimlanishiga Lindgren va A.S.Uklonskiyni sistemalari asos qilib olingan.
Ushbu klassifikasiya, Yer qobig’idagi ximiyaviy elementlarni joylanishiga asoslanib, amaliy sohada ish olib boruvchilarga, foydali qazilma konlarida qaysi ximiyaviy element minerallari bilan ish olib borishlariga bog’liq ravishda, har bir elementni minerali alohida bYerilganligi sababli juda qulay keladi.


Download 31.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling